Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

www.ziyouz.com кутубхонаси 
39
cho'ntagida, chap tomonda turadi. Ishonmasangiz, mana, ko'rib qo'yinglar. 
Cho'ntakdan avtoruchkaning o'rniga termometr chiqdi. 
Dadam, «mana, aytmadimmi!» deb ko'zini ochib qaragan edi, termometrni ko'rib o'ziyam rosa 
hayron bo'ldi. Noiloj iljaygan bo'ldi. 
— Tunov kuni Metinning isitmasini o'lchagan edim. Shoshilinchda cho'ntakka solib ketavergan 
ekanman-da... Ha, mayli. Unisi bo’lmasa, bunisi. Yon daftarim hamisha chap tomonda turadi. 
Ishonmasangiz, mana, ko'rib qo'yinglar. 
Dadam ko'zini yumib, daftarchani qidira ketdi. 
— Chap cho'ntagim qani o'zi, oyisi? 
— Bu kostyumni usta ag'darib bergan edi-ku... Chap cho'ntak o'ng tomonga o'tib qolgan bo'lishi 
kerak. 
Yon daftarcha oyim aytgan joydan ham chiqmadi. Dadam o'ng cho'ntagidan bir g'altak oldi. 
— Dadangizning yon daftarchasi qayerda turishini endi bilib oldingizmi, bolalar? — dedi buvam 
kesatib. 
Bizning o'rnimizga javobni oyim berdi: 
— Esim qursin... Kecha ertalab kostyumni tikib qo'yuvdim. Astari so'kilgan ekan. Cho'ntakda ipi 
qolib ketibdi, bilmabman. 
Dadam juda o'sal bo'ldi, xunobi oshdi. Biror nima bilan o'zini oqlamoqchi bo'lib yana cho'ntaklarini 
kovlashtirayotgan edi, buvam: 
— Ha, namuncha kovlashtirasan, tuya yo'qotdingmi? — dep piching qildi. 
Buvam qotib-qotib kuldi. Bir payt uni yo'tal tutdi. 
— Paltoda ro'molcha bor edi, olib beringlar. O'ng tomondagi cho'ntakda, — deb buyurdi buvam 
qattiq yo'talarkan. 
Yugurib borib paltoni qaradim. Ro'molcha ko'rinmadi. 
— Aytgan joyingizda yo'q-ku, buva! 
— Bo'lmagan gap... Qani buyoqqa olib kel-chi paltoni... Qirq yildan bed shu yerda turadi 
ro'molcham... 
Paltoni keltirib berdim. Buvam ro'molchani topolmagach: 
— Birov olganga o'xshaydi, — deb xo'mraydi. 
Oyim yugurib borib narigi xonadan yangi ro'molcha olib chiqdi, buvamga sezdirmay uni sekingina 
paltoning o'ng cho'ntagiga solib qo'ydi. 
— Xah, turgan ekan-ku! Shu yerda bo'lishi kerak deb aytmadimmi sizga! 
Yo'tal tindi. Buvam yon-verini timirskilab, yana nimanidir qidirishga tushdi. Topolmagach, 
darg'azab bo'ldi: 
— Sigaretim qani? Hozirgina cho'ntagimda turuvdi. Kim oldi o'zi? Darhol topib beringlar! 
Buvamizni ortiqcha xunob qilmaslik uchun sigaretni izlay ketdik. Shu orada uyga mehmonlar keldi. 
Er-xotin qo'shnilar ekan. Yelib-yugurganimizni ko'rib, ular ham ishga tushib ketishdi. Hamma zir 
yugurib, buvamning sigaretini qidiryapti-yu, u bo'lsa dam-badam: 
— Obbo lapashanglar-ey! Tezroq bo'lsalaring-chi, namuncha imillaysanlar-a! — deb zarda qiladi. 
— Hozircha shundan chekib tura qoling, — dedi mehmon sigaretini tutib. 
Gapirib baloga qoldi. Buvamning qoni qaynab ketdi. 
— Hozir o'zimnikini topib berasanlar! — deb uyni boshiga ko'tardi. 
Metin ichkaridan bir juft paypoq ko'tarib chiqdi. 
— Kimniki bu? 
— Voy, qayerdan topding? Qidirmagan joyim qolmovdi-ku? — hayron bo'ldi oyim. 
— Buvamning sigaretini qidirib yursam, xolodilnikning ustidan chiqib qoldi. 
G'ir etib do'kondan boshqa sigaret olib kelish ham mumkin edi-ku, ammo buvamga ichidagidan 
ko'ra Lining metall qutisi muhimroq edi. Bir tomondan, qidirganimiz yaxshi bo'ldi. Sigaret bahonasi 
bilan o'zimiz yo'qotib yurgan ko'p narsalarni topib oldik. 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling