Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijodiy guruh Hujjatul-islom al-G‘azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
3 alohida-alohidami yoki birlashtirib chop etiladimi, buni sharoit ko‘rsatadi. Har holda avvaldan ma’lum qilamizki, «Ihyo»ning boshqa qismlari ham tarjima etilmoqda va, inshaalloh, yaqin oy-kunlarda o‘quvchiga taqdim qilinajak. Aziz kitobxon, bilasizki, katta ishni boshlash hamisha mashaqqatli va og‘ir kechadi, beixtiyor xato-kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilishi mumkin. Shuning uchun bilib-bilmay sodir etgan nuqsonlarimiz, tarjimadagi g‘alizlik va kamchiliklar uchun sizdan uzr, Allohdan mag‘firat so‘raymiz. Ushbu muborak Ramazon kunlarida tortiq qilayotgan tuhfamizni husni maqbul etgaysiz. Imomimiz Hujjatul Islom G‘azzoliy hazratlarining haqlariga, qolaversa biz xodimlaringizning haqlariga duo qilgaysiz, gunohlarimizni kechirishini Yaratgandan so‘ragaymiz, zero, duolar ijobat bo‘lguchi oyda Allohdan katta- katta umidlarimiz bor. Allohdan tavfiq so‘raymiz, Ungagina sig‘inamiz va Undangina madad tilaymiz. Ijodiy guruh Hujjatul-islom al-G‘azzoliy Qumlar Unga tasbeh aytadigan, soyalar sajda qiladigan, haybatidan tog‘lar qo‘rqadigan zot Allohga hamd bo‘lsin. Guvohlik beramanki, Haq va Mubin, Malik Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Guvohlik beramanki, sayyidimiz Muhammad alayhissalom oriflar imomi, butun xalq ulug‘idirlar. U kishining ahliga va tohir-toyyib yaqinlariga, hamda mujohid, solih ashoblariga, shuningdek qiyomatga qadar ul zotga ergashgan kishilarga salovat va salomlar bo‘lsin. Shak yo‘qki, Imom G‘azzoliy Islomning buyuk shaxsiyatlaridan, ulug‘ ahllaridandir. U shuningdek Islomiy fikr rahnamosi, diniy ruhni jonlantirishda va islom fikrini uyg‘otishda katta fazlga ega bo‘lgan isloh va tajdid kishisidir. G‘azzoliyning ishlari, tajdidlari ikki asosiy yo‘nalishdadir: 1. Falsafani tanqid va munoqasha qilish. 2. Islomiy axloqqa, ruhga va haqiqatlarga chaqirish. Hayotlari U kishi Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad at-Tusiy Abu Homid al- G‘azzoliydirlar. Tusning Tobiron nohiyasida 450 hijriy yilda tug‘ildilar. Otalari solih bir faqir kishi bo‘lib, faqat qo‘l mehnati, jun yigirish bilan kun kechirar edilar. Faqihlar ziyoratida bo‘lib, doim ular bilan hamsuhbat, xizmatlarida shay edilar. Ularga ehson, qo‘ldan kelgancha nafaqa qilardilar. Ularning so‘zlarini eshitganda yig‘lab, tazarru’ qilardilar. Allohdan o‘g‘il berishini va u faqih bo‘lishini so‘rardilar. Alloh u kishining duolarini ijobat qildi. Otalarining vafot onlari yaqinlashganda u zot va akalari Ahmadni ahli xayrdan bo‘lgan bir so‘fi birodariga vasiyat qildilar. Otalaridan qolgan arzimas mol tugagandan keyin bu so‘fiy kishi ularni boqishga qiynalib qoldi va: «Xabaringiz bor, sizlarga tegishli bo‘lgan narsani ishlatib bo‘ldim, men o‘zim kambag‘al va yo‘qsil kishiman, sizlar to‘g‘ringizda menga kelgan eng yaxshi fikr biror madrasaga borishingizdir. Chunki sizlar tolibi ilmsizlar, sizlarga madad bo‘ladigan rizq o‘sha yerdadir», dedi. Ular bu so‘zga kirishdi. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling