371
narxlari va ta’riflariga o‘tildi. Cheklangan doiradagi xalq iste’mol
tovarlari narxlari, ayrim turdagi xizmatlar ta’riflarining yuqori chegarasi
belgilab qo‘yildi.
Ikkinchi bosqich (1993-yil)da ulgurji narxlarni davlat tomonidan
tartibga solish to‘xtatildi. Davlat tomonidan qat’iy belgilanadigan va
tartibga solib turiladigan tovar va xizmatlar soni ancha qisqardi.
Uchinchi bosqich (1994-yil oktabr-noyabr)da xalq iste’moli tovarlari
asosiy turlarining narxlari erkin qo‘yib
yuborildi, transport va kommunal
xizmatlari ta’riflari oshirildi.
Muhimi bugungi kunda mamlakatimizda narxlarning ijtimoiy himoya
vazifasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Narx orqali raqobatda uning
g‘irrom va yovvoyi usullaridan foydalanishga to‘siqlar qo‘yilmoqda.
Tayanch tushunchalar:
Pul, pul tizimi, naqd va naqd bo‘lmagan pul, aktiv va passiv pul, pulning
vazifalari, pul massasi, pulning likvidligi, pul muomalasi, pul likvidli, pulning
qadri, pul emissiyasi, milliy pul, inflatsiya va deflyatsiya, denominatsiya,
nullifikatsiya, revalvatsiya, devalvatsiya.
Narx, narxning vazifalari, narxga ta’sir etuvchi omillar, narx turlari,
demping narx, narxning shakllanishi, narx bilan bog‘liq jinoyatlar, milliy
narx.
Savol va topshiriqlar:
1. Pulning oltin standarti davrida vazifasi qanday bo‘lgan?
2. Pul nima uchun bozor iqtisodiyotining muhim vazifasi hisoblanadi?
3. Pulning qadr-qiymati nimalarga bog‘liqligini tushuntiring.
4. Inflatsiya va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini tushuntirib bering.
5. Konvertirlangan valuta nima?
6.
Davlat inflatsiyaga qarshi qanday chora-tadbirlar amalga
oshirayotganini gapirib bering.
7.
Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni
o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyatlar qanday oqibatlarga olib kelishini izohlang.
8. Valuta ayirboshlash bilan bog‘liq jinoyatlar haqida fikringiz?
9. Narxning obyektiv iqtisodiy asosi nima?
10. Nima sababdan davlat raqibini sindirish va bozordan surib chiqarishni
ko‘zlab, o‘ta past narxlarda tovar sotishni man etadi?
11. Bozor bahosi nima?
12.
Narxning oshishi hayot darajasiga qanday ta’sir o‘tkazishini
tushuntiring.