Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
27 boshqalardan eshitish bilan tug‘iladi. Kishi falsafa keng tarqalgan, odamlari turli bid’atlarni so‘zlaydigan shaharga borib qolsa, Haqni zikr etish bilan o‘zini himoya qilishi lozim. Agar uning qalbiga botil fikr-qarashlardan birortasi tushib qolsa, uni qalbidan ketkazish farz bo‘ladi. Ko‘pincha bu ish qiyin kechadi. Masalan, ribo, sudxo‘rlik keng tarqalgan bir shaharda musulmon kishi savdogarlik qilsa, unga ribodan saqlanish ilmini o‘rganish farzdir. Bu aytayotganlarimiz farzi ayn bo‘lgan ilm haqida. Farzi aynning ma’nosi farz amalning kayfiyati haqidagi ilmni egallash demakdir. Kim farz ilmini va uning farz bo‘lish vaqtini o‘rgansa, farzi aynni o‘rgangan sanaladi. So‘fiylarning: «Dushman-shayton vasvasasi bilan malak – farishta ilhomini bir-biridan ayirish farzi ayn», degan so‘zlari ham haqdir. Lekin bu narsa hammaga emas, balki qalbida bu haqda shubhasi bo‘lgan kishiga farzi ayndir. Inson qabohat, riyo, hasad kabi yomonliklardan o‘zini saqlay olmasa, u narsalarning ilmini bilishi lozim bo‘ladi. Zero, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qilganlarki: «Uch narsa insonni halok etadi: o‘ta baxillik, ortidan ergashtirib ketadigan xohish, takabburlik bilan nafsiga ortiqcha baho berish». 61 Inson tabiati bu uch narsadan xoli emas. Boshqa yomonliklar ham shu uch sifatdan paydo bo‘ladi. Shuning uchun ularni muolaja qilish farzi ayndir. Muolaja qilish ular chegarasini, sabab va alomatlarini o‘rganish bilan bo‘ladi. Zero, yomonlikni bilmagan kishi, albatta, unga tushadi. Muolaja esa, kasallik kelib chiqish sababining ziddiga muqobil bo‘lishdir. Sabab bilan natijani bilmasdan turib, muolaja qilish mumkin emas. Biz zikr qilib o‘tgan halokatga eltuvchi ko‘pgina ishlarning ilmini bilish farzi ayndir. Ko‘pchilik insonlar foydasiz narsalar bilan mashg‘ul bo‘lib, mazkur farzi ayn bo‘lgan ilmlarni tashlab qo‘ygan. 61. Bazzor, Tabaroniy, Abu Nu’aym, Bayhaqiylar Anas (r.a.) dan zaif isnod bilan qilgan rivoyatlari. Alboniy bu hadisni hasan dedilar. Islomga kirgan kishiga do‘zax, qayta tirilish va qiyomatda hisob-kitob bo‘lishini tasdiq etishni tezda o‘rgatish kerak. Bu narsa ikki shahodat kalimasini to‘ldiradi. U Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) payg‘ambarliklarini tasdiqlaganidan so‘ng, u zot keltirgan risolatni ham yaxshi tushunib olishi, Alloh va Uning rasuliga itoat etgan kishiga jannat, osiylarga esa, do‘zax bo‘lishini bilishi lozimdir. Agar sen ilm o‘rganishning ushbu darajasidan yaxshi xabardor bo‘lsang, bu yo‘l haq ekanini anglaysan. Shuningdek, har bir banda kecha-kunduzda ibodatu muomalalarida bilishi lozim bo‘lgan zaruriyatlarni ham tushunib yetasan. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): «Ilm o‘rganish har bir musulmonga farzdir», degan hadislaridagi «al-ilmu» so‘zidagi aniqlikni ifoda etuvchi artikli «alif- lom»dan ko‘zlangan maqsad farz amalning ilmini o‘rganish ekani senga ravshan bo‘ladi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling