Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet408/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Korporatsionalizm tarafdorlari (S. 
Rolf, U. 
Rostou) xalqaro 
iqtisodiyotning integratsiyasini bozor mexanizmi va davlat boshqaruvi 
emas, balki jahon xo‘jalik aloqalarining oqilona va muvozanatlashgan 


 680
tarzda rivojlanishiga imkon yaratuvchi xalqaro korporatsiyalar amalga 
oshiradi, deb ta’kidlaydilar. 
Rossiyalik iqtisodchi olimlar N. P. Shmelyov, M. M. Maksimova va 
Yu. V. Shishkovning ta’kidlashlaricha, XII XMTning rivojlanganidan, 
ishlab chiqarishning baynalminallashganidan, bozor mexanizmlarining 
milliy xo‘jaliklarning o‘zaro bir-biriga moslashuviga ta’sir etayotganidan 
dalolat beradi. 
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning maqsadlari quyidagilardan iborat: 
1) ishlab chiqarish miqyosining kengayishi evaziga tejamkorlikka 
erishish (xarajatlarning kamayishi, bevosita xorijiy investitsiyalarning 
kirib kelishi); 
2) qulay tashqi siyosiy muhit yaratish (siyosiy, harbiy, madaniy va 
boshqa sohalarda yakdillik va hamkorlikning o‘sishi); 
3) savdo siyosati vazifalarining bajarilishi (mintaqaviy integratsion 
birlashmalar o‘zaro savdo uchun barqaror muhit yaratadilar); 
4) iqtisodiyotning tarkibiy qayta qurilishiga ko‘maklashish (bozor 
islohotlarining tezlashuvi va katta hajmli bozorning yaratilishi); 
5) milliy sanoatdagi yangi tarmoqlarni, mahalliy ishlab chiqarish 
korxonalarini keng mintaqaviy bozorda qo‘llab-quvvatlash. 
1.2. Xalqaro iqtisodiy integratsiya darajalari 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya (XII)ning birinchi darajasi – 
 
mamlakatlar o‘rtasida integratsiyaning tayyorgarlik bosqichi sifatida 
baholanadigan preferensial savdo bitimlari tuzilishi bildiradi. 
XIIning ikkinchi darajasida mamlakatlar erkin savdo zonasi tashkil 
qiladilar. Bunda uchinchi mamlakatlar bilan savdo qilinganida saqlanib 
qoladigan boj tariflari o‘zaro savdoda batamom bekor qilinishi nazarda 
tutiladi. 
XIIning uchinchi darajasi Bojxona ittifoqi tashkil etilishi bilan 
bog‘liq. Bojxona ittifoqi integratsiya qilingan (birlashgan) mamlakatlar 
ichida tovarlar, xizmatlar bilan bojsiz savdo qilinishi hamda ushbu 
tovarlarning ichki bozorda batamom erkin ko‘chib yurishini nazarda 
tutadi. Bojxona ittifoqining boshqaruv organi – vazirlar darajasidagi 
davlatlararo kengash hamda doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi davlatlararo 
kotibiyat.
XIIning to‘rtinchi darajasida mamlakatlar nafaqat tovar va xizmatlar
balki ishlab chiqarish omillari bo‘lgan mehnat va ish kuchining erkin 


 681
harakatlanishi haqida kelishib oladilar, umumiy bozor yuzaga keladi. 
Iqtisodiy siyosatning davlatlararo muvofiqlashuvi davlatlar va 
hukumatlar boshliqlarining vaqti-vaqti bilan bo‘ladigan majlislarida
siyosiy idoralar rahbarlarining uchrashuvlarida amalga oshiriladi hamda 
doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi kotibiyat ishi bilan qo‘llab-quvvatlanadi. 
XIIning beshinchi darajasi iqtisodiy ittifoqqa xosdir. Unda umumiy 
boj tariflari, tovarlar va ishlab chiqarish omillarining erkin harakati bilan 
bir qatorda, makroiqtisodiy siyosatning muvofiqlashtirilishi, valuta, 
budjet va pul bilan bog‘liq sohalarda qonunlarning birxillashtirilishi 
nazarda tutilgan. Yevropa Ittifoqi boshqaruvining Yevropa Ittifoqiga a’zo 
mamlakatlar hukumatlari bilan kelishuvlarsiz qarorlar qabul qilish 
huquqiga ega bo‘lgan yangi organlari yuzaga keladi. 
XIIning oltinchi darajasi – milliy hukumatlardan tashqari bo‘lgan 
umumdavlat organlari (Yevroparlament, Yevropa Ministrlar soveti) 
uchinchi (rivojlanayotgan) mamlakatlar bilan munosabatlardagi ayrim 
vazifalarini davlatlarning umummamlakat organlariga o‘tkazishlarini 
nazarda tutuvchi siyosiy ittifoq ham bo‘lishi mumkin.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   404   405   406   407   408   409   410   411   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling