Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Aqlning haqiqati va qismlari bayonida
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
Aqlning haqiqati va qismlari bayonida Bilgilki, odamlar aqlning haddi va haqiqatida farqlanadilar. Ko‘pchilik umuman bu nomning (ya’ni, aqlning) turli ma’nolarda ishlatilishidan bexabar. Shu narsa, ularning Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 138 ixtiloflariga sabab bo‘lgandir. Bu xususda haqiqat shuki, ko‘z bir necha ma’noga ishlatilgani kabi, aql ham to‘rt ma’noga mushtarak ishlatiladigan lafzdir. Bir ma’noni boshqasining doirasiga kiritish mumkin emas. Balki har biri alohida qism. Demak, birinchisi, u insonni hayvonlardan ajratib turadigan sifatdir. U bilan inson nazariy ilmlarni qabul qilishga, yashirin, fikriy sanoatlarni tadbir etishga tayyor bo‘ladi. Horis ibn Asad Muhosibiy iroda etgan ma’no shudir. U zot aqlning chegarasi haqida deydilar: «U nazariy ilmlarni idrok etishga tayyorlaydigan g‘arizadir. Va u qalbga kirgan nurdirki, u bilan ashyolarni idrok etishga hozirlik ko‘riladi». Bu narsani inkor etgan va aqlni zaruriy ilmlarni bilish bilangina cheklagan kishi insof qilmabdi. Chunki ilmsizlarni yoki uxlab yotgan odamni, garchi ilmlari bo‘lmasa ham, ana shu g‘ariza e’tibori bilan oqil deyiladi». Hayot jismni ixtiyoriy harakatlar va hissiy idroklar uchun tayyorlaydigan g‘ariza bo‘lgani kabi, aql ham ayrim maxluqotlarni nazariy ilmlarga tayyorlaydigan g‘arizadir. Agar inson bilan eshakni g‘ariza va hissiy idroklarida tenglash joiz bo‘lganida va, ularning o‘rtasida hech qanday farq yo‘q, illo Alloh taolo odat ijrosi hukmiga binoan insonda ilmlarni xalq qildi, eshak va boshqa hayvonlarda ularni yaratmadi, deyiladigan bo‘lsa, hayotiylik borasida eshak bilan jamodot-jonsiz narsalarni ham tenglasa bo‘lardi va, bularning o‘rtasida hech qanday farq yo‘q, illo Alloh azza va jalla odat ijrosi hukmiga binoan eshakda maxsus harakatlar yaratgan, deyilaveradi. Chunki eshak jonsiz narsa hisoblansa, undagi hamma harakatni Alloh subhonahu va taolo ma’lum tartibda yaratishga qodirdir, deb aytish vojib bo‘lar edi. Aytish kerakki, eshakning jamodotdan farqi hayot deb nomlanmish xos g‘ariza bilandir, shuning kabi inson ham nazariy ilmlarni idrok etishda hayvondan aql deya atalmish maxsus g‘ariza bilan farqlanadi. Aql surat va ranglarni aks ettirishda boshqa jismlardan farqli bo‘lgan yaltiroq oynaga o‘xshaydi. Shuningdek, ko‘rishga yaratilgan sifat va hay’atida ko‘z peshonadan farqlanadi. Demak, insondagi ilmlarga bo‘lgan aql g‘arizasi nisbati ko‘zning ko‘rishga bo‘lgan nisbati kabidir. Qur’on va shariatning aql g‘arizasini ilmlar inkishofiga yetaklashdagi o‘rni quyosh nurining ko‘zga zarurati kabidir. Bu g‘arizani ana shunday tushunishimiz lozim bo‘ladi. (Ya’ni, ko‘z tevarak-atrofni ko‘rish uchun quyosh nuriga qanchalik muhtoj bo‘lsa, aql ham ilm hosil qilishda Qur’on va shariatga shunchalik muhtojdir. – Tarj.) Aqlning ikkinchi ma’nosi tamizli (ajrata oladigan) go‘dak misolidagi ilmlardir, u bilan joiz narsalar joiz, mahol narsalar mahol bilinadi. Bunga misol ikki birdan ko‘p ekanini, kishi bir vaqtning o‘zida ikkita yerda bo‘lolmasligini bilishdir. Ba’zi mutakallimlar aql doirasi haqida gapirganda, shuni nazarda tutishgan. Aql zaruriy ilmlarning bir qismidir. Joiz narsalarni joiz, mahol narsalarni mahol bilish kabi. Va u yana aslida durust, chunki bu ilmlar mavjuddir. Zohir ham aql deb nomlanadi. Ammo bu g‘arizani inkor etish, faqatgina ana shu ilmlar mavjud deyish fosidlikdir. Uchinchisi holatlar jarayoniga qarab hosil bo‘lgan tajribalardan istifoda etilgan ilmdir. Kimki tajribalar bilan toblansa, fikr-qarashlar bilan tarbiyalansa, u odatda oqil deyiladi. Kim bu sifat bilan sifatlanmasa, befahm, kaltabin va johildir. Bu hol ham ilmlardan Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling