Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
132 Xudriy: «Allohga qasamki, men bilgan narsada hech qanaqa yaxshilik yo‘q. Allohga qasamki, bugundan boshlab orqangda namoz o‘qimayman!» dedilar. Marvonning ishini inkor qilganlariga sabab, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hayit va istisqo namozlarining xutbasida minbarga emas, kamon yoki hassalariga suyanar edilar. 186 Mashhur hadisda: «Kim dinimizga bir yangilik olib kelsa, u rad qilingandir», 187 deyilgan. Boshqa bir xabarda kelishicha Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): «Kim ummatimni aldasa, unga Allohning, farishtalarning, kishilarning la’nati bo‘lsin», deganlar. Shunda: «Ey Rasululloh, ummatingizni aldash qanday bo‘ladi?» deb so‘rashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Bir bid’atni chiqarib, uni insonlarga yuklash», 188 dedilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yana aytadilar: «Har kuni Allohning maloikalari, kim Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sunnatlariga xilof qilsa, u zotning shafoatlaridan benasib qoladi, deb nido qiladi». 186. Tabaroniy Barodan rivoyat qilgan. Bu rivoyatda «istisqo» so‘zi yo‘qdir Alboniy «Zaiful jome’» kitobida zikr qilgan. 187. Muttafaqun alayh. 188. Doraqutniy Anasdan (r.a.) juda zaif sanad ila rivoyat qilgan. Sunnatga qarshi chiqib, dinda yangilik yaratgan kishi bilan boshqa bir gunoh qilgan kishining farqi davlat boshqaruvida turib, podshohga osiylik qilgan odam bilan muayyan xizmatlardagi buyruqlariga xilof bo‘lgan xizmatchining farqi kabidir. Chunki xilof qilganning gunohi kechirilur, ammo davlat boshqaruvida turganning gunohi kechirilmas. Ba’zi ulamolar: «Salaflar gapirgan narsada sukut qilish jafo, sukut qilgan narsada gapirish takallufdir», deb aytishgan. Ba’zilar esa: «Haq og‘irdir. Undan o‘zib ketish zulm. Unga yetisha olmaslik ojizlikdir. U bilan birga to‘xtab turish kifoya qiladi», deb aytishadi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «O‘rtacha yo‘lni tutinglar. U shunday yo‘lki, balandlab ketganlar, orqaga qaytadi. Pastdagilar esa, unga ko‘tariladi», 190 deganlar. Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Zalolatga nisbatan uning ahli qalbida halovati bor. Bunga misol Alloh taoloning: Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling