Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


IV. O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/56
Sana04.01.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1077228
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56
Bog'liq
41d86ec4722f89965826854cda50f455 DEMOKRATIK ISLOHOTLARNI YANADA CHUQURLASHTIRISH VA FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISH — MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING ASOSIY MEZONIDIR

IV. O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov 
qonunchiligini rivojlantirish  
Erkin saylov va o‘z xohish-irodasini erkin bildirish prinsiplari, birinchi 
navbatda har bir shaxsning davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash 
va saylanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqi milliy davlatchiligimiz 
modelining asosini tashkil etadi. Saylovlar – bu mamlakatimizda 
amalda bo‘lgan huquqiy normalarning nechog‘liq demokratik ruhda 
ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy 
belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishining
fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy 
shakli bo‘lib, o‘ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir.  
Shu munosabat bilan o‘tgan davr mobaynida yurtimizda samarali, 
demokratik saylov tizimini shakllantirish va rivojlantirish sohasida g‘oyat 
chuqur o‘zgarishlar amalga oshirilganini ta’kidlash o‘rinlidir.
Ma’lumki, Konstitutsiyamizga, shuningdek, “Saylovchilar 
huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda yangi tahrirdagi 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”, “Xalq 
deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”, 
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunlarga 
2003 va 2008 yillarda tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Shu bilan birga, ushbu davrda mazkur sohaga oid ko‘plab qonun 
hujjatlari qabul qilindi. Bularning barchasi milliy saylov tizimining izchil 
va bosqichma-bosqich liberallashuvini, ikki palatali parlament 
saylovlarining qonun talablari va umume’tirof etilgan xalqaro prinsip va 
normalarga to‘la mos holda o‘tkazilishini ta’minlaydigan mukammal 
qonunchilik bazasining shakllanishiga olib keldi.
Ushbu qonunlarda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarning 
faqat ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishi qat’iy belgilab qo‘yildi
Mamlakat Prezidenti lavozimiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga 
nomzodlarni siyosiy partiyalar tomonidan, mahalliy Kengashlar 
deputatligiga nomzodlarni esa – siyosiy partiyalarning joylardagi tegishli 
organlari tomonidan ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi prinsipial qoida 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
44
mustahkamlandi. Deputatlikka nomzodlarning davlat hokimiyati ijro 
organlari tomonidan ko‘rsatilish amaliyoti bekor qilindi va bu 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarni 
chuqurlashtirish yo‘lidagi prinsipial qadam bo‘ldi.
Shu borada saylov qonunchiligimizga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va 
uni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan, eng rivojlangan demokratik davlatlar 
tajribasida ham kamdan-kam uchraydigan mutlaq vakolatlarning Markaziy 
saylov komissiyasiga berilishini ko‘zda tutadigan o‘zgartishlarning 
kiritilishi o‘ta muhim ahamiyatga molik ulkan voqea bo‘ldi. Amaldagi 
qonunchiligimizga ko‘ra, saylov kampaniyasi jarayoniga davlat va 
hokimiyat tuzilmalari, jamoat birlashmalari tomonidan aralashishga 
qaratilgan har qanday urinish qonun bilan taqiqlanishi ham buni yaqqol 
ko‘rsatib turibdi.
2009 yilgi saylov arafasida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va 
shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha 
Konsepsiya ishlab chiqildi. Mazkur Konsepsiya xorijiy ekspertlar 
tomonidan fuqarolarning saylov va o‘z xohish-irodasini erkin bildirish 
borasidagi konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha noyob hujjat 
sifatida baholangan edi. Haqiqatan ham, ushbu Konsepsiyaning amalga 
oshirilishi saylovning qonun talablariga to‘la muvofiq holda, siyosiy 
Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling