Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlashning


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlashning
asosiy yo‘nalishlari
Ayniqsa, real sektor korxonalarini qo‘llab-quvvatlashda ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, 
mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag‘batlantirish masalalari alohida 
o‘rin tutdi.
Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy 
ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq sohasi 
bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa va 
boshqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini oladi. 
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni 
zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan 
yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-
tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni mode-
rnizatsiyalashning asosiy yo‘nalish va vositalari bo‘lib quyidagilar 
hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish; ishlab 
chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy 
resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy 
etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab 
chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish 
va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza 
texnologiyalarni joriy etish va boshqalar. 
Kooperatsiya aloqalari – turli soha ishlab chiqarish tarmoqlarida 
ma’lum mahsulotni tayyorlash bo‘yicha uzoq muddatli aloqalarni 
o‘rnatish. 
Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoq 
va sohalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik 
Real sektor korxonalarini
qo‘llab-quvvatlashning asosiy 
yo‘nalishlari 
Bank kreditlari 
orqali qo‘llab-
quvvatlash 
Eksportyor korxona-
larga soliqlar bo‘yicha 
imtiyozlar berish 
Mahsulot 
tannarxini 
pasaytirish 
Ishlab 
chiqarishni 
kengaytirish


 61
jihatdan qayta jihozlash tadbirlarining keng ko‘lamda amalga oshirilishi 
raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytir-
moqda. Biroq, bu boradagi jiddiy muammo – ayrim mahsulotlarimiz 
tannarxining yuqori darajada qolayotganligi ularning raqobatdoshligiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyot-
ning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni barqaror 
ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari 
dasturi to‘g‘risida»gi (2008-yil 28-noyabr) 4058-sonli farmonida muhim 
chora-tadbirlar qatorida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning 
barcha resurslardan samarali foydalanishi hisobiga mahsulot tannarxini 
20 
foizdan kam bo‘lmagan miqdorda pasaytirish orqali ularning 
raqobatdoshligini ta’minlash vazifasi ham belgilab berilgan edi. Kreditor 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling