Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc


oxiratda ham yaxshilik ato et»


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/149
Sana18.10.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1707369
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   149
Bog'liq
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi

oxiratda ham yaxshilik ato et» (Baqara surasi, 201), oyatini shunday tafsir qiladilar: 
«Dunyodagi yaxshilik ilm va ibodat, oxiratdagisi esa, jannatdir». 
Bir donishmanddan: «Qaysi narsalarni jamlasam, yaxshi bo‘ladi?» deb so‘rashganida, 
«Kema halokatga uchraganda o‘zing bilan qoladigan narsani jamla», deb javob berdi. Bu 
bilan ilmni nazarda tutdi. 
Olimlardan biri aytadi: «Kim ilm va hikmatni qo‘liga yugan qilib ushlasa, odamlar uni 
o‘ziga imom qilib oladi. Kim ilmu hikmat bilan tanilsa, boshqalar unga hurmat bilan 
qaraydi». 
Imom Shofe’iy (r.a.) aytadilar: «Ilmdan nasibador kishilar ozgina olgan ilmiga xursand 
bo‘lib, birgina narsani unutganda xafa bo‘lishi ilmning sharafiga yetarli dalildir». 
Umar (r.a.) aytadilar: «Ey insonlar, ilm o‘rganinglar, Alloh taoloning huzurida Uning o‘zi 
sevgan bir libos bo‘lib, ilmning bir bobini o‘rgangan kishiga u libosni kiygizadi. Agar olim 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
bir gunoh qilsa, libos undan olinmasligi uchun, unga uch marta tanbeh beradi. Garchi, 
bu gunohi vafotigacha davom etsa ham (libos yechib olinmay, tanbeh berilaveradi)». 
Ahnaf ibn Qays (r.a.) aytadilar: «Olimlar ehtiromga loyiq buyuk insonlardir. Ilm bilan 
mustahkamlanmagan har qanday ulug‘likning oqibati xorlikdir». 
Salim ibn Abul Ja’d aytadilar: «Meni bir ulug‘ zot uch yuz dirhamga sotib olib, qullikdan 
ozod etdi. Shundan so‘ng men ilm o‘rganishga qaror qildim. Hech qancha vaqt 
o‘tmasdan, shahar amiri ziyoratimga keldi, men unga huzurimga kirishiga ruxsat 
bermadim». 
Zubayr ibn Abu Bakr aytadilar: «Otam Iroqdan menga yozgan bir maktubida shunday 
deb nasihat qilgan edi: «Ilm o‘rgan, zero, faqir chog‘ingda u mol, boy vaqtingda jamol – 
ziynatdir». 
Luqmon (a.s.) o‘g‘liga bunday nasihat qilganlar: «Ey o‘g‘lim, sen olimlar bilan o‘tir. 
Ularning orasiga kir, chunki Alloh taolo yerni osmon suvi bilan tiriltirgani kabi, qalblarni 
hikmat nuri bilan tiriltiradi». 
Hukamolardan biri aytadi: «Agar olim kishi vafot etsa, uning vafotiga suvdagi baliqlar, 
osmondagi qushlar yig‘laydi. Uning jismi yo‘q bo‘lsa-da, chiroyli zikri nomi 
unutilmaydi». 
Zuhriy aytadilar: «Ilm mardlikdir. Uni faqat mard erkaklar sevadi». 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling