Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc


«Ey Odam bolalari! Biz sizlarga avratlaringizni berkitadigan libosni ham


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/149
Sana18.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1707369
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149
Bog'liq
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi

«Ey Odam bolalari! Biz sizlarga avratlaringizni berkitadigan libosni ham
yasan-tusan (libosini) ham tushirdik. (Hammasidan) yaxshiroq libos taqvo 
libosidir» (26-oyat), degan so‘zi tafsirida ba’zi ulamolar «libos»ni «ilm», «yasan-tusan
libosi»ni «iymon» deb tushuntirishgan. 
A’rof surasining 52-oyatida bunday deyiladi:
«Haqiqatan, Biz ularga (Makka aholisiga) bilimimiz bilan mufassal qilgan bir 
Kitobni (Qur’onni) keltirdikki, u Qur’on iymon keltiruvchi qavm uchun hidoyat 
va rahmatdir». 
Alloh azza va jalla yana aytadi:
«Endi, albatta, ularga bilgan holimizda, (qilib o‘tgan ishlari haqida) so‘ylab 
berurmiz» (A’rof surasi, 7-oyat);
«Yo‘q, u (Qur’on) ilm berilgan zotlarning dillarida (yod bo‘lguvchi) aniq-
ravshan oyatlardir» (Ankabut surasi, 49-oyat);
«U zot insonni yaratib, unga bayonni (nutqni) ta’lim berdi» (Rahmon surasi, 34-
oyatlar). 
Alloh taolo bu oyatlarda ilmni ne’mat o‘laroq zikr qildi. 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
Hadisi shariflarda esa, ilm fazilati quyidagicha bayon etiladi: 
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Kimga Alloh yaxshilikni iroda qilsa
uni dinda faqih (teran anglovchi) (sollallohu alayhi vasallam) qilib qo‘yadi va unga to‘g‘ri 
yo‘lni ko‘rsatadi».
4
Payg‘ambar yana marhamat qiladilar: «Olimlar payg‘ambarlarning vorislaridir».
5
Ma’lumki, payg‘ambarlik rutbasidan ustunroq hech bir rutba yo‘q va bu rutbaga 
merosxo‘r bo‘lish oliy sharafdir. 
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Olimga yerdagi va 
osmondagi barcha narsalar istig‘for aytadi».
6
Yerdagi jonzotlar va osmonlardagi 
maloikalar istig‘for aytib turuvchi kishilarning mansabidan ziyoda mansab bormi?! 
4
. «Dinda faqih qilib qo‘yadi» so‘zigacha Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilishgan. Tabaroniy rivoyatlarida ziyodasi bilan 
kelgan. 
5
. Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja va Ibn Hibbonlar Abu Dardodan rivoyat qilishgan. 
6
. Yuqorida Abu Dardodan qilingan hadisni davomi.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) yana marhamat qiladilar: «Hikmat sharafli 
kishining sharafini ziyoda etadi va qulni podshohlar darajasigacha ko‘taradi».
7
Bu 
hadisda ilmning dunyodagi samarasi bayon qilinyapti. Ammo oxiratdagi mevasi undan-
da xayrli hamda abadiydir. 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Ikki xislat borki, munofiqda hargiz 
bo‘lmaydi: chiroyli xulq va dinda faqih bo‘lish».
8
Zamonamizdagi ba’zi faqihlarning munofiqligini ko‘rib, bu hadisga shubha bilan qarama. 
Chunki Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) sen gumon qilgan ma’noni iroda 
qilmaganlar. Fiqhning ma’nosi endi keladi. Faqihlikning eng past darajasi oxirat diyori bu 
dunyodan yaxshiroq ekanini bilishdir. Agar bu ma’rifat faqihda tasdiq topsa, nifoq va 
riyodan xalos bo‘ladi. 
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Odamlarning afzali hojat 
tushsa, foyda beradigan, behojat bo‘linsa, o‘ziga foyda beradigan iymonli olimdir».
9
7. 
Abu Nu’aym, Ibn Abdulbar va Abdulg‘ani Azdiylar Anasdan (r.a.) zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. 
8.
Termiziy g‘arib isnod bilan rivoyat qilgan. Alboniy esa «Sahih» kitoblarida zikr qilgan. 
9.
Bayhaqiy zaif isnod bilan Abu Dardodan rivoyat qilgan.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Iymon yalong‘ochdir, uning libosi 
taqvo, ziynati hayo, mevasi esa ilmdir».
10
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Payg‘ambarlik darajasiga eng yaqin 
odamlar ilm va jihod ahlidir. Ilm ahli payg‘ambarlar keltirgan ta’limotlarni odamlarga 
yetkazadilar. Jihod ahli esa, payg‘ambarlar keltirgan ta’limotlarning himoyasi uchun 
qilichlari bilan jang qiladilar». 
11
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Bir qabilaning o‘limi bir olimning 
vafotidan yengilroqdir». 
12


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling