Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
127 Hasan Basriy (r.a.) so‘zlari nabiylarning so‘ziga o‘xshagan, hidoyatda sahobalarga eng yaqin inson edilar. Bu haqdagi kalimalar bir-biriga ixtilof qilmaydi. U zotning ko‘p gaplari qalb xavotiri, amallar fasodi, nafslar vasvasasi, noaniq-maxfiy sifatlar hamda shahvatlar haqida edi. U kishiga: «Ey Abu Said! Siz shunday gaplarni so‘zlaysizki, biz uni sizdan boshqasidan eshitmaymiz. Siz qaerdan olib gapirasiz?» deyishganda, «Huzayfa ibn Yamondan», dedilar. So‘ng Huzayfa ibn Yamonga ham borib: «Siz shunday gaplarni gapirasizki, biz uni boshqa sahobadan eshitmaymiz. Siz u gaplarni qaerdan olasiz?» deyishdi. Shunda u zot: «Rasululloh meni shu xislat bilan xoslaganlar. Insonlar yaxshilik to‘g‘risida so‘rashardi, men esa, yomonlikka tushib qolmaslik uchun u haqda so‘rar edim. Bilardimki, yaxshilikning ilmi mendan o‘zib ketmas edi», 182 dedilar. Bir safar: «Kim yomonlikni anglamasa, yaxshilikni ham anglamaydi», deganlar. Boshqa rivoyatda aytganlarki: «Odamlar: «Ey Rasululloh, bunday-bunday qilsa nima bo‘ladi?» deb fazilatli amallar to‘g‘risida so‘rashar edi. Men esa: «Bunday-bunday qilsa, nima fasod bo‘ladi?» deb so‘rar edim. Qachon u zotni ko‘rsam, yomonlik haqida so‘raverganimdan, meni shu ilmga xoslab qo‘ydilar». Bundan tashqari, Huzayfa ibn Yamon (r.a.) munofiqlarni biluvchi ilm bilan ham xoslangan edilar. Fitnalarning nozik sabablarini, nifoq ilmini bilishda yagona edilar. Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon va boshqa katta sahobalar ham umumiy va xususiy fitnalar haqida u zotdan so‘rashar edi. Munofiqlar haqida so‘rashsa, ularning nechtasi qolgani xabar berar, ammo ismlarini aytmas edilar. Umar (r.a.) o‘zlarida nifoqdan biror narsa bor-yo‘qligini so‘raganlarida, Huzayfa (r.a.) u zotning bu illatdan pok ekanliklarini aytganlar. 182. Hadisni tekshirib ko‘rish kerak. Umar (r.a.) janoza namozi o‘qimoqchi bo‘lsalar, ortlariga qarar edilar. Agar Huzayfa (r.a.) hozir bo‘lsalar, o‘qir edilar. Hozir bo‘lmasalar, o‘sha janozani tark qilardilar. Shuning uchun Huzayfa ibn Yamon «Sir sohibi» deb nom olgan edilar. Qalb o‘rinlari va holatlariga ahamiyat berish ham oxirat ulamolari alomatlaridandir. Chunki qalb Allohning qurbatiga yetaklovchi narsa. Bu fan hozir g‘arib bo‘lib, siyqasi chiqib ketdi. Agar olim mana shu narsalardan birortasiga ro‘baro‘ kelsa, ajablanib undan uzoqlashadi. Va, bu zikr qiluvchilar bezagi, deydi. «Haqiqat qaerda?» deyilsa, ular, nozik tortishuvlarda, deyishadi. Quyidagi she’rni kim aytgan bo‘lsa ham, rost aytgan: Yo‘llar ko‘pdir, haq yo‘l esa yagonadir, Ana shu tanho yo‘lda soliklar ravonadir. Ularni tanishmaydi, maqsadin bilishmaydi, Soliklar maqsad sari tinimsiz odimlaydi. Ularning maqsadidan kishilar g‘aflatdadir, Odamlarning ko‘plari haq yo‘ldan g‘urbatdadir. Ko‘pincha kishilar yengil va tabiatlariga mos narsaga moyil bo‘lishadi. Chunki haqiqat achchiqdir. Unda turish juda qiyin, idrok qilish murakkab, yo‘li esa, o‘nqir-cho‘nqirdir. Xususan, qalb sifatlarini tanish va uni yomon xulqlardan tozalash masalasida. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling