Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«U mollarni isrof qilib va (egalari) katta bo‘lib qolmasin, deb shoshilib yeb


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/210
Sana09.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#267421
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   210
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

«U mollarni isrof qilib va (egalari) katta bo‘lib qolmasin, deb shoshilib yeb 
qo‘ymanglar. (Yetimni o‘z qaramog‘iga olgan) kishi agar boy bo‘lsa, (etimning 
molidan) parhez qilsin, kambag‘al bo‘lsa, yaxshilik bilan (ya’ni, qilgan 
xizmatiga yarasha) olib yesin» (Niso surasi, 6). 
 
Ulamolar: «Yaxshilikdan ortiqchasini yeyish harom bo‘ladi», deyishgan. Ibn Javziy o‘z 
tafsirlarida yaxshilik bilan yeyish haqidagi to‘rt xil qarashni keltirganlar: 
1. Qarz hisobida olish. 
2. Isrof qilmasdan ehtiyojiga yarasha olib yeyish. 
3. Yetim uchun qilgan xizmatiga yarasha olish. 
4. Zarur bo‘lib qolganda olib, imkoni bo‘lganda qaytarish, agar imkoni bo‘lmasa 
qaytarmay qo‘yaveradi. 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yetimni qaramog‘iga olgan odam men bilan 
jannatda mana bundaymiz» dedilar-da, ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlariga ishora qilib, 
orasini sal ochib qo‘ydilar» (Buxoriy rivoyati). 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «O‘ziga qarindosh yoki begona bo‘lgan 
yetimni qaramog‘iga oluvchi kishi, men bilan u jannatda mana bunday». So‘ng roviy – 
Molik ibn Anas ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlariga ishora qildilar (Muslim rivoyati). 
 
Yetimni qaramog‘iga olish degani uni tarbiyalash, yedirib-ichirish, kiydirish va agar mol-
mulki bo‘lsa, uni ko‘paytirishdir. Bordi-yu, mol-mulki bo‘lmasa, unga Alloh taoloning 
roziligini istab infoq-ehson qilinadi. 
 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda kim musulmonlar orasidagi 
yetimni o‘z taomi va ichimligiga (ya’ni, o‘z qaramog‘iga) olsa, mabodo kechirilmaydigan 
gunoh (ya’ni, shirk) qilmas ekan, Alloh uni jannatga, albatta, kiritadi» (Termiziy 
rivoyati). 
 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling