Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
39 yashiringan fazilatdir. Zohiriy amallari esa, mansab, obro‘ qozonishni istovchi va shuhratga qiziquvchi kishilarda ham sodir bo‘lishi mumkin. Bas, shuhrat halokatga eltuvchi ofatdir. Fazilat esa, hech kimga oshkor bo‘lmaydigan bir sir. Binobarin, faqih va mutakallimlar obro‘ va fazilat masalasida xalifa, qozi va boshqa ulamolarga o‘xshab ketadi va bir necha xil bo‘ladi. Ularning ichida ilmi va fatvosi bilan dong taratishni istamaydigan, balki Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) sunnatlarini himoya qilib, Alloh taoloning roziligini istaydiganlari bor. Ana o‘shalar Alloh taoloning roziligini tutgan zotlardir. Ularning Alloh taolo huzuridagi fazilatlari ilmlariga amal qilganlari va o‘z qarashlari hamda fatvolari bilan Alloh taoloning roziligini iroda etganlari uchundir. Albatta, har bir ilm amaldir. Chunki u kasb qilib egallanadi. Ammo amal-fe’l, ilm emasdir. Tabib Alloh taologa ilmi tufayli yaqin bo‘ladi. Bas, u ilmi bilan Alloh subhonahu va taolo uchun amal qiladi va shu ilmi orqali mukofotlanadi. Sulton ham Alloh uchun xalqning o‘rtasida vositachilik qiladi va Alloh huzurida mukofotlangan, rozi qilingan bo‘ladi. U din ilmiga kafil bo‘lgani uchun emas, balki o‘z ilmi tufayli qilgan amali bilan Alloh taologa yaqinlikni qasd etgani uchun mukofotlanadi. Alloh taologa yaqinlik hosil qiluvchi narsalar uch qism: 1. Mujarrad (yolg‘iz) ilm . U mukoshafa ilmi. 2. Mujarrad (yolg‘iz) amal. Masalan, sultonning adolati va xalqni adolat ustida ushlab turishi. 3. Ilm va amaldan tarkib topgan harakat. U oxirat yo‘lining ilmidir. Uning sohiblari barcha olimlar va amal qiluvchilardir. Sen nafsingga bir boq: qiyomat kuni Allohning ulamolari orasida bo‘lasanmi yoki Alloh uchun amal qiluvchilar bilan bo‘lasanmi yoxud ikkala ishni ham qilganlar bilanmi? Xohlaganingga qo‘shilib, ulushingni ol. Bu ish sen uchun o‘sha mashhurlarga taqlid qilishingdan muhimroqdir. Bir she’rda aytilganidek: Eshitganlaringni tashla, ko‘rganingni ol, Quyoshda Zuhaldan behojat etguvchi nur bor. Bu aytilganlarga qo‘shimcha tarzda avval o‘tgan faqihlar hayotidan lavhalar keltirib o‘taman. Sen bu hikoyalarda faqihlarga taqlid qilganlarning ularga zulm etishganini ko‘rasan. U muqallidlar qiyomat kuni faqihlarning eng katta xusumatchilaridan bo‘ladi. Chunki faqihlar ilmlari bilan faqat Alloh taoloning roziligini maqsad qilganlar. Ahvollaridan ko‘rinmoqdaki, ular oxirat ulamolaridandir. Oxirat ulamolarining alomatlari bobida buning bayoni keladi. Binobarin, faqih zotlar faqat fiqh ilmi bilan chegaralanib qolmay, qalb ilmi va uni nazorat qilish bilan ham mashg‘ul bo‘lganlar. Lekin qalb ilmi haqida kitob yozishdan ularni qaytargan narsa sahobalarning fiqhni, fatvo ilmini juda yaxshi bilaturib, u haqda kitob yozishdan tiyilganlaridir. Sahobalarni bu ishdan to‘sgan omillar aniq-ravshan bo‘lib, ularni zikr etishga hojat yo‘q.* Hozir endi yuqorida aytganimizdek, faqihlarning hayotlaridan so‘z yuritamiz. Bu so‘zlar ularga ergashyapmiz deb, so‘ng amallari va xulq-atvorlarida u zotlarga xilof ish tutganlarga ta’nadir. Fiqh ilmining peshvolari va odob-axloq namoyondalari, tobe’lari ko‘p bo‘lgan zotlar beshtadir: Imom Shofe’iy (r.a.), Imom Molik (r.a.), Imom Ahmad ibn Hanbal (r.a.), Abu Hanifa Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling