Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
108 ustilariga katta bir idishda kul tashlab yuborishdi. U kishi otlaridan tushdilar va shukr sajdasini qildilar. So‘ng kiyimlaridan kulni qoqa boshladilar va hech nima demadilar. U kishiga «Ularni haqorat qilib qo‘ymadingizmi?» deyishdi. U kishi: «Albatta olovga haqli bo‘lgan kishiga kul bilan sulh tuzilsa, uning g‘azab qilishi joiz bo‘lmaydi», dedilar. Rivoyat qilinishicha, Ali ibn Muso ar-Rizo rahmatullohi alayhning ranglari qoraga moyilroq ekan. Zero, u kishining onalari qora ekanlar. Naysoburda u kishining uylari oldida bir hammom bo‘lib, agar unga kirmoqchi bo‘lsalar, hammomchi u kishiga hammomni bo‘shatib qo‘yardi. Bir kuni u kishi hammomga kirdilar va hammomchi eshikni berkitib, ba’zi ishlarini bajarish uchun ketdi. Rastoqlik (Habashistondagi bir shahar) bir kishi hammomning eshigi oldiga keldi va uni ochib, ichkariga kirdi. Kiyimlarini yechdi. Ichkarida Ali ibn Muso ar-Rizoni ko‘rib, hammom xizmatchilaridan biri deb o‘yladi. U kishiga «Tur, menga suv keltir», dedi. Ali ibn Muso ar-Rizo turdilar va u buyurgan har bir ishni bo‘ysunib bajardilar. Hammomchi ham qaytib kelib, rastoqlik kishining kiyimlarini ko‘rdi hamda Ali ibn Muso ar-Rizo bilan bo‘lgan voqeani eshitib qo‘rqib qochib ketdi. Ali ibn Muso tashqariga chiqqan vaqtlarida hammomchini so‘radilar. U kishiga «Bo‘lgan ishdan qo‘rqib qochib ketdi», deyishdi. Shunda u kishi: «Qochib ketmasligi kerak edi, chunki u aybdor emas. Gunoh bir qora cho‘ri ayol bolasi, ya’ni menga suvini tashtirgan (hammom ishini bajartirgan) kishi uchundir», dedilar. Rivoyat qilinadiki, tikuvchi Abu Abdulloh do‘konida o‘tirar edi. Uning majusiy bir mijozi bor edi. U majusiyga biror narsa tikib bersa, u qalbaki dirhamlar berardi. Abu Abdulloh uni olar va unga dirhamlar qalbaki ekan, deb aytmasdi, unga qaytarib ham bermasdi. Bir kuni Abu Abdulloh ba’zi ishlarini bajargani ketgan vaqtida majusiy kelib qoldi va uni topa olmadi. Shogirdiga ish haqi berib, undan tikilgan narsalarni oldi. Dirham qalbaki edi. Shogird esa dirhamlarning qalbaki ekanini bildi va ularni majusiyga qaytarib berdi. Abu Abdulloh qaytib kelganida shogirdi bo‘lgan ishni aytib berdi. U esa shogirdiga: «Yomon ish qilibsan. Bu majusiy menga bir yildan beri shunday muomala qiladi. Men esa sabr qilaman. Boshqa musulmonni mana shu dirhamlar bilan aldab qo‘ymasligi uchun dirhamlarni undan olib, quduqqa tashlab yuborardim», dedi. Yusuf ibn Asbot aytadilar: «Husni xulqning alomati o‘n xil xislatdir: xilof qilmaslik, chiroyli insof, (birovlarning) toyilishini istamaslik, birovlarning bilinib qolgan kamchiligini yaxshilikka yo‘yish, uzr so‘ray olish, aziyatlarga chidash, o‘z nafsini malomat qilib turish, o‘zgalarning emas, balki o‘z ayblarini bilish, katta-yu kichikka ochiq yuzli bo‘lish, o‘zidan yuqori kishiga ham, past kishiga ham muloyim so‘zlash». Sahl Tustariydan husni xulq haqida so‘raldi. U kishi: «Uning eng pasti aziyatlarga chidash va tovon to‘latishni tark qilish, zolimga rahm qilish va uning uchun istig‘for aytib, shafqat qilish», dedilar. Ahnaf ibn Qaysga «Halimlikni kimdan o‘rgandingiz?» deyildi. U kishi: «Qays ibn Osimdan», dedilar. «U kishining halimliklaridan nimalar yetib kelgan?» deb so‘raldi. Shunda Ahnaf ibn Qays aytdilar: «Bir kuni u kishi hovlilarida o‘tirgan vaqtlarida oldilariga qo‘lida tovadagi qovurilgan go‘sht bilan cho‘rilari kelib qoldi va tova shu yerda turgan Qaysning kichkina o‘g‘illari boshiga tushib ketdi. O’g‘illari o‘sha zahoti o‘lib qoldi. Cho‘ri ayol qattiq qo‘rqib ketdi. Shunda Qays u ayolga: «Qo‘rqma, sen Alloh taolo roziligi uchun ozodsan», dedilar». Aytishlaricha, Uvays Qaraniyni yosh bolalar ko‘rib qolishsa, u kishiga tosh otishar ekan. Uvays Qaraniy ularga: «Ey birodarlarim, agar tosh otish zarur bo‘lsa, kichkinaroq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling