Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bob Mahmud va mazmum ilm, ularning qism va hukmlari haqida
www.ziyouz.com kutubxonasi
24 3) tasarruf o‘rnining e’tibori bilan bilinadi. Zargarlik ko‘nchilikdan afzaldir, chunki zargarning ish o‘rni oltin, teri oshlovchining ishi o‘lgan hayvonning terisi ustidadir. Shubhasiz, oxirat yo‘lining fiqhi bo‘lgan diniy ilmlar yetuk aql va sof zakovat bilan qo‘lga kiritiladi. Aql insoniy sifatlarning eng ulug‘i va sharaflisidir. Buning bayoni keyinroq keladi. Zero, aql bilan Allohning omonati qabul qilinadi, Uning roziligiga erishiladi. Ilmning umumiy manfaatlari xususida hech qanday shubha yo‘q. U oxirat saodatini qozontiradi. Ilmning ulug‘ligi hech kimga maxfiy emas, chunki muallim kishilarning qalbi va ruhiga ta’sir o‘tkazib, ularni boshqaradi. Yer yuzidagi mavjudotlarning eng sharaflisi inson bo‘lsa, undagi eng ulug‘ va aziz javhar qalbdir. Muallim shu qalbni kamolga yetkazish, unga jilo berish, uni polash va Allohga yaqin bo‘lishga chorlash bilan mashg‘uldir. Xulosa sifatida aytish mumkinki, ilm o‘rgatish bir jihatdan Allohga ibodat bo‘lsa, ikkinchi jihatdan Allohga xalifa-vakil bo‘lishdir. Alloh xalifasi bo‘lgani uchun olimning qalbiga O‘zining xos sifati bo‘lmish ilmni beradi. Olim Allohning eng qimmatbaho xazinasiga xazinachi demakdir. Bu xazinaga muhtoj bo‘lgan har qanday kishiga undan ulashish, ehson qilish huquqi muallimga berilgan. Alloh taologa yaqinlik hosil qilishda va jannatga yetaklashda banda bilan Allohning orasida vositachi bo‘lishdan-da ulug‘ martaba bo‘lishi mumkinmi?! Alloh taolo fazlu karami bilan bizni shunday ulug‘ vositachilar jumlasidan aylasin. Barcha payg‘ambarlarga Uning salotu salomi bo‘lsin. Ikkinchi bob Mahmud va mazmum ilm, ularning qism va hukmlari haqida Bu bobda o‘rganish farzi ayn va farzi kifoya ilmlar, din ilmida kalom va fiqhning tutgan o‘rni, oxirat ilmining afzalligi haqida so‘z yuritiladi. Farzi ayn, ya’ni, har bir musulmon uchun o‘rganish shart bo‘lgan ilmlar haqida Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) shunday marhamat qiladilar: «Ilm talab qilish (o‘rganish) har bir musulmonga farzdir». Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) yana aytadilar: «Ilmni Chinda bo‘lsa ham o‘rganinglar». Har bir musulmon kishi bilishi farz bo‘lgan ilmlar haqida ulamolar turlicha fikr bildirganlar. Ularni batafsil aytib o‘tirmasdan, quyidagicha xulosa qilamiz: Har bir guruh, firqa o‘ziga tegishli ilmni o‘rganishni farzi ayn deb qabul qilgan. Mutakallimlar, kalom ilmi farzi ayn, zero, u bilan tavhid, Allohning zoti va sifatlari o‘rganiladi, deydilar. Fuqaholar fiqh ilmini farzi ayn bilishadi. Zero, fiqh bilan ibodatlar, haromu halol va boshqa muammolardagi harom-halol ham bilinadi, deydilar. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling