Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
46 yerlarda hadis aytganlar. Har bir shaharning olimi bor. Binobarin, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Ummatimning ixtilofi rahmatdir», deganlar. 74 Siz bilan ketishga ham yo‘l yo‘q. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Agar bilsalar, Madina ular uchun yaxshidir», deganlar. 75 Va yana: «Bosqon temirning zangini ketkizganidek, Madina ham odamlar gunohini ketkizadi», deganlar. 76 Mana, sizning dinorlaringiz, shundayligicha turibdi, xohlang oling, xohlang olmang. Siz bergan narsangiz evaziga Madinadan ajrashni taklif qilyapsiz. Lekin men butun dunyoni Madinaga almashtirmayman», dedilar. Imom Molikning dunyodagi zuhdlari mana shunday edi. Turli tomondan kelgan molk- mulklarni yaxshilik yo‘lida tarqatib yuborar edilar. U kishining saxovatpeshaliklari dunyoga muhabbatlari ozligi va zuhdlari yuksakligiga dalolat qiladi. Zohidlik mol-mulkni yo‘q qilish emas, balki unga muhabbat qo‘yishdan forig‘ bo‘lishdir. Inchinun, Sulaymon (a.s.) ham o‘z mulkida zohidlardan edilar. Imom Molik dunyoni xaqir sanaganlar. Imom Shofe’iy (r.a.) aytadilar: «Men Imom Molikning eshiklarida Xurosonning zotdor, chopqir otini va Misrning chiroyli xachirini ko‘rdim. Shunda Imom Molikka: «Muncha chiroyli», dedim. U kishi: «U senga mendan hadya bo‘lsin, ey Abu Abdulloh», dedilar. Men: «O‘zingizga qolsin, kerakli ulov», dedim. Shunda u kishi: «Men Allohning payg‘ambari (sollallohu alayhi vasallam) yotgan tuproqni ulov tuyoqlari bilan bosishga Alloh taolodan uyalaman», dedilar» 74. Hadis. 75. Muttafaqun alayh. 76. Muttafaqun alayh. U kishining saxovatlariga nazar tashla, zero, Madinaning tuprog‘ini e’zozlaganlaridan mollarini birdan hadya qilib yubordilar. Ilmlari bilan Alloh taolo rizosini iroda qilganlari va dunyoni haqir sanaganlariga quyidagi rivoyat dalolat qiladi. U kishi aytadilar: «Men Horun ar-Rashid huzuriga kirsam, u: «Ey Abu Abdulloh, biznikiga tez-tez kelib turing, farzandlarimiz sizdan «Muvatto»ni eshitib turishsin», dedi. Men: «Mavloyimiz Amirul mo‘mininni Alloh taolo aziz qilsin. Bu ilm (asli) sizlardan (ya’ni, qurashiylardan) tarqalgan. Agar sizlar uni e’zozlasangiz, u aziz bo‘ladi, agar uni xorlasangiz, xor bo‘ladi. Ilmning huzuriga kelinadi, ammo ilm birovning huzuriga bormaydi», dedim. Shunda Xalifa: «To‘g‘ri so‘zladingiz», dedi va farzandlariga: «Masjidga chiqinglar, odamlar bilan birga (Imom Molikning darsini) eshitinglar», deb buyurdi». Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling