Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

www.ziyouz.com кутубхонаси 
63
o'zingni aldaysan, deydilar. 
Dadam jo'ralari bilan yig'ilib qolishsa, nuqul mak-tab yillarini eslab o'tirishadi. Yaqinda yana 
shunday bo'ldi. O'sha kuni buvam ham biznikida edilar. Ulfatlar o'qish yillarini eslab o'tirishgan edi, 
Nurton baqaloqning dadasi to'satdan: 
— Hov, esingizdami, algebra o'qituvchisi Sabribey bo’lardi. O'shaning etagiga boplab shpargalka 
osib qo'yuvdik-a? — deb qoldi. 
— Voy, bu nimasi? Qani, biz ham eshitaylik, — yalindi xotini. 
— Rahmatli Sabribeyni hamma kal deb chaqirardi. O'zi litseyda bizga algebradan dars berardi. 
Imtihonda yuragimizni hovuchlab o'tirardik. Juda johil odam edi. Buning ustiga: «Mening imtihonimda 
hech kim shpargalka ishlatolmaydi. Bunaqa mardi hali tug'ilmagan», deb kerilib ham yurardi. Bizga 
imtihon savollarini berganidan keyin bir joyda o'tirmas, nuqul oldimizda o'ralashib yurardi. Bir kuni 
imtihon ketayotgan edi, ichimizdan bir bola... 
— Najdod so'takmidi o'sha? — uning gapini bo'ldi dadam. 
— Balli, Najdod so'tak qiluvdi bu ishni. Hozir qayergayam elchi bo’lib ketgan. O'sha Najdod 
masalaning tayyor javobini kitobdan ko'chirib, kal Sabrining orqa etagiga qadab qo'ydi. Orqasida bir 
parcha qog'oz osilib yotganidan kal Sabrining mutlaqo xabari yo'q. Bolalarning hammasi ishga tushib 
ketdi. 
Ammo Sabribey bir joyda tek turmay, paytavasiga qurt tushgan odamday nari borib, beri keladi. 
Shuning uchun orqasidagi qog'ozda bor narsani ko'chirib olish xiyla mushkul bo'ldi. Buning ham yoiini 
topdik, birortamiz uni gapga chalg'itib turamiz-da, boshqalar ko'chirib oladi. Mening ishim yurishmay 
qoldi — endi ko'chira boshlaganimda qimirlab qoladi. Oxiri uyoq-buyoqqa jilpanglab, Sabribeyda 
shubha tug'dirdim. Meni qo'lga tushirmoqchi bo'ldi shekilli, tepamga kelib, hech narsa bilmagan 
kishiday orqasini o'girib turaverdi. Men ham boplab ko'chirib oldim. 
Ishini bitirganlar qog'ozini topshirib, birin-ketin chiqib ketishdi. Qo'ng'iroq chalingach, qolganlar 
ham sinfdan chiqishdi. Buni qarangki, Sabribeyning orqasidagi shpargalkani olib qo'yish hech 
qaysimizning esimizga kelmabdi. Sabribey yozma ishlarni yig'ishtirib olgach, orqasidagi qog'ozni 
likillatib to'g'ri o'qituvchilar xonasiga kirib ketdi. 
Xullas, aybdor topilmabdi. Sabribey yumshoq ko'ngil odam ekan, ko'p yalinishganidan keyin 
bolalardan yangidan imtihon olibdi. 
— Usmon qassob esingda bormi? Uniyam boplab qo'lga tushirgan edik-a? — dedi ulfatlardan yana 
biri. 
Usmon qassob deganlari tarix o'qituvchisi ekan. Bu odam, aksincha, bir joyda qimir etmay 
o'tirarkan-u, ammo ko'zi xuddi o'tkir projektorga o'xsharkan. Hamma narsani shundoqqina ko'rib 
turarkan. Shuning uchun imtihon bo'lib qolsa, oldingi qatorda o'tirgan bolalar nuqul past baho 
olisharkan. Orqada o'tirganlarning ishi durust bo’larkan: ular oldingi qatorda o'tirgan bolalarning 
orqasiga kitobni qo'yib, bemalol ko'chirib olishaverarkan.. 
Navbat dadamga keldi. 
— Nofis quruqning imtihoni yodingizdami? 
— Ha, anavi pashsha voqeasimi? Unutib bo'ladimi uni... 
Ma'lum bo'lishicha, Nofiz quruq deganlari kimyodan dars berarkan. Ko'zi ojiz bo'lgani uchun 
uzoqni yaxshi ko'rolmas ekan. Bir kuni imtihonlardan oldin o'quvchilardan biri katta-katta pashshadan 
tutib, qutichaga joylab olibdi. Imtihon boshlanibdi. Haligi bola yupqa qog'ozdan shpargalka 
tayyorlapti, keyin uni ingichka ip bilan pashshaning oyog'iga bog'lab, uchiraveripti. Ma'lumki, yuki bor 
pashsha uzoqqa ucholmaydi, bir ko'tarilib, bir qo'nadi. Bolalar pashshani tutib, shpargalkani ko'chirib 
olishar, keyin esa boshqa tomonga uchirib yuborisharkan. Hammalari shunday qilishibdi. Bir payt 
to'satdan eshik ochilib sinfga litsey direktori kirib kelibdi. Tasodifni qaraki, oyog'iga shpargalka 
bogiangan bir pashsha ikki marta havoda gir aylanibdi-da, to'g'ri borib direktorning tepakaliga 
qo'nibdi. 
— Sizlarga hech narsa bo'lmadimi o'shanda? — so'radi Metin. 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling