Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
«Yana ular (o‘zlarining munofiq ekanliklarini) bilib turgan hollarida («Bizlar
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
«Yana ular (o‘zlarining munofiq ekanliklarini) bilib turgan hollarida («Bizlar
musulmonlarmiz» deb) yolg‘on qasam ham ichurlar» (Mujodala surasi, 14). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Uch toifa odamga qiyomat kunida Alloh gapirmaydi ularga (rahmat nazari bilan) qaramaydi, ularni (gunohlardan) poklamaydi va ularga alamli azob bo‘ladi: Sahroda ortiqcha suvi bo‘la turib uni yo‘lovchilarga bermaydigan kimsa; asrdan so‘ng aslida unday bo‘lmasa-da, o‘zi uni falon narxga olganiga ishontirish uchun Allohning nomi bilan qasam ichib matosini sotgan kimsa; amirga mol-dunyo ilinjida bay’at bergan, shuning uchun agar unga xohlagan narsasini berib tursa, ahdiga vafo qilib, bermay qo‘ysa, ahdini buzadigan kimsa» (Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyati). Tush xususidagi yolg‘on ham katta yolg‘ondir. Imom Buxoriy (rahmatullohi alayh) rivoyat qilgan hadisda: «Kim ko‘rmagan tushini ko‘rdim desa, unga ikki soch tolasini ulash yuklanadi. Biroq bu ishni uddalay olmaydi», deyilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi ikki ko‘zi ko‘rmagan narsalarni ko‘rsatishi – yolg‘onlarning yolg‘onidir (eng katta uydirmadir)» dedilar (Buxoriy rivoyati). Ya’ni, kishi tushida hech narsa ko‘rmagan bo‘lsa-da, uni ko‘rdim, buni ko‘rdim, deyishi g‘irt yolg‘ondir. Musulmon kishi yaxshi-foydali so‘zlarnigina so‘zlab, bekorchi, foydasiz so‘zlardan tilini tiyishi lozim. Zero, sukut saqlash salomatlik bo‘lib, salomatlikka biron narsa teng Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 152 kelmaydi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, yaxshi gap gapirsin yoki sukut saqlasin», deganlar (Mutafaqqun alayh). Abu Muso roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yo Rasululloh, qaysi musulmon afzal?» deb so‘ragan edim, «Qo‘li va tilidan musulmonlar salomat bo‘lgan kishi», deya javob berdilar» (Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyati). Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir banda e’tiborsizlik qilib bir so‘zni aytadi-da, u sababli do‘zaxga mashriq va mag‘rib orasidan uzoqroq masofaga qulaydi» (Buxoriy, Muslim rivoyati). Bilol ibn Horis Muzaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishi Allohni rozi qiladigan bir so‘zni aytadi-da, u sababli Alloh taologa uchrashadigan kunigacha unga roziligini yozib qo‘yadi. U so‘zining bu darajaga yetishini o‘ylab ko‘rmagan bo‘ladi. Yana bir kishi Allohni g‘azablantiradigan bir so‘zni aytadi-da, u sababli Allohga uchrashadigan kunigacha unga g‘azabini yozib qo‘yadi. So‘zining bu darajaga yetishini u ham o‘ylab ko‘rmagan bo‘ladi», dedilar» (Molik, Termiziy rivoyati). Bu xususda sahih hadislar bisyor bo‘lib, zikr qilganlarimizning o‘zi ham kifoya qilsa, ajabmas. Bir kishidan: «Odam bolasining qancha aybi bor ekan?» deb so‘rashgan edi, u: «Sanab sanog‘iga yetib bo‘lmaydi. Men o‘zim sanaganman, sakkiz mingta ayb bo‘ldi. Biroq bir xislat borki, u barcha ayblarni berkitib turadi. U – tilni tiyish», deya javob berdi. Alloh barchamizni gunoh ishlardan chetlashtirsin, O‘zi rozi bo‘ladigan ishlarga yo‘llasin. U marhamatli va saxovatli zotdir. Oltmish yettinchi gunohi kabira Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling