Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
«Uning moyi (tiniq, musaffoligidan) garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni)
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
«Uning moyi (tiniq, musaffoligidan) garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni)
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 143 yoritib yuborgudek. (olov tekkach esa) nur ustiga nur (bo‘lur)» (Nur surasi, 35- oyat). Hech bir ta’limsiz komillikka erishganlar payg‘ambarlardir. Zero, ularning botinlarida tushunarsiz ishlar hech bir ta’lim va eshitishsiz ma’lum bo‘laveradi. Buni ilhom deb ataladi. Bunga o‘xshash holat haqida Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) shunday deydilar: «Albatta Ruhul quddus ongimga dam urib: «Xohlaganingizni yaxshi ko‘ring, albatta, undan ajratasiz, xohlaganingizcha yashang, albatta, o‘lursiz. Xohlaganingizcha amal qiling, unga qarab jazo-mukofot olasiz», dedi». 211 Maloikalarning payg‘ambarlarga bu tarzda o‘rgatishlari quloq bilan ovozni eshititadigan, so‘z vositasi bilan malakni ko‘rinadigan bo‘lgan ravshan vahiy kabi emas. Buning uchun bu haqda «ongga dam urish» deya xabar berganlar. Vahiyning darajalari esa ko‘pdir. Bu mavzuga chuqur kirishish muomala ilmiga munosib emas, balki u mukoshafa ilmidandir. 211. Sheroziy «Alqob» kitobida, Tabaroniy «Asg‘or va Avsat» nomli kitobida rivoyat qilishgan. Ikkoviniki ham zaifdir. Vahiyning darajalarini bilish vahiy holatini keltirib chiqaradi, deb o‘ylama. Zero, tabib kasalga tansihatlik darajalarini o‘rgatib, olim fosiqqa adolat darajalarini ta’lim berib haqiqatdan yiroq emasdir. Demak, ilm bir narsa bo‘lsa, ma’lum qilingan narsa boshqa bir narsadir. Payg‘ambarlik yoki valiylikni o‘rgangan haq bir kishi payg‘ambar yoki valiy bo‘lavermaydi. Taqvo, parhezkorlik va ularning sirlarini bilgan har bir kishi taqvodor bo‘la olmaydi. Odamlar turli xil, ba’zilari ko‘zi ochiq, fahm-farosatli, ayrimlari faqat tanbeh, ta’lim bilan anglaydi, ba’zilariga esa ta’lim ham, tanbeh ham kor qilmaydi. Bu xilma-xillik tuproq tarkibining har xil bo‘linishiga o‘xshaydi. Ya’ni, ba’zi yerlarda suv to‘planadi va so‘ng buloq bo‘lib oqib chiqadi, ayrim yerlarga ariq qazib, suv olib boriladi, ayrimlariga esa, suv borgan-bormaganining farqi yo‘q. Xuddi shuningdek, odamlar ham aql g‘arizasida farqlanadi. Aqllarning naql jihatidan tafovutiga Abdulloh ibn Salom rivoyat qilgan hadis dalolat etadi. Arshning ulkanligi vasf etilgan uzun hadisda Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Farishtalar: «Yo Rabbimiz, Arshdan ham ulkanroq narsa yaratganmisan?» deyishdi. U zot: «Ha, u aqldir», deya javob qildi. «Uning o‘lchovini nima bilan bilsa bo‘ladi?» deyishganida, Alloh: «Hayhot, uning ilmini ihota qilib bo‘lmas, sizlar qum sonini bilarmisizlar?» dedi. Ular: «Yo‘q», deya javob berishdi, Alloh shunday dedi: «Men aqlni qum adadicha turli-tuman qilib yaratdim. Odamlardan ba’zilariga bir dona-bir donadan berilgan bo‘lsa, ayrimlariga ikki dona berilgan, yana boshqalariga uch, to‘rt dona ato etilgan. Ulardan faraq miqdori, vasaq miqdori, va undan ham ko‘p berilganlari bor» dedi». 212 212. Ibn Mijbar mukammal holda va Termiziy qisqa holda rivoyat qilishgan. Agar, mutasavviflardan bir qavm nega aql va ma’qulni (aql yetgan narsani) mazammat etishadi, deb so‘rasang, bilgilki, buning sababi odamlar aql va ma’qulning ma’nosini mujodala va munozaraga ko‘chirganlaridir. Vaholanki, mujodala va munozara kalom san’ati edi. O‘zlari esa nomlashda xato qildingiz, deya uni isbotlashni eplolmadi. Demak, bu tillarda aylanib, qalblarda qaror topgandan keyin, aql va ma’qulni mazammat etdilar. Ularning nazdidagi ma’no shudir. Ammo Holiqni tanitadigan, payg‘ambarlarning haqligini bildiradigan botin basirat nurini Alloh taolo maqtab turgani holda, qanday qilib, uni qoralash mumkin?! Agar u mazammat etilsa, boshqa nimani maqtab bo‘ladi?! Agar shariat maqtalsa, uning durustligi nima bilan bilinadi? Ishonchsiz, yolg‘on aql bilan Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling