Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Toraytirilgan takror ishlab chiqarish


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Toraytirilgan takror ishlab chiqarish – yaratuvchi kapital hajmi yil 
sayin kamayib boradigan sharoitdagi takror ishlab chiqarish; aholi ilgari 
jamlangan boylikni «yeb bitira» boshlaydi. 
Ijtimoiy ishlab chiqarish – jamiyatning ijtimoiy mahsulot ishlab 
chiqarish maqsadida yaratuvchi milliy kapitaldan foydalanish borasidagi 
faoliyati. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning uzviy tuzilishi – milliy 
xo‘jalikning transformatsion va transaksion sektorlarini birlashtiruvchi tuzilma. 
Aralash takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarish omillarining miqdor 
jihatdan o‘sishi va ayni vaqtda ularning ilmiy-texnikaviy va malaka darajasi 
o‘sib borishi asosidagi takror ishlab chiqarish. 
Yalpi ijtimoiy mahsulot (YAIM) – jamiyatning oraliq va oxirgi 
mahsuloti summasi yoki xalq xo‘jaligida amal qiluvchi barcha korxonalar 
mahsulotlarining majmui. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ijtimoiy tuzilishi – muayyan 
jamiyatdagi sinflar va ijtimoiy guruhlar mulkining mavjud takror ishlab 
chiqariladigan tizimi bilan bog‘liq tuzilishi. 


 356
Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning genetik tuzilishi – ishlab 
chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’molning «fazalar» bo‘yicha 
birligidan iborat tuzilma. 
Ekstensiv takror ishlab chiqarish – yaratuvchi kapital va, binobarin
ijtimoiy ishlab chiqarishning o‘zgarmas ilmiy-texnikaviy va kasbiy-malakaviy 
asosda ko‘payib borishi. 
Intensiv takror ishlab chiqarish – ijtimoiy ishlab chiqarish va 
iste’molning faqat texnika va texnologiyani sifat jihatdan yangilash, xodimlar 
va menejerlarning ta’lim-malaka darajasini oshirish va ayni vaqtda 
foydalaniladigan yaratuvchi kapitalning jismoniy hajmini qisqartirish evaziga 
o‘sishi. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning funksional tuzilishi moddiy va 
nomoddiy ishlab chiqarishning birligi va o‘zaro aloqadorligini aks ettiruvchi 
tuzilma. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling