Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
INTEGRATSIYALASHUVI
1. Xalqaro integratsiyaning mohiyati, shart-sharoitlari va darajalari O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan keyin davlat va xalq manfaatlariga muvofiq keladigan mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni o‘tkazish imkoniyati tug‘ildi. Respublikaning tashqi dunyodan bir asrdan ortiq vaqt mobaynida ajralib qolganligiga barham berildi. U xalqaro huquqning teng huquqli subyekti bo‘ldi. Bu esa jahon mehnat taqsimotida munosib o‘rinni egallashga sharoit yaratdi 1 . Mustaqillik yillarida yuqoridagi integratsiyalashuv qonun-qoidalariga rioya etganligi bois, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni va ahamiyati muntazam ravishda ortib bormoqda. Buning asosi haqida to‘xtalib, Prezident Islom Karimov: «Izchil yuqori o‘sish sur’atlari, yurtimizda barpo etilgan bank-moliya tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan yangilanish va o‘zgarishlar, umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, shuningdek, Xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda» 2 , – deb alohida ko‘rsatib o‘tgan. 1 Qarang: Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɛɨɡɨɪ ɦɭɧɨɫɚɛɚɬɥɚɪɢɝɚ ʆɬɢɲɧɢɧɝ ʆɡɢɝɚ ɯɨɫ ɣʆɥɢ // ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ: ɦɢɥɥɢɣ ɢɫɬɢԕɥɨɥ, ɢԕɬɢɫɨɞ, ɫɢɺɫɚɬ, ɦɚɮɤɭɪɚ. Ɍ. 1. – Ɍ., 1996. – Ȼ. 157. 2 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ ɹɧɚɞɚ ɱɭԕɭɪɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 2010. – Ȼ. 4. 678 Yuqoridagi qoidalarga rioya qilishning ahamiyati yana shundaki, 2008-yilda boshlangan va hozirgacha jahondagi aksariyat mamlakatlar milliy xo‘jaliklariga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatib kelayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi O‘zbekistonda yengil kechdi. O‘zbekiston BMT doirasida jahon hamjamiyatidagi integratsiya- lashuvni BMTning ixtisoslashgan muassasalari – YUNESKO, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, YUNKTAD, YUNISEF va boshqalar bilan keng hamkorlik tufayli amalga oshirmoqda. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvini ta’minlashga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar – Xalqaro valuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo Taraqqiyot banki va boshqalar ham katta yordam ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizning har yili Davos shahrida o‘tadigan Jahon iqtisodiy anjumanida qatnashishi katta ahamiyatga ega. Anjumanda qatnashish O‘zbekistonni va uning imkoniyatlarini tanishtirish, chet el investitsiyalarini jalb etish uchun muhim ahamiyatga molik. Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvning tarkibiy qismi davlatlar- ning turli mintaqaviy birlashmalari bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat. O‘zbekiston mintaqaviy xalqaro tashkilotlar, chunonchi, Yevropa Ittifoqi, YEXHT, NATO, EKO, OIK, Qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston tashqi siyosatining Osiyo yo‘nalishi ancha kengayganligini ta’kidlash joiz. O‘zbekiston o‘zining tashqi aloqalarini ko‘p tomonlama va ikki tomonlama asosda tashkil etib kelmoqda. Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi turli mamlakatlar iqtisodiyotini bir-biriga bog‘liq qilib qo‘yadi. Ayniqsa, globallashuv sharoitida iqtisodiy faoliyat baynalminal tus oladi, muayyan mahsulotni ishlab chiqarishda bir necha mamlakatlar firmalari ishtirok etadi. Bir mamlakatda yetishmay qolgan resurslarning o‘rni boshqa yerdan kelgan resurslar bilan to‘ldiriladi, yirik ilmiy texnikaviy loyihalar birgalikda amalga oshiriladi. Shu bois, turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining o‘zaro qo‘shilib yagona mamlakatlararo xo‘jalik tizimini hosil etishi iqtisodiy integratsiya deb yuritiladi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling