Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc
Download 458.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi [@kitob nuri]
www.ziyouz.com kutubxonasi
61 Faqatgina payg‘ambarlik nuri bilan ko‘rish mumkin. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ham Jabroil alayhissalomni o‘z suratlarida faqat ikki marotaba ko‘rganlar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). U zot sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomdan o‘zlarini asl suratlarida ko‘rsatishlarini so‘raganlar va Baqi’ degan joyda ko‘rishishga va’dalashishgan. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga Jabroil alayhissalom Xiro tog‘ida ko‘rinib, mashriqdan mag‘ribgacha bo‘lgan ufq tomonni berkitib qo‘yganlar. Ikkinchi marotaba o‘z suratlarida Me’roj kechasida sidratul muntahoning oldida ko‘ringanlar. U zotni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ko‘pincha odam suratida, ya’ni Dahiyat al-Kalbiy degan sahobaning timsolida ko‘rganlar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Bu sahoba yuzlari chiroyli kishi edi. Ko‘pchilikning aytishicha, qalb egalaridan bo‘lgan ahli mukoshafalarga ham shayton o‘z suratida ko‘rinadi. Ularga uyg‘oq vaqtlarida ko‘rinadi. Uni ko‘zlari bilan ko‘rishadi va gapini quloqlari bilan eshitishadi. Mana shu suratining haqiqiy ko‘rinishidir. Ko‘p solih kishilarga uyqularida ham ko‘rinadi. Uyg‘oqligida ko‘radigan inson uyquda bo‘ladigan narsalarni ko‘rishdan hislar dunyo bilan band bo‘lishi man qilmaydigan darajaga yetgan insondir. Demak, boshqalar uxlaganda ko‘radigan narsalarni u uyg‘oqligida ko‘radigan bo‘ladi. Umar ibn Abdulazizdan rivoyat qilindi: «Bir kishi Robbidan odam farzandining qalbidagi shaytonning o‘rnini ko‘rsatmog‘ini so‘radi. Haligi kishi uyqusida billur toshga o‘xshagan bir kishining jismini ko‘rdi. Uning tashqarisidan ichi ko‘rinib turardi. Shaytonni esa bir qurbaqa suratida ko‘rdi. Haligi billur toshga o‘xshagan kishining chap tomonida, qulog‘i bilan yelkasining o‘rtasiga o‘tirib olgan edi. Shaytonning ingichka uzun xartumi bor edi, uni haligi kishining chap yelkasi tomonidan qalbiga kirgizib vasvasa qilardi. Agar Alloh taoloni eslasa, u uzoqlashardi». Shunga o‘xshash goho uyg‘oqlikda ham ko‘z bilan ko‘riladi. Batahqiq, ba’zi mukoshiflar shaytonni bir o‘laksaning ustida cho‘nqayib o‘tirgan it suratida, insonlarni shu o‘laksaga chaqirayotganini ko‘rishgan ekan. O’laksa esa dunyoning misolidir. Bu shaytonni haqiqiy suratida ko‘rishga kiradi. Chunki qalbda malakut olamiga muvofiq tarzda bir haqiqat zohir bo‘lmog‘i lobuddir. Ana shu paytda uning (ya’ni, malakut olamining) asari shahodat va mulk olamiga muvofiq tarzda zohir bo‘ladi, chunki malakut olami bilan shahodat olami bir-biriga bog‘liqdir. Qalb uchun ikki yo‘l borligini bayon qilgan edik. Biri g‘ayb olamiga oid bo‘lib, u ilhom va vahiy kiradigan o‘rindir. Yana biri shahodat olamiga oiddir. Bu olam tomonidagi yo‘lda insondan zohir bo‘ladigan narsa xayoliy suratdir. Chunki shahodat olamining hammasi xayolotlardir. Lekin xayol goho shahodat olamining zohiriga his bilan qarashdan hosil bo‘ladi. Ana shunda surat ko‘rilgan narsaga muvofiq kelmasligi ham mumkin. Hatto bir shaxsni chiroyli suratda ko‘radi, vaholanki uning botini iflos va ichki olami qabih bo‘ladi. Chunki shahodat olami chalkashligi ko‘p olamdir. Ammo malakut olamining qalblarga nur taratishidan xayolda hosil bo‘ladigan surat esa ana shu surat sifatining xuddi o‘zi va unga muvofiq bo‘ladi. Chunki malakut olamida surat sifatga tobe va unga muvofiq bo‘lib, shak-shubhasiz yomon sifat yomon surat bilan ko‘rinadi. Demak, shayton it, qurbaqa, cho‘chqa va shunga o‘xshash boshqa suratda ko‘rinadi. Farishta esa chiroyli suratda ko‘rinadi. Xullas, ana shu surat sifatlarning nishoni va haqiqatda uning aniq nusxasidir. Shuning uchun uyqudagi maymun va to‘ng‘iz iflos insonga dalolat qiladi. Qo‘y esa ko‘ngli |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling