Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
140
Mana shu g‘arizaning asl ismi asl lug‘atda,
shuningdek, iste’molda bo‘lmog‘i istebohlidir.
Balki uni ismlarga uning samarasi o‘laroq ishlatiladi. Masalan, ilm qo‘rqish, olim esa,
Alloh taolodan qo‘rqqan kishidir. Demak, qo‘rqish ilmning samarasi ekan. Unga
qo‘rqishdan boshqa ma’no berilsa, majoz bo‘ladi. Lekin bu yerda maqsad lug‘at
haqida
bahs qilish emas, balki «aql» lafzining to‘rt ma’noda mavjudligidir. «Aql»
ularning
barchasiga ishlatiladi. Birinchisidan boshqa ma’nolarning borligi haqida ixtilof yo‘qdir.
Lekin to‘g‘ri gap birinchisining ham borligini va uning aslligini tasdiqlagandir.
Ilmlar go‘yo aql g‘arizasida fitratan yashiringan, qachon oshkor etadigan sabab tug‘ilsa,
borliqda namoyon bo‘ladi. Hatto bu ilmlar aqlga
tashqaridan kelmagandek, xuddi unda
oldindan bo‘lib keyin ko‘rinadi. Buning yorqin misoli yer tagidagi suvdir.
Qachon quduq
qazilsa, u ham ko‘rinadi. U yangi bir narsaning keltirilishi bilan emas, his bilan yig‘iladi
va ajraladi. Pistadagi yog‘, guldagi gulob ham shunga o‘xshashdir.
Shuning uchun Alloh
taolo aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: