Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
Aqliy dalillar haqida
Bilgilki, bu bobdan ko‘zlangan maqsad ilmning fazilati va nafosatini bilishdir. Ammo «fazilat» so‘zining ma’nosi ayni o‘rnida tushunilmasa, uning nima maqsadda ilm yoki undan boshqa narsalarga sifat bo‘lib kelgani ham tushunilmaydi. Darhaqiqat, birovning hakimligi yoki hakim emasligini «hikmat» so‘zining ma’nosidan kelib chiqib anglashiladi. Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 22 «Fazilat» so‘zi ziyodalik ma’nosidagi «fazl» so‘zidan olingan. Agar ikki narsada bir xil sifat mavjud bo‘lib, birining sifati boshqasinikidan ko‘proq bo‘lsa, afzalroq, ziyodaroq, deyiladi. Bunda mazkur narsaning mukammalligiga dalolat qiluvchi ziyodalik miqdori ahamiyatli emas. Masalan, ot eshakdan afzal, deyilsa, ot bilan eshak yuk tashishda teng, ammo ot chopish, tez yurish va chiroyli suratda eshakdan ortiqroq, afzalroq ekani tushuniladi. Hatto birorta eshak otdan kattaroq bo‘lsa-da, u otdan afzal deyilmaydi. Chunki eshak jussada otdan kattaroq bo‘lgani bilan yuqoridagi ma’nolarda ustun emas va u mukammallikka dalolat qilmaydi. Shu singari, ilmning fazilati ham boshqa sifatlar bilan qiyoslanganda anglashiladi. Tez yugurishda ot eshakka nisbatan afzal sanalsa-da, u mutlaq fazilatli emas. Ilm esa aynan fazilatdir, boshqa narsaga qiyos qilinmaganida ham mutlaq afzal bo‘lib qolaveradi. Zero, ilm Alloh taoloning komil sifati, maloika va payg‘ambarlarning sharafidir. Bilgilki, nafis marg‘ub narsa uchga bo‘linadi: boshqa narsa u orqali yetiladigan, aynan o‘sha narsaning o‘ziga yetiladigan va o‘zidagi hamda boshqadagi narsaga barobar yetiladigan narsalar. «Aynan o‘zi istaladigan narsa» «boshqasiga u orqali yetishiladigan narsa»dan ustundir. «Boshqasiga u orqali yetishiladigan narsa»ni oltin va kumush misolida ko‘rish mumkin. Alloh taolo u ikkisini o‘zaro muomala vositasi qilib qo‘ymaganida, oddiy toshdan farqi bo‘lmas edi. «Aynan o‘zi istaladigan narsa» oxirat saodatiga erishish va Allohning jamolini ko‘rish lazzatidir. «Aynan o‘zi va boshqasi uchun istaladigan narsa» esa, badan salomatligidir. Chunki kishi maqsad-hojatlariga erishishi uchun ham, o‘zi uchun ham tan-joni salomat bo‘lishi kerak. Shu e’tibor bilan qarasak, ilm lazzatli va ayni talab qilinadigan narsa ekani, shuningdek, uning saodatga eltuvchi yo‘l va Allohga yaqinlashtiruvchi vosita ekani bilinadi. Odam farzandi yetishi mumkin bo‘lgan eng ulug‘ martaba, eng oliy daraja saodati abadiyadir. Demak, unga vasila bo‘ladigan narsa eng afzal narsa. Saodati abadiyaga ilm va amalsiz hargiz erishish mumkin emas. Amalga esa, qanday amal qilish ilmini bilmasdan erishish mahol. Dunyo va oxiratdagi saodatning asosi ilmdir. Shu jihatdan ilm amallarning eng afzalidir. Nega bunday bo‘lmasin?! Axir bir narsaning fazilati uning samarasi bilan bilinadi. Bildikki, ilmning samarasi olamlar Parvardigoriga qurbat hosil qilish va farishtalar darajasiga erishish ekan. Bu narsalar oxiratga oid ilmning foydalaridir. Ilmning dunyodagi manfaatlari esa, azizlik, viqor, hukmdorlarga so‘zi ta’sir qilishi va boshqalar tarafidan hurmatga sazovor bo‘lish kabilardir. Hattoki har bir millatning esi pastlari ham olimlarni ilmlari tufayli hurmat qiladi. Bu narsa ilmning mutlaq fazilatidir. Qolaversa, ilmlar ham bir-biridan fazilatda farq qiladi, bu haqda keyinroq to‘xtalamiz. Ta’lim berish va ta’lim olish fazilat ekani biz zikr etgan narsalarda ochiq ko‘rinib turgan ishdir. Zero, ilm eng afzal narsa bo‘lgach, uni o‘rganish va o‘rgatish ham afzal ish bo‘ladi. Buni quyidagicha bayon qilishimiz mumkin. Insonlarning g‘oyasi, maqsadi din va Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling