Microsoft Word haqiqiy sevgi ziyouz com doc
MUHABBAT BIZNING ASL USULIMIZDIR
Download 191.43 Kb. Pdf ko'rish
|
Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi
MUHABBAT BIZNING ASL USULIMIZDIR
Muhabbat muhim va ulug‘ bir manba’, muhim bir tuyg‘udir. Bizning asl usulimiz muhabbat usulidir. «Biz» deganda musulmonlarni nazarda tutaman. Islomning mohiyatida, tamalida bo‘lgan narsa muhabbatdir. Sevgi ulug‘ bir manba’, sevgi bosh tuyg‘udir... Jihod sevgining amaliy bir shaklidir Hatto jihod ham muhabbatdandir, Haqqa bo‘lgan sevgidandir. Haqqa, adolatga bo‘lgan sevgidandir. Jihod muhabbatning amalga oshgan bir shaklidir. Shu jihatdan biz bu muhabbat usulini xuddi ajdodimiz qo‘llagan kabi qo‘llamog‘imiz lozim. Yunus Emroning devonini boshdan-oxir o‘qib chiqing, jo‘shqin bir muhabbatga duch kelasiz. Mavlono Jaloliddin Rumiyning «Masnaviy»sini o‘qing, qaynoq bir ishqqa duch kelasiz. Xoja Ahmad Yassaviy «Hikmat»ini o‘qing, Ashraf o‘g‘li Rumiyning devonini boshdan-oxir o‘qing, «Muzakkin-nufus»ni o‘qing, jo‘shqin, qaynoq muhabbatlarga duch kelasiz!
Ya’ni, shoir baliq nechog‘ suvda tirik bo‘lsa, o‘zini shundoq muhabbat ichra tirik ko‘rmoqda. Muhabbat ila yashamoqni o‘ylayotir va shu muhabbatdan ayrilmaslikni istayotir. Bu jo‘shqin muhabbat bizning zamonamizga qadar davom etib kelgan. Har joyda buni qo‘rgaymiz. Ibrohim Haqqiy Arzrumiyning «Ma’rifatnoma»sini o‘qing; tag‘in shunoq Haqiqiy sevgi. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com kutubxonasi 10 zotlarning, she’r yozgan kishilarning hayotini o‘qing; rahmatli Posho Dada va yoki Dorandali Xulusiy janobning devonlarini o‘qing; bosh mavzu, asos mazmunning, an’anaviy tarzda, Islomning mohiyatida bo‘lgan ishq-muhabbat ekanligini ko‘rasiz. Shundoq bo‘lgach, biz sevmoqni ham o‘rgangaymiz. Muhabbat tomirlarimizni ham ishlatgaymiz. Tiqinlari bo‘lsa, ularni ochgaymiz. Muhabbat tomirlarimiz guldur-guldur ishlasin; insonlarni sevaylik.
Download 191.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling