www.ziyouz.com
kutubxonasi
31
Bugungi kunda fuqarolar qonuniy kuchga kirgan birinchi instansiya
sud qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini
kassatsiya
instansiyasida, o‘z advokati ishtirokida bevosita himoya qilish
imkoniga ega bo‘lishdi. Shu tariqa fuqarolarning birinchi instansiya
sudlarining qarorlariga nisbatan shikoyatlarini yashirin, yopiq tarzda ko‘rib
chiqish tartibi batamom tugatilganini ta’kidlash lozim. Amalga
oshirilgan
o‘zgarishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, joriy etilgan yangiliklar birinchi
instansiya sudlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida tuzatish,
sud faoliyatida sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslikning muhim kafolatiga
aylandi.
Shu borada quyidagi raqamlarga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Agar
2000 yilda sud xatolarining deyarli yarmi nazorat
tartibida tuzatilgan
bo‘lsa, 2009 yil yakunlariga ko‘ra, bunday holatlarning 85 foizdan ortig‘i
apellatsiya va kassatsiya tartibida bartaraf etilgan.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda prokuror va advokatning
tengligini, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sud faoliyatining
barcha bosqichlarida o‘zaro tortishuv bo‘lishini ta’minlashga, odil
sudlovning sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli
chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, 2008 yilda “Advokatura instituti takomillashtirilishi
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining
ayrim qonun hujjatlariga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul
qilinishi bu borada g‘oyat muhim ahamiyat kasb etdi. Shu asosda amaldagi
qonunchiligimizga sud-huquq tizimini liberallashtirish,
inson huquqlari
himoyasini ta’minlash jarayonining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lgan
advokatura mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan bir qator
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ushbu qonunga muvofiq himoyachiga jinoyat ishini yuritishga mas’ul
bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslardan mutlaqo mustaqil
ravishda jinoyat ishi protsessining har qanday bosqichida malakali yuridik
yordam ko‘rsatish huquqi berilgani e’tiborga sazovordir.
Shu
bilan birga, himoyachining ko‘rilayotgan ishda ishtirok etish uchun
huquqni muhofaza qiluvchi organlardan o‘ziga ijozat berilgani to‘g‘risida
yozma ravishdagi tasdiqlovchi hujjat va shuningdek, o‘z himoyasidagi
shaxs bilan uchrashish uchun ruxsat olish
majburiyatini belgilaydigan
normalar jinoyat-protsessual qonunchiligidan chiqarildi. Endilikda
bularning barchasi uchun – shunga e’tibor beringlar – advokatlik
www.ziyouz.com
kutubxonasi
32
guvohnomasi va advokatlik muassasasi tomonidan beriladigan orderning
o‘zi kifoyadir.
Qonunda advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish,
uning
o‘z himoyasi ostidagi shaxsga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirish
maqsadida har qanday shaklda ta’sir o‘tkazishga qaratilgan harakatlar
uchun javobgarlik belgilanganini e’tirof etish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: