Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
«Zero, ko‘zlar ko‘r bo‘lmas, balki ko‘kraklardagi ko‘ngillar ko‘r bo‘lur» (Haj
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xullas, «aql» so‘zi mazkur ma’nolarda ishlatiladi. Odamlarning aqlda farqlanishi bayoni
«Zero, ko‘zlar ko‘r bo‘lmas, balki ko‘kraklardagi ko‘ngillar ko‘r bo‘lur» (Haj
surasi, 46-oyat); «Kimki bu dunyoda ko‘r-gumroh ekan, bas, u oxiratda ham ko‘r va butunlay yo‘ldan ozguvchidir» (Isro surasi, 72-oyat). Bu ishlarning ba’zisi payg‘ambarlarga ko‘z bilan, ba’zisi basirat bilan kashf bo‘lgan. Ammo barchasini ham ko‘rish deya atalaveradi. Umuman, kimning botiniy basirati o‘tkir bo‘lmasa, u dinning faqat po‘stini va suratini ko‘ribdi, mag‘zi va haqiqatiga yetishish unga yo‘l bo‘lsin. Xullas, «aql» so‘zi mazkur ma’nolarda ishlatiladi. Odamlarning aqlda farqlanishi bayoni Aqllilik borasida odamlar bir-biridan farq qiladi. Tahsili kam kishi bilan gaplashishdan ma’no yo‘qdir. Balki afzali va muhimi haqiqatni tezlik bilan ochiq aytishdir. Bu to‘g‘rida ravshan haqiqat shuki, albatta tafovut ikkinchisidan boshqa uchala qismga Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 142 ham tegishlidir. Ikkinchi qism joizni joiz, maholni mahol qilish bo‘lgan zaruriy ilm edi. Chunki kim ikkini birdan ko‘pligini bilsa, jismning bir paytda ikki makonda bo‘lolmasligini, bir narsaning ham qadim, ham hodis (yangi paydo bo‘lgan) bo‘lishi maholligini, shuningdek, uning boshqa o‘xshashlarini va idrok etilgan hamma narsani beshak, muhaqqaq bo‘lishini biladi. Ammo uchta qismda tafovut mavjuddir. To‘rtinchi qismga kelsak, u shahvatlarni yengishda quvvatning egallashidir. Bu to‘g‘rida odamlarning farqlanishi sir emas. Hatto, bitta shaxsning holatlarida ham tafovut ko‘rinadi. Bu xilma-xillik ba’zan shahvatning tafovutiga qarab bo‘ladi. Zero, ba’zi shahvatlardan boshqalarini tark etishga oqil kishining kuchi yetadi. Lekin bu gap nisbiydir. Masalan, yosh yigit o‘zini zinodan saqlay olmasligi mumkin. Yoshi ulg‘ayib, aqli to‘lsa, nafsini tiya oladi. Riyo va mansab shahvati esa, katta bo‘lgan bilan zaiflashmaydi, balki ziyoda bo‘ladi. Bunga shahvat ofatini bildiruvchi ilmdagi tafovut sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tabib ba’zi zararli taomlardan saqlana oladi, ammo, aqlda unga teng bo‘lgan, lekin tib ilmidan bexabar kishi zararli deb ishonsa ham. saqlanishga qodir bo‘lmaydi. Tabibning ilmi qancha mukammal bo‘lsa, xavfi ham shuncha qattiq bo‘ladi. Xavf aqlning qo‘shini, shahvatlarni so‘ndirish va tindirish qurolidir. Shuningdek, olim kishi gunohlarning zararini kuchli bilgani tufayli gunohlarni tark etishga johildan ko‘ra qodirroqdir. Men bu o‘rinda haqiqiy olimni nazarda tutmoqdaman, ko‘k choponli arbob yoki befarosat kishini emas. Garchi shahvat jihatidagi ilmga tegishli bo‘lsa-da, biz bu xil ilmni ham aql deya nomladik. Chunki u aql g‘arizasini quvvatlantiradi. Tafovut uni jamlashdadir. Bu esa aql g‘arizasidagi tafovutning o‘zi bilan ham bo‘lishi mumkin. Chunki aql kuchaysa, o‘z-o‘zidan shahvatni so‘ndirish ham tezlashadi. Uchinchi qism esa, tajribalar ilmlaridir. Bu to‘g‘rida odamlarning tafovutini inkor etish mumkinmas. Chunki ular isobaning (mo‘ljalga urish) ko‘pligi va idrokning tezligida farqlanadilar. Buning sababi yo g‘arizadagi, yo shug‘ullanishdagi tafovutdan bo‘ladi. Birinchisi bo‘lsa, u asl, ya’ni, g‘arizadir. Bundagi tafovutni inkor etishga umuman yo‘l yo‘q. Chunki u nafsni yoritayotgan, uni tongga olib chiqayotgan nur misolidir. Uning yoritish asoslari tamiz yoshida bo‘ladi. So‘ng yashirin tezlikda o‘sib ziyoda bo‘lib, to qirqqa kirguncha kamolga yetib boradi. Buning misoli quyoshning chiqishiga o‘xshaydi. Chunki tongda hali g‘ira-shira, nuri kam bo‘ladi. Keyin asta ziyodalashib, tik kelganida mukammallik kasb etadi. Basirat nurining farqi ko‘rish nurining tafovuti kabidir. Ko‘zi xira odam bilan ko‘zi o‘tkir odam o‘rtasidagi farq ma’lum. Alloh azza va jallaning barcha maxluqotidagi sunnati yaratishdagi tadrijiylikdir. Hatto shahvat g‘arizasi balog‘at yoshidagi bolada birdaniga zohir bo‘lib qolmaydi, balki sekin-asta, tadrijiy ravishda paydo bo‘ladi. Barcha kuch va sifatlar ham shundaydir. Odamlarning g‘arizadagi bu tafovutini inkor etgan kishi aql nazoratidan bebahra odam kabidir. Kim Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam)ning aqllari oddiy xalqning, sahroyi badaviyning aqlidek desa, uning o‘zi qora xalqdan tubanroqdir. G‘ariza tafovutini qanday inkor qilish mumkin?! Agar aql g‘arizasi bo‘lmaganida ilm o‘rganishda odamlar farqlanmasdi, aytilgan gapni ming mashaqqat bilan tushunadigan befahmlar, sal turtki bilan anglab oladigan zakiylar, hech bir ta’limsiz ruhida haqiqat paydo bo‘ladigan komil insonlar ham bilinmasdi. Bu hol Alloh taolo aytganidek: Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling