Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
31 Namoz, zakot, halol-harom masalalaridaki tutgan yo‘li shu bo‘lganidan keyin qolgan narsalar o‘z-o‘zidan namoyon bo‘ladi. 64. Ibn Moja hasan isnod rivoyat qildilar. Islomiyat masalasini olsak, faqih durust va nodurust narsalar, Islomning shartlari haqida gapirar ekan, tildan boshqasiga e’tibor bermaydi. Qalb ishi faqihning tasarrufidan tashqaridadir. Zero, Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) qilichdan qo‘rqib musulmon bo‘lgan kishini o‘ldirgan sahobaga: «Sen uning qalbini yorib ko‘rdingmi?!» 65 deb qalb ishini saltanat va qilich sohiblari tasarrufidan ajratganlar. Faqih qilichdan qo‘rqib bo‘lsa- da, kalimai shahodat keltirgan kishini musulmon deb hukm qiladi. Shu bilan birga, faqih qilichdan qo‘rqish uning niyatini oshkor qilmaganini, qalbidan jaholatu hayrat pardasini ketkizmaganini biladi, lekin shunday hukm qilaveradi. O‘limdan qo‘rqib musulmon bo‘lgan kishi shahodat kalimasini aytish bilan nafsini o‘limdan, molini boshqa birov qo‘liga o‘tishidan saqlaydi. Bu ish dunyoga taalluqli ekani ma’lum. Shuning uchun Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) shunday marhamat qilganlar: «Men insonlar «La ilaha illalloh» degunlaricha ularga qarshi urushishga buyurildim. Qachonki ular «La ilaha illalloh»ni aytsalar, molu jonlarini mendan himoya qilgan bo‘ladilar». 66 Oxiratda esa molu dunyo asqotmaydi. Balki qalb nuri, siri-asrori va ixlosigina foyda beradi. Bu fiqhdan emas. Faqih bular haqidagi bahsga sho‘ng‘isa, falsafa, tib kabi o‘zining sohasi bo‘lmagan bahslarga kirishgandek bo‘ladi. Yoki namozni olib qaraylik. Faqih namoz o‘quvchi kishi namozning boshidan oxirigacha g‘ofil bo‘lib, xayolda bozordagi tijorati, hisob-kitobi bilan mashg‘ul bo‘lsa-da, namozning zohiriy shartlarini bajarsa, namozini durust sanaydi. Vaholangki, bu namozdan oxiratda foyda yo‘q. Shuningdek, til bilan shahodat kalimasini aytish foyda bermasa ham, faqih mazkur kalimani qatldan saqlanish uchun aytgan kishining musulmonligi durust ekaniga fatvo beradi. Ammo namozda xushu’-xuzu’ bilan turish, qalbi jam bo‘lishi kabi zohiriy amal foyda berishiga sabab bo‘luvchi oxirat amallari haqida hech narsa demaydi. Agar faqih bu jihatlarga aralashsa, u o‘z sohasidan tashqariga chiqqan hisoblanadi. 65. Imom Muslim rivoyatlari. 66. Muttafaqun alayh. Zakot masalasiga kelsak, faqih uni kishi ado etgani yoki etmaganiga qaraydi. Qay kayfiyatda ado etilganiga e’tibor bermaydi. Agar boy kishi zakot berishdan bosh tortsa, keyin podshoh undan majburiy yo‘l bilan zakotini olsa, faqih bu holda boyning zimmasidan zakot soqit bo‘lishiga fatvo beradi. Hikoya qilishlaricha, qozi Abu Yusuf yil oxirlab qolganida molini ayoliga hadya qilib berar ekan. Keyin esa, zakot bermaslik uchun uni ayolidan qaytarib olarkan. Bu holat Abu Hanifaga (r.a.) zikr qilinganida: «Bu uning faqihligidandir», degan ekanlar. Abu Hanifa (r.a.) to‘g‘ri aytganlar, zero, bu dunyo fiqhidir. Lekin uning zarari oxiratda barcha jinoyatdan kattadir. Buni zararli ilm deydilar. Halol-harom mavzusiga kelsak, haromdan parhez qilish, taqvoli bo‘lish ayni dindorlikdir. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling