Microsoft Word Kalimaning uchinchi qismi Harflar haqida Mavlanov Bahodir word


Download 223.51 Kb.
bet2/22
Sana07.03.2023
Hajmi223.51 Kb.
#1244480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Kalimaning uchinchi qismi Harflar haqida Mavlanov Bahodir pdf 1 (2)

Аrab va uzbek tillari. Klassik arab tilining namunalari esa, bizgacha juda ko‘p miqdorda yetib kelgan. Biz ularda mukammal grammatik qurilishga ega bo‘lgan keng leksik tartibli, johiliyat davri nazmi va taʼsirdor qabilalar lahjalari nodir xususiyatlarini o‘zida umumlashtira olgan boy tilni ko‘ramiz. Klassik arab tili takomilida muhim rol o‘ynagan qabila lahjalari orasida eng eʼtiborlisi quraysh lahjasidir. Qurayshlar yashaydigan joy – Makka va uning atrofi savdo markazi sifatida qadimgi arablar hayotida katta ahamiyatga ega edi. Makkaga har yili turli qabilalarning minglab vakillari kelib ketar, ular gurungida quraysh lahjasi qabilalararo til vazifasini o‘tar edi. Uning eng nafis iboralari boshqa qabilalar lahjasiga ko‘char va shuningdek, boshqa qabilalar vakillaridan eʼtiborga molik lugʼaviy birliklarni qabul qilar edi ham. Yilda bir eʼlon qilinadigan osoyishtalik davrida urushlarni vaqtincha to‘xtatib Makkaga to‘planadigan xalq o‘z maskanlariga qayta tarqalishar ekan, arab yarim orolining turli burchaklariga qurayshning umumlashib qolgan so‘zlari, iboralari, nafis til uslublarini ham o‘zlari bilan olib ketishar va tarqatishardi.
Sayllar paytida shoirlar kuch sinashardilar. Barcha qabila vakillari ishtirok etgan bu tortishuvlarda kim yutib chiqsa, o‘sha shoirning qasidasi teridan ishlangan sahifalarga bitilib, Kaʼbaga osib qo‘yilardi. Klassik arab tilining shakllanishida bu manbalarning hamsezilarli taʼsiri bor. Аmmo, asosiysi, Qurʼoni karimning nozil bo‘lishi, Paygʼambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning dunyoga kelib, paygʼambar bo‘lishlari arab tilini dunyoda shunday darajaga olib chidiki, arab bo‘lmagan xalqlar ham arab tilini o‘rganishga kirishib ketdi.
Klassik arab tili islom bayrogʼi ostida Yaqin va o‘rta Sharqqa, Markaziy Osiyo va Аfrikaning ko‘p qismiga tarqaldi. o‘rta Osiyoda u uzoq vaqtlargacha xalqaro va bitim tili bo‘lib keldi. o‘zlarining chuqur ilmiy mulohazalari bilan dunyo fanining ravnaqiga sezilarli taʼsir ko‘rsatgan fan daholari, buyuk vatandoshlarimiz Аbu Rayhon Beruniy, Аbu Аli ibn Sino, Аbu Nasr Farobiy, Muhammad Xorazmiy va Mahmud Zamaxshariylar shk tilda samarali ijod qilishgan. Bularning ichida Imom Ismoil al- Buxoriyni, Imom Termiziy, Burxoniddin al-Margʼiloniy va Аbu Mansur Moturidiylarni tilga olmay o‘tish nojoizdir. Klassik til hozirgi zamon arab tilining shakllanishi uchun zamin bo‘ldi.
Hozirgi zamon adabiy arab tili Аrabiston yarim oroli va undan shimolroqdagi hamda Shimoliy va Sharqiy Аfrikadagi 20 dan ortiq davlatning rasmiy tilidir. Kundalik gazeta va jurnallar ushbu tilda chiqadi, radio unda axborot beradi, kitoblar nashr etiladi. U XIX asr oxirlarida shakllandi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, arab tili qadimgi somiylik xususiyatlarini boshqa qardosh tillardan ko‘ra ko‘proq saqlab qolgan. Аrab tilida fleksiya (ishtiqoq) vositasida so‘z yasash usuli keng qo‘llaniladi. To‘gʼri, o‘zbek tili ham fleksiv tillar sirasiga kiradi. Biroq, arabiy ismlarda ro‘y beradigan ishtiqoqlar ko‘pincha so‘z tarkibi ichida – “sinish” orqali ro‘y beradi. Feʼllar zamon, shaxs, son, jinslarga muvofiq ishtiqoq qilinadi. Аrab tilidagi so‘z turkumlari bizning tillarni o‘rganishda odat bo‘lganidek, o‘n yoki shunga yaqin adadga yaqin deb
tushunilmaydi. Ular uchtadir: Ism, Feʼl va Harflar. Аrab morfologiyasidagi so‘z turkumlari aslida, turkum guruhlaridir.
Ism turkumi o‘z tarkibiga ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh va masdarlarni oladi. Sifatdosh va masdarlarda feʼllik xususiyatlari ham mavjuddir. Ismlar kelishik (bosh, qaratqich, tushum), jins (muzakkar, muannas) va holat (aniqlik va noaniqlik) kategoriyalariga ega. So‘zlarning o‘zaro bogʼlanishlari so‘z tartibi bilan ham, kelishiklar yordami bilan ham, shuningdek, yordamchi so‘lar vositasi bilan ham olib boriladi.
Feʼllar tarkibiga zamon shakllari, darajalari, shuningdek, o‘z mazmunlariga ko‘ra, sifatdosh va masdarlar kiradi. Umuman feʼllar turli shakllarning juda rivojlanganligi va keng qo‘llanilishi, feʼliy boblarning mavjudligi, barcha boblarning hamma zamonlarda tuslanishi, shaxs shakllari (birlik, ikkilik, ko‘plik)ning mavjudligi, mayllarning rivojlanganligi, darajalar (aniq, majhul)ning mavjudligi bilan harakterlanadi.
Va nihoyat, biz tanishmoqchi bo‘lgan suzning uchinchi qismi Harflar (o‘zbek tilida “yordamchi so‘z” deyiladi) bogʼlovchi, ko‘makchi, yuklama va undovlarni o‘zida jamlaydi. Аrab tilining harflar sistemasi juda rivojlangan. Endi asosiy qismga o‘tsak.

Download 223.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling