Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qalb oynasiga keling
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 1 Imom Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G‘azzoliy IHYOU ULUMID-DIN (Din ilmlarini jonlantirish) Ilm kitobi Birinchi kitob Toshkent «Movarounnahr» Qalb oynasiga keling Parvardigorimiz Alloh taologa hamdu sanolar aytamiz, payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga, u zotning ahliga, sahobalariga va ularga qiyomatgacha go‘zal suratda ergashganlarga salovot va salomlar yo‘llaymiz. Assalomu alaykum, aziz O‘quvchi! Sizga taqdim etilayotgan ushbu kitob Islom olamida mashhur va mo‘’tabar manbalardan sanaladi. Buni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. Musulmon xalqimiz orasida Imom G‘azzoliyning nomlarini, u zotning «Ihyou ulumid-din» asarlarini eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Lekin, afsuski, ba’zi bir parcha tarjimalarni, og‘izlarda yurgan rivoyatlarni aytmaganda, «Ihyo»dan bexabarmiz. Alloh taologa yana ming bor hamdu sanolar aytamizki, ana shu mashhur, ammo notanish asar bugun o‘zbek kitobxoniga o‘zbek tilida taqdim etilayotir. Bu katta ishning boshida yurtimizning muborak ilm dargohlaridan biri – Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti ahli turibdi. Kitobning tarjimonlari – shu dargohning mudarrislaridir. Imom Abu Homid G‘azzoliy ushbu kitoblarini «Ihyou ulumid-din» (ya’ni, din ilmlarini jonlantirish) deb nomladilar va u orqali zamonlar o‘tishi bilan tub ma’nosidan o‘zgacha anglashila boshlagan din ishi, ilmi, yo‘li asli qanaqa ekanini, payg‘ambarlar, salafi solihlar ularni qanday tushunishganini va hayotlariga qanday tadbiq etishganini bayon qilishni xohladilar. O‘zini komil musulmon, ulamo, taqvodor sanaydiganlar qarshisiga bir pallasi oyat, hadis, hikmat-asarlardan iborat adolat tarozisini qo‘ydilar va har kimga nafsini tortib ko‘rishni taklif etdilar. Yoki, mazkur muborak manbalar ila qalb holatini aks ettiruvchi bir oyna sayqallab, uni sirlar yashirinib yotgan qalblarga ro‘para qildilar. Shuning uchun ham «Ihyo»ni qo‘liga olgan odam o‘zgarib qolsa, ajablanish kerak emas. Uni o‘qigan kishi, so‘zsiz nafsini hisob-kitob qilishga tushadi, katta bilgan amallarining tarozida tosh bosmaganidan, pinhon tutgan sirlarining qalb oynasida oshkor bo‘lganidan sergak tortadi, fikrlari ostun-ustun bo‘lib ketadi. Favqulodda go‘zal so‘zlar, chuqur mulohazalar, shafqatsiz haqiqatlar ta’sirida o‘zi bilan, gunohlari bilan ovora bo‘lib qoladi. Nazarini poklaydi, qalbiga sayqal beradi, niyatini o‘nglaydi. Faqat buguni yoki ertasi uchun emas, oxirati uchun ham astoydil qayg‘urishga tushadi. «Ihyo»ni o‘qigan va uning so‘zini uqqan har bir o‘quvchi-uquvchi shu holni boshidan kechiradi. Ammo, oldindan aytib qo‘yishimiz kerakki, «Ihyo»ni o‘qish ham, uqish ham oson ish emas, u ravon o‘qiladigan, tez tushuniladigan kitoblar sirasiga kirmaydi «Ihyo»ni o‘qishga kirishayotgan o‘quvchi fikrlar sahrosini kezib, bayonlar cho‘qqisini oshib, masalalar ummonidan suzib o‘tishga o‘zini hozirlashi lozim. Aks holda mutolaa so‘ngiga yetmay to‘xtashi, Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling