«Siz o‘zingizni erta-yu kech Parvardigorlarining yuzini – roziligini istab, U
zotga duo-iltijo qiladigan zotlar bilan birga tuting!» (Kahf surasi, 28).
Bu oyati karimaning nozil bo‘lish sababi quyidagichadir: Barcha payg‘ambarlar bilan ro‘y
berganidek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ham dastlab faqir kishilar
iymon keltirgan edilar. U zot Salmon, Suhayb, Bilol va Ammor ibn Yosir roziyallohu
anhumlarga o‘xshagan faqir kishilar bilan majlis qurib o‘tirar edilar. Dastlab faqirlar
ergashishi payg‘ambarlik alomati ekanini eshitgan mushriklar Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam atrofidagi faqir musulmonlarni haydatib yubormoqchi bo‘lishdi. Shu maqsadda
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Muhammad, atrofingdagi
kambag‘allarni haydab yubor. Ular bilan birga o‘tirishdan biz jirkanamiz. Agar ularni
haydab yuborsang, senga oliynasab, oliymaqom kishilar iymon keltiradi», deyishdi.
Bunga javoban Alloh taolo: «Ertayu kech Parvardigorining Yuzi – roziligini istab, Unga
duo-iltijo qiladigan zotlarni atrofingizdan haydamang», oyatini tushirdi.
Faqir musulmonlarning haydalishidan umidlari uzilgan mushriklar, u zotga: «Ey
Muhammad, agar ularni haydamasang, unda bir kunni ularga, bir kunni bizlarga tayin
qil», deb shart qo‘yishdi. Shunda Alloh taolo quyidagi oyati karimani nozil qildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |