Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi bob Omma mahmud hisoblagan, ammo mahmud bo‘lmagan ilmlar haqida
- Mazmum bo‘lgan ilmni yomonlash illatining bayoni
www.ziyouz.com kutubxonasi
48 Kimga sokinlik va zuhd berilgan bo‘lsa, demak unga ilmning barchasi berilibdi. Ushbu aytilganlar uch buyuk imomning holatlaridan bir parchadir. Ammo Imom Ahmad ibn Hanbal va Sufyon Savriyga (r.a.) ergashuvchilar u uch imomga ergashuvchilardan ozdir. Sufyonning tobe’lari Ahmad ibn Hanbalnikidan ham ozroq. Lekin u ikkovlarining taqvo va zuhd bilan mashhurliklari barchaga ma’lum. Bu kitob u ikki zotning so‘zlari va amallari hikoyasiga to‘la. Shuning uchun hozir buni yoritib o‘tirishga hojat yo‘q. Endi sen uch imomning siyratiga boq, ularning holatlari, so‘zlari va dunyodan yuz o‘girib, qilgan ishlarini, Alloh taolo uchun har narsadan o‘zlarini xalos etganlarini taammul qil. Fiqhning far’iy juz’lari bo‘lgan salam, ijara, zihor, iylo’, li’on ilmlarini bilishning o‘zigina beradimi yoki undan oliyroq va sharafliroq boshqa ilmmi?! Sen ushbu imomlarga iqtido qilganlik da’vosidagilarga nazar tashla, ular da’volarida sodiqmi, yo‘qmi?! Uchinchi bob Omma mahmud hisoblagan, ammo mahmud bo‘lmagan ilmlar haqida Ushbu bobda ayrim ilmlarning gohida mazmum (qoralangan) bo‘lishi, fiqh, tavhid, tazkir va hikmat kabi ilmlar nomlarining o‘zgarishi, shar’iy ilmlarning mahmud va mazmum bo‘lgani miqdori bayon etiladi. Mazmum bo‘lgan ilmni yomonlash illatining bayoni Ehtimol sen: «Narsa qanday bo‘lsa, uni shundayligicha bilmoq, tanimoq ilmdir. Va u Alloh taoloning sifatlaridan biridir. Endi qanday qilib, narsa ilm, shu bilan birga, yana mazmum ham bo‘ladi», deyishing mumkin. Bilgilki, aynan ilmning o‘zi qoralanmaydi, balki uchta sababning biri tufayli bandalar qoralanadi. Birinchi sabab – ilm o‘z sohibini yoki boshqalarni qandaydir zararga olib borishi. Masalan, sehr va tilsim ilmlari, haq bo‘lsa-da, shu sabab tufayli yomonlanadi. Zero, Qur’oni karim sehrning borligiga guvohlik bergan. U erxotin o‘rtasini ajratib yuborishga sababdir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ham sehr qilinganlar 77 va u sababli kasal bo‘lganlar. Bu haqda Jabroil (a.s.) Payg‘ambarimizga xabar bergan va u zot quduq tagidagi toshdan sehrni chiqarganlar. Sehr inson javharlarining xosiyatlari va yulduzlarning chiqishlarini hisob-kitob qilish orqali o‘rganiladigan ilmdir. Xosiyatlari ma’lum bo‘lgan javhardan sehr qilinadigan shaxsning shakli yasaladi va ma’lum yulduzlarning vaqti ko‘rib turiladi. Yulduzlar chiqishi bilan shariatga zid, kufr va fahsh so‘zlar o‘qiladi. Shu duo tufayli shaytonlardan yordam so‘raladi. Natijada Alloh taoloning joriy odati bilan sehr kishida g‘ayri oddiy holatlarni yuzaga keltiradi. Sehr ushbu sabablarni o‘rganish jihatidan mazmum emas, balki uni ishlatish faqat xalqqa zarar yetkazgani uchun yomondir. Yomonlikka vosita bo‘lgan narsa ham yomon sanaladi. Ilmning mazmum bo‘lishiga shu narsalar sabab bo‘ladi. 77. Muttafaqun alayh. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 49 Bir odam Allohning bir valiyini o‘ldirish uchun quvayotgan bo‘lsa, u valiy pana joyga yashirinib olsa, zolim uning yashiringan joyini so‘rasa, aytib berish joiz emas. Balki aldash vojibdir. Uning yashiringan joyini aytish zararga olib borgani uchun mazmumdir. Ikkinchi sabab – ilm o‘z sohibiga (foydadan ko‘ra) ko‘proq zararli bo‘lishi. Masalan, nujum – yulduzlar ilmi. Bu ilmning ham aynan o‘zi mazmum emas. Nujum ilmi ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qism hisob-kitob ilmi. Binobarin, Qur’oni karim oy va quyoshning sayr qilishi hisob-kitobli ekanini so‘zlagan. Alloh taolo: Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling