Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
32 Taqvodorlikning to‘rt martabasi bor: 1. Guvohlarning adolatli bo‘lishida shart qilingan taqvodorlik. Bu martabani inson tark etsa, guvohlik, qozilik va valiylik (rahbarlik) kabi ishlarda uning layoqati ketgan hisoblanadi. Bundagi taqvo ochiq haromdan saqlanishdir. 2. Solihlarning taqvosi. U tushib qolish ehtimoli bo‘lgan shubhali narsalardan ham chetlanishdir. Bu haqda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Shubhali narsani qo‘y, shubhasiz narsani ushla», debganlar. 67 Yana Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Gunoh qalblarning yarasidir», deb aytganlar. 68 3. Muttaqiylar taqvosi. U haromga eltuvchi narsadan qo‘rqib, halolni tark qilishdir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Kishi zararli narsadan qo‘rqib, zararsiz narsani tark qilmagunicha, muttaqiylardan bo‘la olmaydi», deganlar. 69 Buning misoli g‘iybatga sho‘ng‘ishdan qo‘rqib, kishilar holatini gapirishdan tiyilganga yoki nafsi jo‘sh urib, man’ etilgan narsalarni yeb qo‘yishdan qo‘rqib, shahvatli narsalarning iste’molidan taqvo qilganga o‘xshaydi. 4. Siddiqlar taqvosi. U Allohning huzurida qurbatni ziyoda qilishga foyda bermaydigan narsalarga umrning biror soatini bo‘lsa-da, sarf etishdan qo‘rqib, ulardan yuz o‘girishdir. Garchi u narsalar bilan haromga tushib qolmasligini aniq bilsa ham. 67. Termiziy, Nasaiy, Ibn Hibbonlar rivoyati. 68. Bayhaqiy mavquf holatda «Shu’abil iymon» kitobida rivoyat qildilar. Boshqa bir rivoyatda gunoh «qalblaring bosqinchisi», deyilgan. 69. Termiziy rivoyat qilib hasan degan. Ibn Moja va Hokimlar rivoyat qilib sahih deyishgan. Avvalgi martabadan boshqa uchtasi faqih nazaridan tashqaridagi narsadir. Birinchi martaba guvohlik va qozilik kabi ishlarda adolatni qoim qiluvchi taqvodorlik edi, u esa, oxiratda gunohlar uchun foyda bermaydi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Vobisaga qarata: «Agar senga fatvo berishsa ham, o‘z qalbingdan fatvo so‘ra», deganlar. 70 Faqih kishi qalb jarohatlarini ketkazadigan va amallar kayfiyatini anglatadigan so‘z so‘zlamaydi. Balki uning bor e’tibori oxirat yo‘lini isloh etuvchi dunyoga qaratilgan. Agar u (faqih) qalb sifatlari, oxirat ahkomlari haqida biror narsa so‘zlab qolsa ham, bu hol tasodifiy bo‘lib, tibbiyot, hisob, nujum, kalom ilmlaridan misol keltiradigan holatiga o‘xshaydi. Zohiriy ilmlar imomi Sufyon Savriy: «Bu ilmlarni talab qilish oxiratga zod bo‘lmaydi», der edilar. Endi qanday qilib, faqat u ilmlarga amal qilishni sharaf bilishadi, zihor, li’on, salam, ijara, sarf kabilarni ilm deb gumon qilishadi?! Kim faqat mana shu narsalarni Allohga yaqin bo‘lish uchun o‘rgansa, u kishi jinnidir. Albatta, amallar toatdagi qalb va a’zolar bilan bo‘ladi. Ana o‘sha amallar bilan sharafga erishiladi. Agar nima uchun fiqh bilan tibning orasini tenglashtirdingiz, tib dunyoga taalluqli bo‘lib, jasad sog‘ligiga, shu bilan birga, dinning islohiga ham tegishli, bu tenglashtirishingiz musulmonlar ijmo’siga xilof-ku, desang, bilgilki, bu ikkalasini tenglashtirish loyiq emas, balki ular orasida farq bordir. 70. Imom Ahmad va Doramiylar Vobisadan rivoyat qilishgandi. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling