www.ziyouz.com kutubxonasi
110
Qirq sakkizinchi gunohi kabira
O‘Z JONIGA QASD QILISH
Alloh taolo aytadi:
«Bir-birlaringizni (ya’ni, mo‘min-mo‘minni) o‘ldirmangiz» (Niso surasi, 29).
Ya’ni, hindlarning johillariga o‘xshab, o‘zingizni-o‘zingiz o‘ldirmangiz yoki o‘zingizni
halokatga tashlamangiz.
Amr ibn Os roziyallohu anhu bu oyatni sovuq (shamollash) xavfi bo‘lganda tayammum
qilishga ta’vil etganlari va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bunga e’tiroz
bildirmaganlari yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi.
Yoki, qatl etilishga sabab bo‘ladigan jinoyatni qilmangiz, degan ma’noda.
Ayrim ulamolar: «O‘zlaringiz»dan murod dindoshlardir. Zero, mo‘minlar bitta jon kabidir,
oyat bir-biringizni o‘ldirmangiz, degan ma’noda», deyishgan.
«Albatta Alloh sizlarga mehribon bo‘lgan zotdir».
Ya’ni, sizlarga boshqacha mehribon bo‘lgani bois ayrim ishlarni buyurdi va ayrim
ishlardan qaytardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |