Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
20 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Odam farzandi vafot etsa, undan barcha amali kesiladi. Faqat uch narsada unga to‘xtovsiz ajr yetib turadi. Bu uch narsadan biri foyda beruvchi ilmdir...». 54 53. Muttafaqun alayh 54. Imom Muslim Abu Hurayradan rivoyat qilgan. Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Xayrli ishga dalolat qiluvchi uni bajaruvchi kabidir». 55 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Hasad qilish durust emas, ammo ikki kishiga joizdir: Alloh taolo bergan ilmu hikmat asosida yashab, odamlarga ham uni o‘rgatgan kishiga va Alloh taolo molu dunyo berib, uni xayrga sarflaydigan qilib qo‘ygan kishiga». 56 Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam): «Mening xalifalarimga Allohning rahmati bo‘lsin», dedilar. U zotdan: «Xalifalaringiz kim?» deb so‘rashdi. «Sunnatimni tiriltirib, uni Allohning bandalariga o‘rgatgan zotlar», deb javob berdilar. 57 Ta’lim berish haqida Islom buyuklaridan ham ko‘pgina rivoyatlar bor. 55. Termiziy Anasdan (r.a.) rivoyat qilib, g‘arib degan. Lekin, Imom Muslim, Abu Dovud, Termiziylar Abu Mas’ud al-Badriydan qilgan bundan bir oz farqli boshqa bir hadisni sahih deyishgan. 56. Muttafaqun alayh 57. Ibn Abdulbar rivoyati. Umar (r.a.) aytadilar: «Kim bir hadisni aytsa, keyin unga odamlar amal qilishsa, uni aytgan odamga amal qilgan kishining ajri barobarida savob beriladi». Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Insonlarga yaxshilikni o‘rgatuvchi muallim haqqiga barcha narsalar, hatto dengizdagi baliqlar istig‘for aytadi». Olimlardan biri aytadi: «Olim Alloh bilan bandalar o‘rtasidadir. U o‘zining kimga vositachi ekanini unutmasin». Sufyon Savriy Asqalon shahriga kelib, bir muddat turdilar. Ammo biron inson kelib, u zotdan ilm so‘ramadi. Shunda aytdilar: «Menga ulov topib beringlar, ketaman. Bu yer ilm o‘ladigan shahar ekan». Bu gapni ta’lim berish fazilati va ta’lim berish bilangina ilm boqiy qolishi mumkinligini bilganlari uchun aytdilar. Ato (ibn Abu Raboh) aytadilar: «Men Said ibn Musayyab oldilariga kirsam, yig‘lab turgan ekanlar. «Nimaga yig‘layapsiz?!» deb so‘radim. «Mendan hech kim hech narsa so‘ramay qo‘ydi», deb javob berdilar». Ulug‘ zotlardan biri aytadi: «Olimlar zamona chiroqlaridir. Har bir olim zamonasining chirog‘i bo‘lib, o‘sha zamondagi kishilar ularning nuridan foydalanadi». Hasan Basriy aytadilar: «Olimlar bo‘lmaganida, insonlar chorva mollari kabi bo‘lib Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling