Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
19 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Ilm o‘rganib, uni boshqalardan yashirgan kishini Alloh taolo qiyomat kuni olovli yugan bilan yuganlab qo‘yadi». 46 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Bir hikmatli so‘zni eshitib, uni yodlab, keyin bir musulmon birodaringga o‘rgatishing eng yaxshi sovg‘adir. Bu qilgan ishing bir yillik ibodatga teng». 47 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Allohni zikr qilish, unga olib boruvchi vositalar, muallim va ilm o‘rganuvchidan boshqa dunyo va undagi barcha narsalar la’natlangandir». 48 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Shubhasiz, Alloh taolo, maloikalar, osmon va yerdagi barcha mavjudotlar, hattoki uyasidagi chumoli, dengizdagi baliqlar insonlarga yaxshilik o‘rgatgan muallim haqqiga duo qiladi». 49 46. Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja, Ibn Hibbon, Hokimlar rivoyati. 47. Tabaroniy Ibn Abbosdan zaif isnod bilan rivoyat qilgan. 48. Termiziy, Ibn Moja rivoyatlari. Alboniy bu hadisni hasan degan. 49. Termiziy Abu Umomadan rivoyat qilgan. Alboniy sahih degan. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Musulmon kishi birodariga o‘zi eshitgan chiroyli hadisini o‘rgatib qo‘yishdan afzalroq foyda yetkaza olmaydi». 50 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Mo‘minning xayrli bir so‘zni eshitib, uni o‘rganib, unga amal qilishi bir yil ibodat etishidan yaxshiroqdir». 51 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) bir kuni ikki guruh kishilarni ko‘rdilar. Bittasi Alloh taologa duoyu tasbih bilan mashg‘ul edi, ikkinchi guruhdagilar esa, odamlarga ilm o‘rgatardi. Shunda Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: «Mana bular Allohdan so‘rayaptilar, Alloh ularga xohlasa beradi, xohlamasa bermaydi. Ammo ikkinchi majlisdagi kishilar odamlarga ilm o‘rgatyaptilar. Men muallim qilib yuborilganman». Keyin ular tomonga yurib, ular bilan birga o‘tirdilar. 52 50. Ibn Abdulbar Muhammad ibn Munkadirdan mursal holda rivoyat qilgan. 51. Ibn Muborak Zayd ibn Aslamdan mursal holda rivoyat qilgan. «Musnadul-firdavs» kitobida esa, Abu Hurayradan zaif sanad ila rivoyat qilingan. 52. Ibn Moja Abdulloh ibn Amrdan zaif sanad bilan rivoyat qilgan. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Alloh taolo men orqali yuborgan hidoyat va ilmning misoli bir joyga ko‘p yoqqan yomg‘irga o‘xshaydi. U joyning bir bo‘lagi suvni o‘ziga singdirib, ko‘p o‘t-o‘lanlar o‘sib chiqdi. Yana bir yeri yomg‘ir suvini o‘zida saqlab qoldi va uni Alloh manfaatli qildi, odamlar u suvdan ichdilar, hayvonlarni sug‘ordilar va dehqonchilik qildilar. Yana boshqa bir yer esa, tekis, silliq bo‘lganidan, suvni saqlab qolmadi va biror ekinni o‘stirmadi». 53 Bu hadisda Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) birinchi misoldagi yerni ilmidan manfaatlangan kishiga, ikkinchisini o‘zi foydalanmasa-da, boshqalarga manfaat beruvchi kishiga, uchinchini esa, mazkur ikki xislatdan mahrum kishiga o‘xshatdilar. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling