Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
Yettinchi bob
Aql, uning sharafi, haqiqati hamda qismlari Aqlning sharafi bayonida Bilgilki, aqlning musharrafligini ko‘rsatishda takalluf etishga ehtiyoj yo‘q. Xususan, ilmning sharafi aql tomonidan ko‘rsatib berilgan, aql ilmning manbai, matla’i va asosi ekani izhor qilingan. Ilm aqlda daraxtdagi meva, quyoshdagi ziyo va ko‘zdagi nur o‘rnida yuradi. Dunyo va oxirat saodatiga vasila bo‘luvchi narsa qanday qilib sharafli bo‘lmasin? Bo‘lgani holda hayvon insondan hayiqib turgan ekan, nega aqlning sharafi to‘g‘risida gumon qilinadi? Hatto ulkan jasadli, qonxo‘r va vahshiy hayvon ham inson suratini ko‘rganida, undagi ustunlikni, o‘zining hiylasini idrok etishini sezgani uchun hayiqadi, qo‘rqadi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Shayxning (keksa odamning) qavmidagi o‘rni payg‘ambarning ummati orasidagi o‘rnidekdir”, 191 deganlarida, uning moli ko‘pligini, shaxsi ulug‘ligini yoki quvvati ziyodaligini e’tiborda tutmaganlar. Balki aqlining samarasi bo‘lmish tajribasini aytganlar. Shuning uchun ham turklar, kurdlar, madaniyatsiz arablar va boshqa xalqlar darajalari yovvoyilikka yaqin bo‘lsa-da, keksalarni hurmat qilishadi. Ko‘pgina qaysarlar Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) o‘ldirishni qasd qilgan paytlarida, ko‘zlari ul zotga tushib, muborak chehralarida nabuvvat nurining Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 135 yarqirashidan qo‘rqib ketishgan edi. Garchi bu hol aql botin bo‘lganidek, nafslarida yashirin bo‘lsa-da. Aqlning sharafi zaruratan idrok etiladi. Quyida uning zikrida vorid bo‘lgan xabar va oyatlarni keltirish niyatimiz bor. 191. Ibn Hibbon Ibn Umar va Abu Mansurlardan, Daylamiy Abu Rofe’dan zaif sanad ila rivoyat qilgan. Alloh uni o‘z kalomida «nur» deb nomladi: Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling