Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/149
Sana18.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1707369
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   149
Bog'liq
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
129
boshida ham bo‘lmagan. Bu narsa hijratdan 120 yil keyin, ya’ni hamma sahobalar, 
shuningdek, Said ibn Musayyab, Hasan Basriy kabi buyuk tobe’inlar ham vafot 
etishganidan keyin yuzaga kelgan. Avvalgilar hadis yozishni va kitob tasnif etishni xush 
ko‘rishmagan. Sababi kishilar u kitoblar bilan mashg‘ul bo‘lib qolishsa, Qur’onni 
yodlashdan, uni tadabbur va zikr etishdan to‘xtab qolishdan xavf qilishgan. Ular, biz 
qanday yodlagan bo‘lsak, sizlar ham shunday yodlanglar, deyishardi. Shuning uchun 
Abu Bakr va yana bir qancha sahobalar Qur’onni sahifalarga bitib, mushaf holatiga 
keltirishini karih ko‘rishgan. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qilmagan ishni biz 
qandoq qilamiz, deyishgan edi. Chunki ular odamlarning mushafga suyanib qolishidan 
qo‘rqishardi. Qur’onni shundog‘icha qoldiramiz, odamlar bir-biriga talqin qilib o‘qib 
berishadi, bu ish ularning asosiy mashg‘ulotlari bo‘ladi, deb aytishar edi. Qachonki Umar 
ibn Xattob va boshqa sahobalar kishilar dangasaligi tufayli, uning zoe’ bo‘lishini 
aytishganda, xavfsirab, Qur’onni kitob holida yozishga ishora qilishdi. Uni yozishga 
ikkinchi sabab o‘rtada nizo kelib chiqishidan ehtiyot bo‘lish uchun edi. Chunki 
mutashobih oyatlarning qiroati yoki kalimalarda ixtilof chiqib qolsa, Qur’onga murojaat 
qilish uchun uning asli bo‘lishi kerak edi. Bu xayrli ishga Abu Bakrning (r.a.) ham qalblari 
moyil bo‘ldi va Qur’on bitta mushaf shaklida jamlandi. 
Molik ibn Anas «Muvatto’» kitoblarini tasnif etganlarida, Ahmad ibn Hanbal u kishini 
inkor qilib: «Sahobalar qilishmagan ishni boshlab berdi», deganlar. Aytilishicha, Islomda 
birinchi tasnif etilgan kitob Ibn Jo‘rayjning «Al-osor» nomli kitoblari va Mujohid, Ato va 
Ibn Abbosning Makkadagi sohiblari tomonidan bitilgan tafsir so‘zlardir. So‘ngra yamanlik 
Ma’mar ibn Roshid San’oniyning kitoblari bo‘lib, bu zot unda ma’sur bo‘lgan nabaviy 
sunnatlarni jamlaganlar. Keyin Madinada Molik ibn Anasning «Muvatto’» kitoblari, so‘ng 
Sufyon Savriyning «Jome’»lari tasnif etildi. So‘ngra to‘rtinchi asrda kalom ilmida ko‘p 
kitoblar bitildi. Bahsmunozara ko‘paydi. Kishilar qissaxonlik va va’zxonlikka moyil 
bo‘lishdi. Ana shu paytdan yaqiyn ilmi darz keta boshladi. Keyin qalb ilmi, nafs sifatlari 
va shayton hiylalarini taftish qilish odamlarga g‘aroyib tuyulib qoldi. Bu yo‘lda juda oz 
kishilar qolishdi. Talashib-tortishuvchilar, so‘zini qofiyalar bilan ziynatlagan kishilar olim 
deb ataldi. Chunki avom faqat ularning so‘zlarini eshitardi, haqiqiy ilm ularga ayon emas 
edi, sahobalarning siyratlarini bilishmasdi, shuning uchun boshqalarga o‘rgatadigan 
darajada emasdi. Shu tariqa «ulamo» degan nom avvalgilardan keyingilarga meros 
bo‘lib qolishda davom etdi. Oxirat ilmi esa, noaniq qolaverdi. Ilm bilan kalom orasidagi 
farq g‘oyib bo‘ldi. Faqat xos kishilargina bundan xabardor edilar. Agar, falonchi 
bilimliroqmi yoki pistonchimi, deyilsa, falonchi ilm jihatidan, pistonchi kalom jihatidan 
bilimli, deb javob qilishar edi. Xos kishilargina ilm ahli bilan kalom ahlini farqlashardi. 
Keyingi asrlarda din mana shu tarzda zaiflashdi. (Endi bu zamonamizdagi dinning 
holatiga gumoningiz qanday?) Ish shu darajaga yetib bordiki, bu boradagi haqiqatni 
aytgan kishi jinniga chiqarildi. Yaxshisi kishi o‘zi bilan mashg‘ul bo‘lib, sukut qilish edi.
(Oxirat ulamolarining) yana bir alomati ishlarning yangisidan saqlanishdir, garchi unga 
jumhur ittifoq qilgan bo‘lsa ham. Sahobalardan keyin o‘ylab topilgan narsaga xalqning 
berilishi uni aldab qo‘ymasligi kerak. Balki sahobalarning ahvollarini, siyrat va amallarini 
taftish qilishi, g‘amlari ko‘proq nimada bo‘lganini o‘rganishi lozim. Ya’ni, dars berish, 
kitob yozish, munozara, qozilik, rahbarlik, vaqflarga egalik qilish, vasiyat, yetimlar 
molini yeyish, sultonlarga aralashish, aysh-ishratga berilish ularda bo‘lganmi yoki xavf, 
xafalik, tafakkur, tirishish, zohiriy va botiniy narsalarni kuzatish, gunohlarning kattasiyu 
kichigidan saqlanish, maxfiy bo‘lgan nafs shahvatlari va shayton hiylalarini idrok etishga 
urinish kabi botiniy ilmlarni o‘rganishganmi?


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling