Microsoft Word ilk bolalik davri psixologik xususiyatlari


Download 50.11 Kb.
bet4/6
Sana20.12.2022
Hajmi50.11 Kb.
#1039679
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ILK BOLALIK DAVRIDA AQLIY TARAQQIYOTNING O’ZIGA XOSLIGI

1-bob bo’yicha xulosa
Oila bolani o’rab turgan muhitning eng muxim bo’g’inidir.Uning bola shaxsi shakllanishiga ko’rsatadigan ta’siri bеnixoya kattadir.Bolaning mustaqilligi nisbiy bo’lib u ko’p jihatdan kattalar qaramog’i va yordamiga muxtoj bo’ladi.
Psixiatrlarning ta’kidlashicha bolani haddan tashkari qattiqqo’llik bilan tarbiyalash unda nеvrozlarni va psixozstеniyani kеltirib chiqaruvchi omillaridan biridir.Bolalarga oilaviy ta’sir etishning ‘dеmokratik’ shakli uchun quyidagilar xos .
Bolaga ko’p narsaga ruxsat bеriladi, bola bilan ko’p kontakt kilinadi.,unga ishonch va hurmat bilan munosabatda bo’linadi, ota-onalar bo’lar bo’lmas ta’qiqlarini qo’ymaslikka harakat qiladilar, buning o’rniga ular bolalarga oiladagi tartib qoidalarni tushuntirishga intiladilar,iloji boricha bolalarining savollariga javob bеrishiga,ularning qiziquvchanligiga harakat qiladilar.
Shu narsa aniqlanganki , ‘avtoritar’ va ‘dеmokratik’ oilalarda tarbiyalanuvchi bolalarning shaxsiy xususiyatlarida muayyan farq mavjud bo’ladi.’dеmokratik’ oilalarning farzandlari ijodkorlikka moil ,tashabbuskor, lidеrlikka intiluvchan,konformizmni (gurux fikriga tobе bo’lishni) inkor etuvchi ijtimoiy munosabatlarida ko’proq emotsiyalarni xis etuvchi bo’ladilar.
Sotsiomеtrik tajribalardan ma’lum bo’lishicha oiladagi muhit ,ota-ona va bola o’rtasidagi munosabatlar dеmokratik asosda qurilgan bo’lsa bola o’z tеgdoshlarining orasida jamoada yuqori mavqega aksincha nosog’lom oilada tarbiyalanayotgan bolalar ancha past mavqega ega bo’ladilar.
Oiladagi psixologik iqlim ,ya’ni bolalar bilan bo’lgan muloqot xaraktеri , ularga mеxr muxabbat bilan,diqqat e’tibor bilan munosabatda bo’lishi o’sib kеlayotgan inson axloqi qiyofasining shakllanishida o’ta muxim rol o’ynaydi.

II-BOB. ILK YOSH DAVRIDA BOLANING AQLIY VA PSIXIK RIVOJLANISHI

  1. II.1. Ilk yoshdagi bola psixikasining rivojlanishi.

Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatga molik, uning kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi muhim davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to‘g‘ri yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va to‘g‘ri yura olish imkoni bolani, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga zamin bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘z xatti-harakatlari bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga intiluvchan bo‘ladilar. Yurishni o‘rganish bolaning faqatgina jismoniy o‘sishi uchun emas, balki uning psixik taraqqiyoti uchun ham juda muhim ahamiyatga ega.
Ilk bolalik davridagi bolalarning analizatorlari yaxshi takomillashgani va ular erkin hapakat qila olish imkoniyatiga ega bo‘lganliklari tufayli bu davrda psixik jihatdan tez rivojlanadilar. Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarning ertadan kechgacha turli harakatlar qila olish imkoniyatlari tevarakatrofdagi muhitni bilish ehtiyojini qondirishda juda katta sharoit yaratib beradi.
Ilk bolalik davridagi bolaning turmush tajribasi deyarli yo‘q bo‘lgani uchun hamma narsa qiziqtiradi. U o‘zining kundalik tinimsiz harakatlari davomida kattalarga taqlid qilib, mustaqil ravishda kiyinish, ovqat yeyish, yuvinish kabi harakatlarni o‘zlashtira boshlaydi. Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bola o‘zining kundalik harakatlari davomida xech bir erinmay, ko‘z o‘ngidagi hamma narsalarni tekshirib ko‘radi. Natijada juda ko‘p yangiliklarni bilib oladi, o‘zining sezgi va idrokini, tasavvur va xotirasini, tafakkur va nutqini hissiyot va xayolini – umuman barcha psixik jarayonlarini rivojlantiradi.
Bu yoshdagi davrda sezgilarning rivojlanishi analizatorlarning tobora takomillashuvi bilan bog‘liqdir. Ikki yoshdan oshgan bolaning sezgilari (ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish, teri va harakat kabi uning hap kungi xilma-xil harakatlari davomida turli narsalarga bevosita to‘qnash kelishi natijasida rivojlanadi. Sezgilarning normal rivojlanishi bola idroki o‘sishi uchun ham zamin yaratadi.
Ilk bolalik davridagi bolaning idroki ancha rivojlangan bo‘lsa ham hali katta odamlar idrokidan keskin farq qiladi. Birinchidan, bolalarda turmush tajribasining yo‘qligi tufayli ularning idroklari xam anglashilmagan xarakterga ega bo‘ladi. Ular ko‘p narsalarga birinchi marta duch keladilar. Shuning uchun bolalar idrok qiladigan ko‘p narsalar ularga yangilik, ya’ni dastlabki taassurot kuchiga ega bo‘ladi. Ikkinchidan esa, bolalarning idroki ko‘pincha ixtiyorsiz xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni ularning idrokida muayyan bir maqsadni ko‘zlash hali sezilmaydi. Shuning uchun ularning idroki bir narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ko‘cha oladi. Lekin bu yoshdagi bolalarda hissiyot kuchli bo‘lgani uchun ular o‘zlarini qiziqtiradigan hayron qoldiradigan, hissiy kechinmalar uyg‘otadigan narsalarni idrok qiladilar.
Ilk bolalik davridagi bolalar so‘zlay boshlagan bo‘lishiga qaramay, ular hali vaqt va fazo kabi murakkab tushunchalarni to‘g‘ri idrok eta olmaydilar, chunki ularda hali turmush tajribasi yyk. Bunday murakkab tushunchalar bolaning kundalik hayoti davomida sekin-asta hosil qilib boriladi.
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarning diqqati nihoyatda beqaror va ixtiyorsiz bo‘lsa, ikki yoshga to‘lgan bolalarning diqqatida yangi sifatlar yuzaga kela boshlaydi. Bola o‘sib ulg‘aygan sari uning diqqati ham barqaror bo‘la boshlaydi. Diqqatning ozmi-ko‘pmi barqaror bo‘la boshlagani shunda ko‘rinadiki, bola o‘zini qiziqtirgan biron narsa bilan uzoq vaqt mobaynida shug‘ullana oladi. Ikki yoshga to‘lib, uch yoshga qadam qo‘ygach so‘zlarni tushunadi.
So‘z boyligi orta borgach, bolaning o‘ziga xos bo‘lgan situativ tili xaqikiy tilga aylanadi. Bu yoshdagi bolalarning tafakkurlari o‘ziga xos xususiyatlarga hamda aniq xarakterga ega. Ular ayni chog‘da idrok qilib typgan narsalari xaqida juda sodda tafakkur qila oladilar. Bundan tashqari, bu yoshdagi bolalarning tafakkur jarayonlarida harakat elementlari ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham ularning tafakkurlari ba’zan harakatli tafakkur deb ham yuritiladi. Ilk bolalik davridagi bolalarda hali tafakkurning fikriy operatsiyalarini, ya’ni analiz, sintez, umumlashtirish kabilarni ko‘ramiz. Ular qo‘llaridagi o‘yinchoqlarini yoki qo‘llariga tushgan narsalarni amaliy aylantirib, paypaslab, buzib tahlil qiladilar. Lekin sintez qilishga hali qurbi yetmaydi. Bu yoshning oxiriga kelib tafakkurning o‘sishida nutqning roli juda oshadi. Bolalik so‘zlarni mumkin qadap ko‘proq bilib olib, ulardan so‘z tafakkurida keng foydalana oladilar. Bu esa fikrlash operatsiyalarining o‘sishiga yordam beradi. Bolada so‘zlar vositasi bilan analiz va sintez qilish, abstraksiyalash hamda umumlashtirishning dastlabki alomatlari ko‘rina boshlaydi.
Tafakkurning o‘sishida yana bir muhim bosqich shundan iboratki, ilk bolalik yoshining oxiriga kelib bola ayrim tushunchalarni bilib olishga va bu tushunchalarning eng muhim belgilarini o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Uch yoshga to‘lay deb qolgan bola, katta yoshdagi hamma odamlarning ishga barvaqt ketishlarini juda yaxshi biladi. Agar bu yoshdagi bolaga «adang endi barvaqt ishga ketmaydi» deyilsa, u hayron bo‘lib qoladi. Chunki katta odam bo‘lgan adasining ishga bormasligi, uning tushunchasiga to‘g‘ri kelmaydi. Uning tushunchasida hamma katta odamlar ertalab barvaqt ishga ketishi kepak. Shuning uchun hech bir o‘ylab o‘tirmay, «adam kattalar-ku?» deb javob beradi. Bolalar tushunchalardan foydalanib, sodda xulosalar chiqarishga o‘rgana boshlaydilar. Ular bir necha hukmlardan foydalanib, katta, kichik, baland, past, ko‘p, oz kabi sodda xulosalar chiqara oladilar, bu esa bola tafakkurining yanada rivojlanishi uchun zamin yaratadi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda murakkab psixik jarayonlardan biri bo‘lmish xayol anchagina rivojlana boshlaydi. Lekin bu asosan ixtiyorsiz xayol bo‘ladi. Ular hali ma’lum maqsad asosida ixtiyoriy tarzda xayol yurgiza olmaydilar. Bola ikki yoshga to‘lgach, uning o‘yinlarida jiddiy o‘zgarish ro‘y beradi. Bolaning o‘yiniga endi taqlidiy harakatlar qo‘shiladi. Bola kattalardan ko‘rgan-bilganlarini o‘yinda tilidan takrorlay boshlaydi. Bu davrda bola mashinasini u yoqdan bu yokka siljitish yoki tepalikdan sirg‘antirib tushirish bilan cheklanmay, haydovchilarning harakatlarini bajaradilar. Mashinaning motori ovoziga taqlid qilib ovoz chiqaradi, mashinada yuk tashiydi va hokazo. Nutqning o‘sishi bola xayolining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar kattalarning gaplariga tushunadigan bo‘lgach, har xil ertak va hikoyalarni qiziqib tinglaydigan bo‘ladi. Bolalar o‘zlari biladigan, o‘zlariga yaxshi tanish bo‘lgan narsalar haqidagi hikoyalarni joni dili bilan eshitadilar. Har bir hikoyani eshitganda bolada xilma-xil tasavvurlar yuzaga keladi. Bola bu tasavvurlari yordamida xayol qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bola hikoyalarni eshitish orqali olgan tasavvurlarini so‘zlar bilan ifodalaydi. So‘z esa bolaning narsalarni boshqacha idrok qilishiga, ularning boshqa narsalarga o‘xshashligini aniqlashiga va ana shunday o‘xshashliklarni aniqlash asosida yangi obrazlar, yangi tasavvurlar yaratishga yordam beradi.
Ilk bolalik davridagi bolalarda barcha psixik jarayonlar ma’lum darajada rivojlanar ekan, bu umuman ular ongining rivojlanishiga zamin yaratadi. Tili chiqib, idrok va tafakkuri anchagina o‘sgan bola tevarakatrofdagi har turli narsalarga ongli munosabatda bo‘la boshlaydi. Bola o‘zining turli ehtiyojlarini anglab, o‘zining shaxsini shakllantira boshlaydi. Mashxur fiziolog I.M.Sechenovning tili bilan aytganda, bola ana shu davrdan boshlab, o‘z sezgilarini tevarak atrofdagi narsalardan ajratib, o‘z-o‘zini anglay boshlaydi. Bu yoshdagi bolalarning so‘z boyligida o‘z shaxsini bildiruvchi «men» degan olmosh tez-tez uchrab turadigan bo‘ladi. Ana shu tariqa bola juda elementar tarzda bo‘lsa ham o‘zini shaxs sifatida anglay boshlaydi. Binobarin, ana shu davrdan boshlab ilk bolalik davridagi bolalarning shaxsiy (individual) xususiyatlari kamol topa boshlaydi.

II.2. Ilk yoshdagi bolalar nutqining xususiyatlari


Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, muloqoti bilan uzviy bog‘liqdir. Bola so‘zlarning mazmuni va shaklidagi o‘zgarish, uning muloqot shakllari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan nosituativ bilishga yo‘naltirilgan va nosituativ – shaxsiy muloqot shakliga o‘tilishi bolalar nutqiga ma’lum bir talablarni qo‘yadi. Bu talablar bola nutqining yangi-yangi tomonlarini, turli kommunikativ masalalarni xal qilishi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarni tarkib toptiradi. Bog‘cha yoshidagi bolaning nutqi ijtimoiy aloqalarni o‘rnatish funksiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki nutq tarkib topishi, monologik xususiyat kasb etib borishi lozim bo‘ladi. Bog‘cha yoshida bola nutqining rivojlanishidagi muhim xususiyat nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bola so‘z lug‘at boyligining o‘sishida ikki muhim tomon – miqdor va sifat tomonlari mavjud.
Lug‘at boyligining miqdoriy o‘sishi D.B.Elkoninning ko‘rsatishicha bevosita bolaning hayot sharoitlari va tarbiyalanish xususiyatlariga bog‘liq so‘nggi yillarda u yoki bu yoshdagi bolalar nutqining lug‘at tarkibini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda avvalgi tadqiqotlarga nisbatan yuqoriroq mikdoriy ko‘rsatkichlar aniqlandi. Jumladan, V.Loginaning ma’lumotlariga ko‘ra 3 yoshga kelib, bola lug‘atida 1200 ta so‘z mavjud bo‘ladi.
6 yoshli bolaning faol lug‘ati esa 3000-3500 so‘zni o‘z ichiga oladi. Vaholanki,
40-60 yil oldin o‘tkazilgan tadkiqotlarda 3 yoshli bolaning lug‘ati 400-600 so‘zdan, 6 yoshli bolaning faol lug‘ati esa 2500-3000 so‘zdan iborat deb ko‘rsatilgan edi.
Situatsion – ishchan muloqot shaklidagi bolalar leksikasi (nutqi) konkret predmetli vaziyat bilan bog‘liq. Bu xolat shunda ko‘rinadiki, bolaning nutqida ot so‘z turkumiga oid so‘zlar ko‘p bo‘ladi. Sifat turkumidagi so‘zlar yoki umuman uchramaydi, yoki buyumlarning faqat tashqi xususiyatlari: rangi, o‘lchami (barcha sifatlarning 96,4%)ni ifodalaydi. 98% fe’llar faqatgina aniq predmetli harakatlarga nisbatan ishlatiladi.
Bolalarning nosituativ – bilishga yo‘naltirilgan (vaziyatga situatsiyaga bog‘liq bo‘lmagan) muloqotida ular kattalardan har xil narsa va hodisalar haqida axborot olishga bog‘liqlikdan ozod bo‘ladi. Asta sekin atrof-olamdagi narsalarning turli xususiyatlarini aks ettiruvchi so‘zlar zaxirasi kengayib boradi. Jumladan, estetik xususiyatlarni ifodalovchi sifat turkumiga oid so‘zlar (11,25%) va emotsional xususiyatlarni ko‘rsatuvchi so‘zlar (5%) paydo bo‘ladi, irodaviy va intellektual harakatlarni anglatuvchi fe’l turkumidagi so‘zlar (6,24%) vujudga keladi.
Nosituativ – shaxsiy muloqatda, bola odamlar o‘rtasidagi munosabatlar xakida axborot olishga, o‘zining fikrini kattalar fikri bilan taqqoslashga harakat qilar ekan, uning nutqida umumiy grammatik murakkablashish ro‘y beradi. Sifat turkumidagi so‘zlar quyidagi nisbatda bo‘ladi: atributiv (tashqi xususiyatlarini ifodalovchi) – 69,80%, estetik xususiyatlarni ifodalovchi sifatlar 14,65%, axloqiy xususiyatlarni ifodalovchi sifatlar – 9,3%. Irodaviy va intellektual harakatlarni ifodalovchi fe’llar ancha ko‘payib, nutqida ishlatilayotgan barcha fe’llarning 9,76%ni tashkil etadi. Bolaning lug‘at boyligi nafaqat miqdor jihatdan, balki sifat jihatdan ham o‘sib boradi. Bu asosan bolalarning so‘zlar mazmunini o‘zlashtirishi bilan kechadi. Lug‘atni egallash jarayoni tushunchalarni egallab borish bilan uzviy bog‘liq.7
Bog‘cha yoshidagi bolalar eng avvalo ko‘rgazmali ifodalangan yoki ularning faoliyatlariga jalb etilgan predmetlar, hodisalar, sifatlar, xususiyatlar, munosabatlarning nomlanishini o‘zlashtiradi. Buni bola tafakkurining ko‘rgazmali-harakat va ko‘rgazmali-obrazli xarakterda ekanligi bilan tushuntirish mumkin. Shu tufayli ham, bog‘cha yoshidagi bolalar lug‘atida abstrakt (mavxum) tushunchalar deyarli uchramaydi.
Agar, 3-7 yoshdagi boladan berilgan topshirikda nutqiy faoliyatning elementi bo‘lmish so‘z bilan muayyan amallarni bajarish talab etilsa, masalan, gap tarkibidan so‘zlarni ajratib olish vazifasi berilsa, S.N.Karpovaning tadqiqotida ko‘rsatishicha, bolada unga aytilgan gap belgilaydigan vaziyatga oriyentir olishning ancha barqaror moyilligi kuzatiladi.
Bu maqsadda bolaga nutqning tushunarli mezonlarini o‘rgatilmasdan, faqat ta’riflarni, ya’ni so‘zlarni ko‘rgazmali namoyish etish orqali ta’riflashni ishlatish mumkin. Katta bog‘cha yoshi davrida so‘zlarning tuzatilishini stixiyali tarzda o‘zlashtirish natijasida bolalarda so‘zni tarkibiy jihatdan taxlil etishning elementar shakllari yuzaga keladi. Nutqning fonetik (tovush) sistemasini o‘zlashtirish jarayoni tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish va fonematik eshitishning rivojlanishini o‘z ichiga oladi. Nutqning fonetik tarkibini o‘zlashtirish bir yoshning oxirlariga kelib boshlanadi. Bog‘cha yosh davrining boshiga kelib, bolalar asosan ona tilining barcha tovushlarini egallab bo‘ladilar. Biroq shunday bog‘cha yoshidagi bolalar ham uchraydiki, ularda ancha katta yoshda ham nutqiy nuqson talaffuz kamchiliklari uchraydi. Buning asosiy sababi nutq apparati motorikasining sekin rivojlanishidir.



Download 50.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling