Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Imom Abu Hanifa hazratlari
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
Imom Abu Hanifa hazratlari Bu muborak zot (r.a.) ham obid, zohid, orif, taqvodor, ilmi bilan Alloh taoloning rizosini istagan zot edilar. U zotning obidliklari ushbu rivoyatlardan ham bilinadi. Ibn Muborak aytadilar: «Abu Hanifa (r.a.) muruvvatli edi, ko‘p namoz o‘qirdi». Hammod ibn Abu Sulaymon: «Abu Hanifa (r.a.) kechaning hammasini bedor o‘tkazar edilar», deb naql qilgan. Rivoyat qilinishicha, Imom A’zam avvalida kechaning yarmini bedor o‘tkazganlar. Bir kun Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 47 yo‘lda ketayotsalar, bir odam sherigiga u kishini ishora qilib: «Bu odam kechaning hammasini bedor o‘tkazadi», debdi. Shundan keyin u zot: «Ibodatda o‘zimda yo‘q narsa bilan vasf etilishdan Alloh taolodan hayo qilaman» deb kechaning hammasini bedor o‘tkazganlar. U kishining zohidliklari haqida Robi’ ibn Osimdan rivoyat etiladi: «Yazid ibn Umar ibn Hurayra u kishining Baytulmolga hokim bo‘lishlarini istab, meni u kishining huzurlariga yubordi. Kelib aytsam, u kishi rozi bo‘lmadilar. So‘ng Yazid Abu Hanifani yigirma darra urdirdi». U zotning rahbarlikdan tiyilishlariga va azobni ko‘tarishlariga nazar tashla. Hakam ibn Hishom Saqafiy aytadi: «Menga Shomda Abu Hanifa (r.a.) haqlarida aytib berishdi. U kishi omonatdorlikda odamlarning eng buyugidir. Sulton u kishiga davlat g‘aznasiga hokim bo‘lishni, yo‘qsa, gardanlariga darra urishini aytganida, Alloh taoloning azobidan sultonning azobini afzal ko‘rdilar». Ibn Muborak (r.a.) huzurida Abu Hanifa (r.a.) zikr etilganida, «Dinidan qo‘rqib, undan qochgan odamni aytyapsizlarmi?» deganlari rivoyat qilinadi. Muhammad Shujo’ ayrim do‘stlaridan rivoyat qiladi: «Imom Abu Hanifaga: «Amirul mo‘minin Abu Ja’far Mansur sizga o‘n ming dirham berishni buyurdi», deyishganida, Abu Hanifa (pulni olishga) rozi bo‘lmadilar. Pul olib kelinadigan kun u zot subh namozini o‘qidilar, so‘ng (hech kim bilan gaplashmay) kiyimlariga o‘ranib oldilar. So‘ngra elchi Hasan Qahtaba pulni olib kelib, huzurlariga kirdi, lekin u bilan gaplashmadilar. U kishining huzurlaridagilardan biri: «O‘zi biz bilan ham onda-sonda gaplashadilar», dedi. Shunda elchi: «Mana bu pullarni xaltachaga solib, uyning bir chekkasiga qo‘yib qo‘yinglar», dedi. Keyin Abu Hanifa (r.a.) o‘g‘illariga uydagi mol-mulklari xususida vasiyat qilar ekanlar: «Men o‘lsam, meni dafn qilganing zahoti bu o‘n ming dirhamni Hasan Qahtabaga olib borib ber va Abu Hanifaga qoldirib ketgan omonatingizni oling», deb ayt», dedilar. O‘g‘illari (Hammod): «Men otam aytganlarini bajardim. Shunda Hasan: "Alloh otangizni rahmat qilsin, u kishi dinlariga juda xasis edilar», dedi». Rivoyat qilinishicha, u kishi qozilik mansabiga taklif qilinganlarida: «Men bu vazifaga loyiq emasman», dedilar. Yolg‘on aytyapsiz, degandek, «Nima uchun?» deyishdi. Shunda u kishi: «Agar rostgo‘y bo‘lsam, haqiqatdan qozilikka yaramayman. Agar (sizlar o‘ylayotgandek) yolg‘on so‘zlayotgan bo‘lsam, yolg‘onchi qozilikka yaramaydi», dedilar. U kishining oxirat yo‘lini, din ishlarini va Alloh taoloni tanishlariga dunyodagi zuhdlar va Alloh taolodan qattiq qo‘rqishlari dalolat qiladi. Ibn Jurayj (r.a.): «Menga sizlarning Kufangizdagi No‘’mon ibn Sobitning Alloh taolodan qattiq qo‘rquvchi ekani xabari keldi», deganlar. Sharik an-Naxa’iy (r.a.): «Abu Hanifa (r.a.) uzoq sukunatli, doimiy tafakkurda bo‘lgan va odamlar bilan kam so‘zlashuvchi kishi edi», deganlar. Ushbu sifatlar u kishining botiniy ilmiga va din hikmatlari bilan mashg‘ul bo‘lganlariga ravshan alomatdir. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling