Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
O‘rganish farzi kifoya bo‘lgan ilmning bayoni
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
O‘rganish farzi kifoya bo‘lgan ilmning bayoni
Bilgilki, ilmlarning turlarini bilmasdan turib, ularning farz bo‘lgani va bo‘lmaganini ajratish mumkin emas. Bizning maqsadga ko‘ra, ilmlar shar’iy va noshar’iy qismlarga Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy www.ziyouz.com kutubxonasi 28 bo‘linadi. Shar’iy ilmlardan maqsad payg‘ambarlardan o‘rganilgan, hisob kabi aql bilan bilinmaydigan, tibbiyot kabi tajriba bilan hosil bo‘lmaydigan, til kabi eshitish bilan vujudga kelmaydigan ilmlar nazarda tutiladi. Shar’iy bo‘lmagan ilmlar mahmud (maqtalgan), mazmum (qoralangan), mubohga bo‘linadi. Mahmud ilmlar dunyo manfaatlari ularga bog‘langan ilmlardir. Masalan, hisob-kitob, tibbiyot. Bu qism ilmlarning o‘rganish farzi kifoya bo‘lganlari bor, farz bo‘lmasdan, fazilat sanalganlari bor. Farzi kifoya ilmlar dunyo ishlarini qoyim qilishga kerak bo‘ladigan ilmlardir. Masalan, tib ilmi inson jismining sog‘lom turishi uchun zarur, hisob-kitob ilmi esa, muomalalarda, merosu vasiyatlarning taqsimotida kerak bo‘ladi. Bu ilmlardan birortasi biror shaharda bo‘lmay qolsa, shahar ahlining barchasi gunohkor bo‘ladi. Agar uni bir kishi o‘rgansa, kifoya qilib, uni o‘rganish farzi qolganlardan soqit bo‘ladi. Tibbiyot va hisob-kitobni farzi kifoya degan so‘zimizdan ajablanmaslik kerak. Aslida, sanoatning boshqa sohalari - dehqonchilik, to‘qimachilik, siyosat ilmi, hattoki, qon olish kasbi va tikuvchilik ham farzi kifoyadir. Zero, bir mamlakatda qon oluvchi do‘xtir topilmasa, ular kasallikka yuz tutishlari turgan gap. Bu kasb yo‘qligi tufayli odamlar halok bo‘lsa, ularning barchalari gunohkor bo‘ladi. Zero, kasallikni bergan Zot uning da’vosini ham bergan va muolaja yo‘lini ko‘rsatgan, sabablarni hozirlab qo‘ygan. Bunga e’tibor qilmay, halokatga ro‘baro‘ bo‘lish joiz emas. Fazilat sanalgan ilmlarga hisob-kitobning daqiq jihatlari, tibbiyotning nozik qirralarini chuqur o‘rganish kiradi. Chunki farzi kifoya bo‘lgan ilmlarni nozik jihatlari bilan chuqur o‘rganish zarur ilmni ziyodasi bilan bilish, demakdir. Mazmum ilmlar sehr, tilsimot, ko‘z bog‘lash va talbis (bir narsani haqiqatidan boshqacha qilib ko‘rsatish) kabilardir. Muboh bo‘lgan ilmlarga esa, mubolag‘asiz yozilgan she’rlarni bilish, qadim tarix bilan shug‘ullanish va shu kabilar kiradi. Shar’iy ilmlarning barchasi mahmud-maqtalgandir. Gohida asli qoralangan, lekin shar’iy deb gumon qilingan ba’zi ilmlar shar’iy ilmlarga aralashib ketishi mumkin. Shuning uchun shar’iy ilmlarni ham maqtalgan va qoralangan qismlarga bo‘lamiz. Mahmud bo‘lgan shar’iy ilmlarning asoslari, qo‘shimchalari, muqaddimalari va to‘ldiruvchilari bor. Asos bo‘lgan ilmlar to‘rttadir: 1. Alloh taoloning kitobi. 2. Payg‘ambarning (sollallohu alayhi vasallam) sunnatlari. 3. Ummatning ijmo’si. 4. Sahobiylar asarlari. Ijmo’ sunnatga dalolat qilgani uchun asos ilm sanaladi. U uchinchi darajadagi asosdir. Sahobalarning so‘zlari ham sunnatga dalolat qilgani uchun asos ilmdir. Chunki sahobalar Qur’on nozil bo‘lishini ko‘zlari bilan ko‘rib turishgan, boshqalar idrok etmagan holatlarning shohidi bo‘lishgan. Ba’zan ko‘rish bilan idrok etilgan narsani so‘z bilan anglash mumkin bo‘lmaydi. Shu sababdan ulamolar sahobalarga iqtido qilish, ularning Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling