Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/149
Sana18.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1707369
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   149
Bog'liq
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
mahzunlikning ketishi (ya’ni, oxirat haqida o‘ylamaslik), Allohdan qo‘rqmaslik, nafsga 
xorlik yetgan chog‘da, uni qo‘llab-quvvatlash, haqni qo‘llashdan ojiz bo‘lish, ichdan 
dushman bo‘laturib, zohiriy do‘st tutish, Alloh bergan ne’matini yana qaytarib olishidan
xotirjam bo‘lish, qilgan ibodatlariga suyanib qolish, makr, xiyonat, uzun orzu-havas, 
qalb qattiqligi, dunyosi bilan sevinish, yo‘qotgan dunyosiga afsuslanish, maxluqlar bilan 
ulfat bo‘lish, ulardan ajragani uchun dahshatga tushish, qo‘pollik, yengiltaklik, 
shashqaloqlik, hayo va marhamatning kamligi. 
Ushbular va ushbularga o‘xshash qalbning yomon sifatlari fahshning bog‘i va hazar 
qilinadigan ishlarning ekinzoridir. Bu sifatlarning ziddi bo‘lgan maqtovga loyiq xulqlar 
esa, ibodat va Allohga qurbat hosil qilishning manbaidir. 
Demak, ushbu salbiy xislatlarning me’yorlarini, haqiqatlarini, sabablarini, natija va 
davolarini bilish ham oxirat ilmidir. Uni o‘rganish, oxirat ulamolari fatvolariga ko‘ra, farzi 
ayndir. Bu ilmdan yuz o‘giruvchilar oxiratda podshohlar Podshohining qahriga yo‘liqadi. 
Bu ish namoz, ro‘za va haj kabi zohiriy amallardan yuz o‘giruvchilar, dunyo faqihlari 
hukmi bilan, dunyo sultonlari qilichi ostida halok bo‘lganga o‘xshaydi. Faqihlar farzi ayn 
masalalariki dunyoviy ishlar salohiyatiga bog‘lagan holda qaraydilar. Va bu narsa oxirat 
salohiyati bilan ham bog‘liqdir. Agar faqihdan mana shu xislatlar, hatto ixlos yoki 
tavakkul yo riyodan saqlanish haqida so‘ralsa, u narsalar farzi ayn bo‘lishiga, ularni tark 
etgan kishi oxiratda halokatga yuz tutishiga qaramay, ular haqida gapirishdan tiyiladi. 
Agar sen undan li’on, zihor, musobaqa (otchoparlik), o‘q otish haqida so‘rasang, 
o‘rganish bilan asrlar tugab ketadigan, ayni paytda hech ehtiyoj sezilmaydigan bu o‘ta 
far’iy nozik masalalar haqida tom-tom kitoblarni oldingga terib qo‘yadi. Holbuki, u 
masalalardan birortasi biror mamlakatda paydo bo‘lsa, javob qiladigan olim yetarlicha 
topiladi. Faqih esa, kechayu kunduz u far’iy masalalarni o‘qib, yodlab, o‘zini qiynaydi
dini va nafsi uchun muhim bo‘lgan narsadan g‘aflatda qoladi. 
Agar faqihdan: «Bunday qilishning boisi nima?» deb so‘ralsa, «Bu din ilmidir, farzi kifoya 
bo‘lgani uchun u bilan shug‘ullandim», deb javob beradi. Vaholanki, u o‘zini va 
boshqalarni chalg‘itadi. Aqlli kishi biladiki, agar uning maqsadi farzi kifoya haqidagi 
buyruqning haqqini ado etish bo‘lganida edi, avval farzi aynni oldinga qo‘ygan bo‘lardi. 
Balki boshqa o‘rganilishi kerak bo‘lgan ko‘pgina farzi kifoyalarni ham oldinga qo‘ygan 
bo‘lar edi. Qancha-qancha musulmon mamlakatlarida musulmon tabibning yo‘qligidan u 
yerlarda musulmon bo‘lmagan tabiblar faoliyat ko‘rsatmoqda. Vaholanki, fiqhiy 
hukmlarda tabiblarga aloqador joylarda ularning guvohliklari qabul qilinmasligi aytilgan. 
Shundan keyin ham birortasini tib ilmi bilan mashg‘ul bo‘lganini ko‘rmayapmiz. Ular fiqh 
ilmi ustida, ayniqsa, ixtilofli va bahsli masalalarda bir-birlarining so‘zlarini botilga 
chiqarib, tortishishgani tortishishgan. Holbuki, biror muammo paydo bo‘lsa, javob 
qiladigan, fatvo bera oladigan faqihlar Islom diyorlarida to‘lib yotibdi... 
Din ilmlariga yomon olimlarning aralashuvi tufayli din ilmi eskirmoqda. Alloh taolodan 
yordam so‘rab, Unga iltijo etamizki, shaytonni xursand qiladigan, Rahmonning g‘azabini 
keltiradigan g‘ururlardan bizni asrasin.
Zohiriy ulamolarning taqvodorlari qalb sohiblari va botiniy ulamolar fazilatiga iqror 
bo‘lganlar. Imom Shofe’iy (r.a.) Shaybon Ro’iy degan zotning huzurlarida go‘yo bola 
maktabda o‘qituvchining huzurida o‘tirgandek o‘tirib, u kishidan turli masalalarni so‘rar 
edilar.


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling