Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/149
Sana18.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1707369
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   149
Bog'liq
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
Fiqh uch holati bilan sharaflidir. 
1. Fiqh shar’iy ilm bo‘lib, u Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) istifoda qilingandir. Tib 
esa, shar’iy ilm emas.
2. Oxirat yo‘liga tushgan kishi xoh kasal, xoh sog‘lom bo‘lsin, fiqhdiga ishi tusha. Ammo 
tib ilmiga kasallargina muhtoj bo‘ladi, xolos.
3. Fiqh ilmi oxirat yo‘lidagi ilmga qo‘shnidir. Chunki u a’zolarning amaliga e’tibor beradi. 
A’zolar amallarining masdari esa, qalb sifatlaridir. Maqtalgan amallar oxiratda najot 
bo‘luvchi maqtalgan axloqlardan sodir bo‘ladi. Qoralangan amallar esa, qoralangan 
xulqlardan kelib chiqadi. A’zolarning qalb bilan bog‘liqligi ochiq ko‘rinib turgan narsa. 
Salomatlik va kasallik esa, mijozning pok-nopokligiga bog‘liq. U badanning sifatidir, qalb 
sifatlaridan emas. Fiqh tibga qanchalik bog‘lanmasin, baribir fiqhning sharafi zohir 
bo‘laveradi. Ammo oxirat yo‘li ilmi fiqhdan sharafliroq. 
Agar menga, oxirat yo‘li ilmining ma’nosini batafsil ajratib bering, desang, uni mufassal 
tushuntirishning imkoni bo‘lmasa ham (aytaman). Bilgilki, oxirat yo‘lining ilmi ikki 
qismdir: mukoshafa ilmi va muomala ilmi. 
Mukoshafa ilmi botiniy ilmdir va barcha ilmlarning g‘oyasidir (ya’ni, botinni o‘rganishdir). 
Ba’zi oriflar: «Kim mana shu ilmdan nasibador bo‘lmasa, unga yomon oqibat kelishidan 
qo‘rqaman», deb aytishgan. Nasibador bo‘lishning eng ozi esa, uni tasdiq qilib, o‘sha ilm 
ahliga ergashishdir. Ayrimlar aytdiki: «Kimda bid’at va kibr bo‘lsa, mukoshafa ilmidan 
biror narsa unga ochilmaydi». Yana aytishlaricha, kim dunyoni yaxshi ko‘rsa yoki havoyi 
nafsiga ergashsa, mukoshafa ilmi unda bo‘lmaydi. Balki boshqa ilmlarni egallashi 
mumkin. Bu ilmni inkor qilganlarning eng oz jazosi undan zavqlanmaslikdir. Shu 
ma’noda she’r ham bor: 
 
Gunohdir, jazosi ham o‘zi bilan, 
Yo‘q kishining g‘iybatiga rozi bo‘lsang. 
U ilm mazmum sifatlardan pok qalbda zohir bo‘ladigan nurdir. Mana shu nur bilan oldin 
eshitilgan, lekin ma’nolari anglashilmagan ko‘p ishlar kashf bo‘ladi, Allohning zotini, 
boqiy va komil sifatlarini, fe’lini, dunyo va oxiratni yaratishdagi hikmatlarini, dunyo 
ustiga oxiratni qo‘yish tartibini, nubuvvat, nabiy va vahiy ma’nosini, farishtalar va 
shaytonlar lafzlarining ma’nosini, shaytonning insonlarga dushmanligi, anbiyolarga 
farishtalarning ko‘rinish va payg‘ambarlarga vahiy kelish kayfiyatini, yer va osmonlar 
saltanatini, qalbni bilishni, farishtalar va shaytonlar jamoasi orasidagi farqni, oxirat, 
jannat, do‘zax, qabr azobi, sirot, mezon va hokazolarni o‘sha nur orqali anglaydi.
Allohning quyidagi so‘zi shu ma’nolarni ifoda etadi:

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling