Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
139 boshqa bir nav bo‘lib, aql deya nomlanadi. To‘rtinchisi g‘arizaning quvvati ishlarning oqibatini bilishga yetaklaydi, bir zumlik lazzatga chaqiruvchi shahvatni mahv eta oladi. Agar aqlda mana shu quvvat hosil bo‘lsa, uning egasi oqil deb nomlanadi. Kishining bir ishga kirishishi yoki tiyilishi uning oqibatini o‘ylab, fikr qilish ila bo‘ladi, bir zumlik lazzat hukmi bilan emas. Bu ham insonni hayvonlardan ajratib turadigan xususiyatlardandir. Demak, birinchi qism asos, ildiz va manbadir. Ikkinchisi unga yaqin tarmoqdir. Uchinchi qism birinchi va ikkinchining tarmog‘idir. To‘rtinchisi bo‘lsa, oxirgi samaradir va mana shu oliy maqsaddir. Qismlarning oldingi ikkisi tabiatan bo‘lib, qolgan ikkisi kasb bilan hosil qilinadi. Shuning uchun ham Ali (karramallohu vajhahu) bunday deganlar: «Aqlni ikki xil bildim: biri tabiiy, biri kasbiy. Tabiiy aql bo‘lmasa, kasb qilingani foyda bermaydi. Xuddi ko‘r ko‘zga quyosh foyda bermagani kabi». Payg‘ambarning (sollallohu alayhi vasallam): «Alloh azza va jalla aqldan ko‘ra ikromliroq xalqni yaratmadi», 206 degan so‘zlarida iroda qilingani tabiiy aqldir. Kasb qilingani esa quyidagi ko‘rsatmalarida iroda etilgan: «Odamlar yaxshilik va solih amallar eshiklariga yaqinlashsa, sen aqling bilan qurbat hosil qil». 207 Bu ma’no Nabiyning (sollallohu alayhi vasallam) Abu Dardoga (r.a.) bergan ushbu maslahatlarida ham anglashiladi. U zot: «Aqlingni oshir, Rabbingga yaqinliging oshadi», dedilar. Abu Dardo: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, buni qanday qilaman?» deb so‘raganlarida, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) shunday javob berdilar: «Alloh taoloning haromlaridan saqlan va farzlarini ado et, oqil bo‘lasan. Amallarning solihlarini qil, o‘tkinchi dunyoda daraja va hurmating ziyoda bo‘ladi, kelajak oxiratda esa, u bilan Rabbing azza va jalla huzurida qurbat va izzatga yetishasan». 208 Said ibn Musayyabdan rivoyat etiladi: «Umar, Ubay ibn Ka’b va Abu Hurayra (roziyallohu anhum) Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga kirishdi va: «Yo Rasululloh, odamlarning olimi kim?» deb so‘rashdi. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam): «Oqil», dedilar. «Odamlarning obidi kim?» deb so‘rashdi. «Oqil», dedilar. «Odamlarning afzali kim?» deb so‘rashganida ham: «Oqil», dedilar. So‘ng: «Oqil – muruvvati komil, fasohati zohir, qo‘li ochiq va darajasi ulug‘ bo‘lgan kishi emasmi?» deyishganida, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling