Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
33 Fiqh uch holati bilan sharaflidir. 1. Fiqh shar’iy ilm bo‘lib, u Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) istifoda qilingandir. Tib esa, shar’iy ilm emas. 2. Oxirat yo‘liga tushgan kishi xoh kasal, xoh sog‘lom bo‘lsin, fiqhdiga ishi tusha. Ammo tib ilmiga kasallargina muhtoj bo‘ladi, xolos. 3. Fiqh ilmi oxirat yo‘lidagi ilmga qo‘shnidir. Chunki u a’zolarning amaliga e’tibor beradi. A’zolar amallarining masdari esa, qalb sifatlaridir. Maqtalgan amallar oxiratda najot bo‘luvchi maqtalgan axloqlardan sodir bo‘ladi. Qoralangan amallar esa, qoralangan xulqlardan kelib chiqadi. A’zolarning qalb bilan bog‘liqligi ochiq ko‘rinib turgan narsa. Salomatlik va kasallik esa, mijozning pok-nopokligiga bog‘liq. U badanning sifatidir, qalb sifatlaridan emas. Fiqh tibga qanchalik bog‘lanmasin, baribir fiqhning sharafi zohir bo‘laveradi. Ammo oxirat yo‘li ilmi fiqhdan sharafliroq. Agar menga, oxirat yo‘li ilmining ma’nosini batafsil ajratib bering, desang, uni mufassal tushuntirishning imkoni bo‘lmasa ham (aytaman). Bilgilki, oxirat yo‘lining ilmi ikki qismdir: mukoshafa ilmi va muomala ilmi. Mukoshafa ilmi botiniy ilmdir va barcha ilmlarning g‘oyasidir (ya’ni, botinni o‘rganishdir). Ba’zi oriflar: «Kim mana shu ilmdan nasibador bo‘lmasa, unga yomon oqibat kelishidan qo‘rqaman», deb aytishgan. Nasibador bo‘lishning eng ozi esa, uni tasdiq qilib, o‘sha ilm ahliga ergashishdir. Ayrimlar aytdiki: «Kimda bid’at va kibr bo‘lsa, mukoshafa ilmidan biror narsa unga ochilmaydi». Yana aytishlaricha, kim dunyoni yaxshi ko‘rsa yoki havoyi nafsiga ergashsa, mukoshafa ilmi unda bo‘lmaydi. Balki boshqa ilmlarni egallashi mumkin. Bu ilmni inkor qilganlarning eng oz jazosi undan zavqlanmaslikdir. Shu ma’noda she’r ham bor: Gunohdir, jazosi ham o‘zi bilan, Yo‘q kishining g‘iybatiga rozi bo‘lsang. U ilm mazmum sifatlardan pok qalbda zohir bo‘ladigan nurdir. Mana shu nur bilan oldin eshitilgan, lekin ma’nolari anglashilmagan ko‘p ishlar kashf bo‘ladi, Allohning zotini, boqiy va komil sifatlarini, fe’lini, dunyo va oxiratni yaratishdagi hikmatlarini, dunyo ustiga oxiratni qo‘yish tartibini, nubuvvat, nabiy va vahiy ma’nosini, farishtalar va shaytonlar lafzlarining ma’nosini, shaytonning insonlarga dushmanligi, anbiyolarga farishtalarning ko‘rinish va payg‘ambarlarga vahiy kelish kayfiyatini, yer va osmonlar saltanatini, qalbni bilishni, farishtalar va shaytonlar jamoasi orasidagi farqni, oxirat, jannat, do‘zax, qabr azobi, sirot, mezon va hokazolarni o‘sha nur orqali anglaydi. Allohning quyidagi so‘zi shu ma’nolarni ifoda etadi: Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling