679
kooperatsiyasi va xalqaro mehnat taqsimoti asosida iqtisodiy hamkorlik
qilishidan iborat jarayon.
XX
asr oxirida xalqaro iqtisodiy integratsiya ayrim mintaqalar
iqtisodiyotining jadal rivojlanishi va integratsiya birlashmalari a’zolari
bo‘lgan mamlakatlar raqobatbardoshligining ortishi
uchun muhim omilga
aylandi.
Iqtisodiy integratsiya quyidagi shart-sharoitlar (omillar) bilan
belgilanadi:
1) ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va transmilliy korpo-
ratsiyalarning yaratilishi;
2) turli mamlakatlar korxonalari o‘rtasidagi
hamkorlik;
3) texnologiyalarning xalqaro miqyosda ayirboshlanishi va yangi
texnologik bazisning shakllanishi;
4) ayrim mamlakatlar iqtisodiyotlarining ochiqligi,
xalqaro ayirbosh-
lashning liberallashuvi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning shart-sharoitlarini quyidagilar
tashkil etadi:
– mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining taxminan teng darajasi;
– jug‘rofiy qo‘shnichilik, ko‘p hollarda
umumiy chegara hamda
tarixan shakllangan iqtisodiy aloqalarning mavjudligi;
– rivojlanish, moliyalashtirish, iqtisodiyotni tartibga solish hamda
siyosiy hamkorlikning iqtisodiy va boshqa
muammolari umumiyligi;
–
tashabbus ko‘rsatuvchi, boshqa mamlakatlarni birlashtiruvchi
markazning mavjudligi va davlatlar ustida turuvchi
institutlarning tashkil
qilinishi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya nazariyasining asosida mamlakat uchun
xalqaro mehnat taqsimoti negizida ishlab chiqarish turi bo‘yicha
ixtisoslashuv hamda tovarlar ayirboshlashning foydaliligi prinsipi yotadi.
Tashqi iqtisodiy integratsiya nazariyasida
integratsiya mexanizmining
turlicha baholanishi bilan bog‘liq har xil konsepsiyalar mavjud.
Neoliberalizm tarafdorlari (V. Repeyek, M. Allen) XIIni tabiiy bozor
kuchlari amal qiladigan bir qancha mamlakatlar miqyosidagi yagona
(umumiy) bozor makoni deb hisoblaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: