Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi
www.ziyouz.com kutubxonasi
7 buyurgan yomon xulqlarni zikr qilaman. Va yana mazkur xulqlarning chegarasini va haqiqatini aytaman. Keyin u kelib chiqadigan sababini va undan kelib chiqadigan ofatlarni, keyin uni bilinadigan alomatlarini keltiraman. Albatta oxirida undan xalos topish uchun kerak bo‘ladigan muolaja yo‘l-yo‘riqlarini zikr qilaman. Bularning har birini Qur’on oyatlari, hadislar va asarlar bilan qo‘shgan holda zikr qilaman. Ammo, najot beruvchi amallar choragida esa, unda men har bir maqtalgan xulq va banda olamlar Parvardigoriga qurbat hosil qilishiga sabab bo‘ladigan siddiq va muqarrablarning marg‘ub xislatlarini keltiraman. Mazkur xislatlarning har birining haddini, haqiqatini, uning jalb qilinishiga bois bo‘lgan sababini, undan istifoda qilinadigan samarasini, ajratib turuvchi alomatini, uni marg‘ub bo‘lishiga sabab bo‘lgan fazilatini zikr qilib o‘taman. Albatta bunga doir shar’iy va aqliy dalillarni ham keltirib o‘taman. Darhaqiqat bu ma’nolarning ayrimlari haqida odamlar kitoblar yozgan. Lekin bu kitob ulardan beshta jihati bilan ajralib turadi: 1) Ular yechmasdan tugun holida qoldirganlarini yechish, mujmal qilgan o‘rinlarini ochish. 2) Ularning sochib tashlaganlarini tartibga solish, bo‘lib tashlaganlarini nizomga keltirish. 3) Uzun qilganlarini qisqartirish, muqarrar belgilab berganlarini qoida holiga keltirish. 4) Takrorlarini tushirib qoldirish, tahrir qilganlarini sobit qilish. 5)Mazkur kitoblarda keltirilmagan, fahmga biroz qiyin bo‘lgan (g‘omiz) noaniq ishlarni tahqiq qilish. Zero barcha kitoblar yagona manhaj asosida yo‘nalgan bo‘lsada, ularning har biri boshqalar beparvo bo‘lgan ishlardan birini xoslab soliklarga tanbeh bilan keltirgan, yoki tanbeh bermasada, uni kitoblarda keltirishni unutgan, unutmagan bo‘lsa ham, biron sabab uning ustidagi pardani ochishdan band qilib qo‘ygan. Bu ilmlarning barchasini o‘z ichiga olishi bilan birga, bu kitobimizning xususiyatlari shulardir. Bu kitobni to‘rtta chorak asosida yozishga ikki ish bois bo‘ldi. Birinchisi, bu asosiy bois hisoblanadi, bu tartibda haqiqatni yuzaga chiqarish va tushuntirish zarurat holiga kelgan. Zero, oxiratga yuzlanishga sabab bo‘luvchi ilm ikki qismdan iboratdir a) Muomala ilmi b) Mukoshafa ilmi. Mukoshafa ilmi deganimdan ma’lum narsani kashf qilishni talab etiladigan ilmni ko‘zlayapman. Muomala ilmidan esa kashf qilish bilan birga uning amalini talab qilinadigan ilmni nazarda tutaman. Bu kitobdan maqsad faqat muomala ilmidir. Zero mukoshafa ilmi toliblarning qasd qilgan g‘oyasi va siddiqlarning umid o‘rni bo‘lsada, uni kitoblarda keltirishga ruxsat yo‘qdir. Muomala ilmiga esa yo‘l bordir. Lekin payg‘ambar (s.a.v.) halq bilan yo‘l ko‘rsatish va irshod ilmi orqaligina gaplashgan. Ammo mukoshofa ilmi haqida esa, xalqning fahmi uni ko‘tarishdan qosir bo‘lganini bilganlari uchun, uni qisqa qilib ramz va ishora yo‘li bilan gapirdilar. Ulamolar payg‘ambarlar vorislaridir, ular iqtido va ibrat olish yo‘lidan burilishga haqlari yo‘qdir. Muomala ilmi ham ikki qismga bo‘linadi, a) Zohir ilm, a’zolar amaliga oid ilm. b) Botin ilm, bu odat yoki ibodat tusida bo‘lsada a’zolar ustidagi joriy bo‘lgan amallar va qalb amallarini o‘z ichiga oladi. Malakut olamidan iborat bo‘lgan hisdan to‘siq bo‘lin qalbga vorid bo‘luvchi narsalar maqtalgan va mazammat qilingan bo‘ladi. Bu o‘rinda lozim narsa shuki, bu ilm ikki qismga: zohir va botinga bo‘lingan. A’zolarga bog‘liq zohir qismi odat va ibodat qismlariga bo‘linadi. Qalb ahvoli va nafs axloqiga bog‘liq botin qismi esa, mahmud (maqtalgan) va mazmum (mazammat qilingan) qismlariga taqsinlanadi. Bularning majmui to‘rt qismdan iboratdir-ki muomala ilmida shu to‘rt qismdan chetga chiqilmaydi. Kitob yozilishiga ikkinchi bois, men tolibi ilmlardagi rag‘batning Allohdan qo‘rqmaydigan, Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling