Microsoft Word ihyo ruza ziyouz com doc
«Albatta Biz uni kadr kechasida nozil kildik»
Download 90,42 Kb. Pdf ko'rish
|
Imom G\'azzoliy Ihyou ulumid din
«Albatta Biz uni kadr kechasida nozil kildik» (Qadr surasi, 1) oyatidagi Alloh
taoloning so‘zidan murod shudir. Kim qalbi va ko‘kragi o‘rta-sida taomdan iborat bo‘shliq qoldirsa, bu odam ushbu inkishoflardan to‘silgandir. Va kim me’dasini bo‘shatsa, modomiki himmatini Alloh azza va jalladan o‘zgasidan xoli qilmas ekan, bu hol hijobni ko‘tarishga kifoya qilmaydi. Bu esa ishning xotimasidir, bular barchasining boshlanishi esa taomni kamaytirishdir. Bundan ziyoda bayon «Taomlar kitobi»da keladi, inshaalloh. Oltinchi - iftordan keyin qalbi xavf va rajo o‘rtasida muallaq va iztirobli bo‘lmog‘i. Zero, u ro‘zasi qabul bo‘lgan muqarrablardanmi yoki rad etilgan manfurlardanmi, bilmaydi. Uzi tamomlagan har qanday ibodatning oxirida ham xuddi shunday bo‘lishi kerak. Hasan ibn Abu Hasan al-Basriydan rivoyat etilishicha, u kishi hayit kuni kulishib o‘tirgan bir qavmning oldidan o‘ta turib dedilar: «Albatta Alloh azza va jalla ramazon oyini xalqi uchun musobaqa maydoni qilib qo‘ydi. Ular bunda Alloh toati uchun musobaqalashishadi. Bir qavm o‘zib, g‘alaba qozondi, boshqasi ortda qolib umid-siz bo‘ldi. Uzganlar g‘olib, qolganlar noumid bo‘lgan kunda kulib o‘ynashayotganlarga ajab ustiga ajab! Ammo Allohga qasamki, agar parda ochilganida muhsin ehsoni bilan, gunohkor gunohlari bilan mashg‘ul bo‘lib qolardi! Ya’ni, amali maqbul kishining sevinchi o‘yindan, mardud kishining hasrati esa kulgudan to‘sib qo‘yardi. Ahnaf ibn Qaysdan rivoyat etilishicha, unga «Siz yoshi o‘tib qolgan bir kishisiz, ro‘za sizni yanada holsizlantiradi», deyishdi. U zot: «Men uzoq safarga hozirlik ko‘ryapman, Alloh subhanahuning toatiga sabr qilish Uning azobiga sabr qilishdan yengilroqdir», deya javob qildi. Bular ro‘zadagi botiniy ma’nolardir. Agar aytsang: «Qorin va farj shahvatini tiyishda qosirlik qilib, ushbu ma’nolarni tark qilgan kishiga fuqaholar ro‘zasi durust, deyishadi. Buning ma’nosi nima?» Bilgilki, zohir fuqaholari zohir shartlarni biz botiniy shartlar xususida keltirgan dalillarga qaraganda zaif dalillar bilan isbotlashadi. Ayniqsa, bu g‘iybat va shunga o‘xshash narsalarga tegishli. Lekin zohir fuqaholari faqatgina dunyoga yuz burib, tagida qolib ketgan omi g‘ofillarga muyassar bo‘lgan taklifotlarnigina hal qilishadi. Oxirat ulamolari esa qabulning sahih bo‘lishini, qabul bilan bo‘lsa, maqsadga yetilishini e’tiborga olishadi. Va ro‘zadan maqsad Alloh azza va jallaning axloqidan bir xulq bilan ziynatlanish ekanini fahmlashadi. U xulq somadiyyalikdir. Shahvatlardan tiyilishda imkon boricha farishtalarga ergashish kerakdir. Chunki ular shahvatlardan munazzahdirlar. Insonda shahvatni sindirishga aql nuri borligi uchun qudrat hosil bo‘lganidan hayvon darajasidan yuqori daraja bordir. Yana shahvatlar egallab olganligi va ularga qarshi kurashishga mubtalo bo‘lgani uchun farishtalardan quyi martabada hamdir. Shahvatlarga qanchalik botsa, asfalasofilinga qulaydi, hayvonlar to‘dasiga borib qo‘shiladi. Qachon shahvatlarini bostirsa, a’lo’iliyyinga ko‘tariladi va farishtalar ufqiga qo‘shiladi. Farishtalar esa Alloh azza va jallaga muqarrab yaqindirlar. Ularga ergashib axloqlaridan o‘rnak olgan kishi xuddi ular yaqin bo‘lganlaridek Alloh azza |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling