Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


O‘zbekiston agrosanoat kompleksining mohiyati


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

3. O‘zbekiston agrosanoat kompleksining mohiyati.
Uning mamlakat iqtisodiy xavfsizligini
ta’minlashdagi o‘rni 
Agrosanoat kompleksi – oziq-ovqat mahsulotlari (va boshqa qishloq 
xo‘jalik tovarlari) ishlab chiqarish hamda ular bilan aholini ta’minlash, 
qishloq xo‘jaligi uchun ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va 
qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi xalq xo‘jaligi 


 498
tarmoqlarining majmui. Agrosanoat kompleksi (ASK)ning shakllanishi 
hozirgi fan-texnika inqilobining rivojlanishi bilan bog‘liq. ASKning 
tuzilishi ixtisoslashuv, kooperatsiya, modernizatsiya va diversifikatsiya 
zamonaviy fan-texnika inqilobiga xos jarayonlarni uyg‘unlashtirishga 
asoslangan. 
ASKning ishlab chiqarish va iqtisodiy tizimi uchta asosiy sohaga 
bo‘linadi. 
Birinchi soha – ASKni ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlovchi 
sanoat tarmoqlari. U qishloq xo‘jaligi va ASKning boshqa tarmoqlarida 
ishlab chiqarishni industrlashtirish va jadallashtirish (intensivlashtirish)ni 
belgilab beradi.
Ikkinchi soha – ASKning markaziy bo‘g‘ini bo‘lgan qishloq xo‘jaligi.
Uchinchi soha – qishloq xo‘jaligi xom ashyosining tayyorlanishi, 
tashilishi, saqlanishi, qayta ishlanishi va tayyor mahsulotning sotilishini 
ta’minlaydigan oziq-ovqat, sut, go‘sht tarmoqlari hamda omixta yem 
sanoatini qamrab oladi.
ASKni rivojlantirishning muhim sharti uchala sohaning 
mutanosibligi, muvozanatlashganidir. Ta’kidlash lozimki, iqtisodiy 
jihatdan rivojlangan mamlakatlarda oxirgi mahsulot qiymatining asosiy 
qismi uchinchi sohada yaratiladi. Masalan, AQShda uning ulushi 
mahsulot chakana qiymatining 80 foiziga yetadi. Oxirgi mahsulotning 
eng katta qismi oziq-ovqat kompleksida yaratiladi. Uning hissasiga 
qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan butun mahsulotning 75 foizidan 
ortig‘i, asosiy ishlab chiqarish fondlarining 80 foizidan ortig‘i va 
xodimlarning 80 foiziga yaqini to‘g‘ri keladi. 
Takror ishlab chiqarish jarayonida qishloq xo‘jaligi va sanoat 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik alohida rol o‘ynaydi. Qishloq xo‘jaligining 
bosh vazifasi aholining oziq-ovqatga, sanoatning esa xom ashyoga 
bo‘lgan ehtiyojini qondirishdir. Qishloq xo‘jaligining xususiyati, uning 
yuritilishi yerdan, ya’ni ishlab chiqarishning bosh vositasi va tabiiy 
muhitdan foydalanish bilan bog‘liq. U biologik omillar, o‘simlik va 
hayvonlardan foydalanishga asoslanadi. Qishloq xo‘jaligida takror ishlab 
chiqarish fondlari o‘z mahsuloti hisobidan shakllantiriladi (urug‘lar 
ziroatchilikda, yem-xashak chorvachilikda). Yengil sanoat, oziq-ovqat 
sanoati, omixta yem ishlab chiqarish va boshqa tarmoqlardagi xom 
ashyoning yarmi qishloq xo‘jalik mahsulotlariga to‘g‘ri keladi, qishloq 


 499
xo‘jaligi xarajatlarida sanoat mahsulotlarining ulushi esa 40 foizni tashkil 
qiladi. 
Jahon Savdo tashkilotining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha asosiy hujjati 
«Urugvay raundi» hisoblanadi. Unda ushbu tashkilot a’zolarining ASKni 
davlat ichida qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha majburiyatlari tartibga solingan, 
davlat siyosati yo‘nalishlari tasniflangan. 
Davlatning iqtisodiy roli hatto liberal xo‘jalik tizimlarida (AQSh, 
Avstriya, Yangi Zelandiyada) YAIMning 30–35 foiziga yetadi, ijtimoiy 
bozor xo‘jaligiga asoslangan davlatlarda (GFR, Fransiya, Shvetsiyada) 
esa YAIMning 50–60 foiziga teng keladi. Rossiyada qishloq xo‘jaligini 
qo‘llab-quvvatlash YAIMning 0,8 
foiz 
ini tashkil qiladi. Mutlaq 
raqamlarda Rossiyada bir gektar qishloq xo‘jalik maydoniga davlat 
yordami 9,5, Yevropa Ittifoqida esa 801 dollarga teng. 
MDH mamlakatlarida va yetakchi G‘arb mamlakatlarida qishloq 
xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda keskin farq kuzatiladi. 
Masalan, AQShda davlat yo‘llar, meliorativ infratuzilma, elektr uzatish 
simlari va telefon tarmoqlari qurilishiga ko‘p milliard dollar sarflaydi, 
agrar fanni va uning yutuqlarini amaliyotga joriy etishni 
subsidiyalashtiradi. Tuproqni himoya qilish tadbirlarini zimmasiga oladi, 
ishlab chiqariladigan mahsulotning deyarli yarmiga narxlarni kafolatlaydi, 
bu bilan fermerlarning jamg‘armalari va daromadlarini saqlab qoladi. 
AQShda 70 yil mobaynida erkin fermerlar davlat boshqaruvi sharoitida 
ishlamoqdalar. Davlat boshqaruviga asos solgan birinchi qishloq xo‘jalik 
qonuni 1933-yilda (Buyuk depressiya davrida) paydo bo‘lgan. 2009-yilda 
davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan «Qishloq taraqqiyoti va 
farovonligi yili» davlat dasturi qabul qilindi. Ushbu dastur mamlakatimiz 
qishloq xo‘jaligining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini 
kuchaytiradi.
Boshqa rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligiga ajratiladigan 
dotatsiyalar hajmi yanada katta. Kanadada 2004-yilda dotatsiyalar qishloq 
xo‘jaligida band bo‘lganlar umumiy daromadining 33 foizini, Yevropa 
Ittifoqi mamlakatlarida 35, Yaponiyada 39, Shveysariyada 60 foizni 
tashkil qildi. Yevropa mamlakatlarida dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-
quvvatlash uchun texnika sotib olishga sarflanadigan imtiyozli davlat 
kreditlari va ssudalari beriladi.


 500

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling